4-seminar mashg`uloti. Jizzaxga xujum.
1865-yil 21-yanvarda Chernyayevning Jizzaxga yurushi. Mudofaa. Erjar jangi. Aleksandr Aramov – rus harbiy arbobi. 1866-yil 18-oktyabrda Jizzaxning bosib olinishi. Oqibatlar. Samarqand va Kattaqo`rg’onning istilo qilinishi. Zarabuloqda Buxoro qo`shinlarininг mag’lubiyati. Rossiya – Buxoro sulh shartnomalari va amirlikni Rossiya vassaliga aylanishi.
5-seminar mashg`uloti. Mustamlaka sharoitida Turkistonda mahalliy maorif.
Maktab va madrasalar. Vaqf mulklari. Turkiston general-gubernatorlari – fon Kaufman va Rozenbaxning ta’lim sohasidagoi isloxotlari. Rus maktablari. Rus-tuzem maktablari. Turkiston olkasida o’quv yurtlari boshqarmasi. V.Nalivkin va uning rafiqasi M.Nalivkinalarning rus – o’zbek va o’zbek – rus lug’ati. Ayollar gimnaziyalari.
6-seminar mashg`uloti. Turkistonda rus-tuzem maktablari va ularning faoliyati.
Turkiston general-gubernatori Nikolay Ottonovich Rozenbax tomonidan rus-tuzem maktablari lohiyasini ishlab chiqilishi, uning sabablari va mazmini. 1884-yilda Toshkentda 1-rus-tuzem maktabining ochilishi va ularni soni XIX asr oxirlarida 100 dan oshib ketishi. Rus-tuzem maktablarida ta’lim jarayoni. O’quv rejasi. Darsliklar. Rus-tuzem maktablariga mahalliy o’quvchilarning jalb qilinishi.
7-seminar mashg`uloti. Turkiston o’lkasida ilmiy jamiyatlarning tashkil etilishi, ularning ijtimoiy hayotda tutgan o’rni.
Mustamlaka davrida Turkistonda ilmiy jamiyatlarning tashkil etilishi. V.V.Bartol’d, A.F.Middendorf, A.P.Fedchenko, V.P.Nalivkin, A.L.Kun, N.S.Likoshin, V.L.Vyatkin, N.I.Veselovskiy, N.A.Severtsev, P.P.Semyonov-Tyanshanskiy, I.V.Mushketov kabi shaqrshunos olimlarning o’lkadagi ilmiy faoliyati. Turkiston arxeologiya havaskorlari to’garagi. Muzey. Kutubxona.
8-seminar mashg`uloti. Milliy san’at va hunarmandchilik.
Xonliklar davrida milliy hunarmandchilik markazlari. Qo’qon, Toshkent, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Shahrisabz, Xiva, Urganch kabi hunarmandchilik markazlari. Zardo’zlik, kulolchilik, kashtadozlik, ipakchilik, to’quvchilik, temirchilik, misgarlik, yog’ochga ishlov berish markazlari. Mustamlaka davrida milliy hunarmandchilik ustaxonalarning axvoli. Rossiya mahsulotlarining kirib kelishi Tushkunlik. Milliy san’at. O’ziga xosliklar va an’analar.
Do'stlaringiz bilan baham: |