Arm va avtomatlashtirilgan kutubxona


Download 343.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana08.01.2022
Hajmi343.89 Kb.
#234758
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Arm va avtomatlashtirilgan kutubxona infoCOM.UZ

1. Umumiy qoidalar 

1.1. Axborot-resurs markazi (keyingi o‘rinlarda ARM deb ataladi) ta’lim muassasasi tarkibida O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish

to‘g‘risida»gi 2006 yil 20 iyundagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etiladi. 

1.2. ARM ta’lim muassasasi rahbariyatiga bo‘ysunadi. 

1.3. ARM ta’lim muassasasi tomonidan uning tarkibiy bo‘linmasi sifatida mablag‘ bilan ta’minlanadi. 

1.4. ARM o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, ta’lim muassasalari

boshqaruv organlarining qarorlari, buyruqlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlariga, ta’lim muassasasi

nizomiga, ta’lim muassasasi rahbariyatining buyruqlari va farmoyishlariga, ichki tartib qoidalariga amal qiladi. 

1.5.ARM o‘z faoliyati bilan aholi barcha qatlamlarining axborot resurslari va kutubxona fondidan erkin

foydalanish huquqini ta’minlaydi. 

1.6.Axborot-resurslari va kutubxona fondidan foydalanish tartibi, asosiy xizmatlar ro‘yxati, ularni ko‘rsatish

shartlari, foydalanuvchilarning huquqlari va javobgarligi ARMdan foydalanish qoidalarida belgilanadi. 

1.7. ARMlariga umumiy tashkiliy-metodik rahbarlik, ularning ishlarini muvofiqlashtirish O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish

bo‘yicha idoralararo kengash idoraviy va hududiy metodik markazlar tizimi orqali: O‘zbekiston Milliy

kutubxonasi -respublika metodik markazi, Idoralararo kengashning ishchi organi orqali

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitetning ilmiy kutubxonasi -Oliy ta’lim muassasalari ARMlarining

metodik markazi orqali

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari — mintaqaviy

metodik markazlar orqali amalga oshiriladi.


Download 343.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling