Ariza
|
Ma’lum bir davlat tashkiloti, xususiy korxona, huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlari, mansabdor shaxslar nomiga iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat
|
Asl nusxa
|
asli birinchi rasmiy nusxasidir
|
Bayonnoma
|
biror masala yuzasidan rasmiy yozma bayonot, bildirish, tushuntirish. OʻzR MJKga (281,286,289,290-moldalar) asosan maʼmuriy protsessual hujjat hisoblanadi. Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilganligi toʻgʻrisidagi bayonnoma vakolatli mansabdor shaxs tomonidan tuziladi. Huquqbuzarlik tufayli moddiy zarar etkazilgan boʻlsa, bu ham bayonnomada koʻrsatiladi. Bayonnoma uni tuzgan shaxs va maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan tomonidan imzolanadi. Bayonnoma yuritish uchun masʼuliyat surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida surishtiruvchi va tergovchi zimmasiga, sud majlisi davomida esa sudya va sud majlisi kotibiga yuklatildi
|
Bildirishnoma
|
Bildirishnoma xodimning ma’muriyatga, korxona, tashkilot, muassasa rahbariga biror-bir voqea-hodisa (ijobiy yoki salbiy), ishda yuz bergan uzilishlar, yo`l qo`yilgan biror bir kamchilik, nuqson, shuningdek mehnat ta’tilidan, homiladorlik ta’tilidan, betoblikdan so`ng vazifasini bajarish uchun ishga chiqqanligini ma’lum qilish to`g`risida taqdim etadigan yozma axboroti
|
Erkin nusxa
|
hujjatda axborot to‘la ifodalansa-da, u asliga muvofiq kelmaydi. Erkin nusxada muhr o‘rniga “muhr” deb, imzo o‘rniga “imzo” deb, gerb o‘rniga «gerb» deb yozib qo‘yiladi.
|
Hujjat
|
keng maʼnoda — maʼlumotlar qayd etilgan moddiy buyumlar (qogʻoz, kinoplyonka, fotoplyonka, magnitofon lentasi, perfokarta va boshqalar). Hujjat matn, tasvir, tovush va boshqalardan ibo-rat boʻlishi mumkin
|
Ichki hujjat
|
muassasa yoki korxonani o‘zida tuziladigan va shu korxona ichida foydalaniladigan hujjatlardir. Bularga xodimning shaxsiy varaqasi, majlis bayonnomasi, ichki buyruq va boshqalar kiradi.
|
Ikkinchi nusxa
|
asl nusxa yo‘qolgan hollarda hujjatning ikkinchi nusxasi (dublikati) beriladi va u asl nusxa bilan teng huquqlidir.
|
Ko‘chirma nusxa
|
ba’zan muayyan hujjatga emas, uning bir qismiga ehtiyoj tug‘iladi, bunda ko‘chirma olinadi. Nusxa va ko‘chirmalar notarius, kadrlar bo‘limi va shu kabilar tomonidan tasdiqlangach huquqiy kuchga ega bo‘ladi
|
Murakkab hujjat
|
bir necha masalani o‘z ichiga olgan hujjatdir. Bularga shartnomalar ma’lumotnoma, rejalashtirilgan hisobot hujjatlari va boshqalar kiradi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |