Arm va avtomatlashtirilgan kutubxona


ARMlarning huquq va majburiyatlari


Download 343.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana08.01.2022
Hajmi343.89 Kb.
#234758
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Arm va avtomatlashtirilgan kutubxona infoCOM.UZ

4. ARMlarning huquq va majburiyatlari 

4.1. ARM quyidagi huquqlarga ega: 

• Nizomda ko‘rsatilgan maqsadlar va vazifalarga muvofiq o‘z faoliyatining mazmun va shakllarini mustaqil

ravishda belgilash; 

• ARM tuzilmasini, shtat ro‘yxatini va undan foydalanish qoidalarini ishlab chiqish hamda ularni ta’lim

muassasasi rahbariyati tomonidan tasdiqlash; 

• markazga berilgan mablag‘larni tasarruf etish; 

• yagona tarif setkasi asosida, mehnatga haq to‘lash fondi doirasida lavozim maoshlarini; 

• lavozim maoshlariga ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlarni; xodimlarni mukofotlash tartibi va miqdorlarini

belgilash; 

• ARMdan foydalanish qoidalariga muvofiq, foydalanuvchilar tomonidan ARMga yetkazilgan zararni undirish

turlari va miqdorlarini belgilash; 

• yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar asosida ARM fondidan foydalanish shartlarini belgilash; 

• ta’lim muassasasining ta’lim-kasb-hunar dasturlari, o‘quv rejalari, ilmiy-tadqiqot ishlari tematikasi bilan

tanishish, uning tarkibiy bo‘linmalaridan ARM oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan

materiallar va ma’lumotlarni olish; 

• turli muassasalarda, tashkilotlarda ta’lim muassasasi nomidan vakillik qilish, kutubxona va axborot-

bibliografik faoliyat masalalari bo‘yicha ilmiy konferensiyalar, yig‘ilishlar va seminarlar ishida bevosita

qatnashish; 

• boshqa ARMlar, kutubxonalar, tashkilotlar bilan belgilangan tartibda yozishmalar olib borish; 

• amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda axborot-kutubxona birlashmalariga kirish; 

• axborot-kutubxona ishini rivojlantirishning davlat va mintaqaviy dasturlarini amalga oshirishda tanlov yoki

boshqa asosda qatnashish; 

• xorijiy davlatlarning ARMlari, kutubxonalari hamda boshqa muassasa va tashkilotlari bilan belgilangan

tartibda hamkorlikni amalga oshirish, shu jumladan, zaruriyatga ko‘ra xalqaro kitoblar ayirboshlashni yuritish,

belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirish, xalqaro kutubxonachilik va boshqa dasturlarni

amalga oshirishda qatnashish.

4.2. ARM fondlarning saqlanishi uchun javob beradi. 

4.3. Ta’lim muassasasi ARM o‘zining vakolatiga taalluqli funksiyalarning bajarilmagani uchun qonun

hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi. 

4.4. Axborot fondlariga zarar yetkazilishida aybdor bo‘lgan ARM xodimlari amaldagi qonun hujjatlarida

nazarda tutilgan tartibda javob beradilar.




18.02.2021

Arm va avtomatlashtirilgan kutubxona | infoCOM.UZ

uz.infocom.uz/2008/02/13/arm-va-avtomatlashtirilgan-kutubxona/

8/11


4.5. ARM xodimlarining mehnat munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tartibga

solinadi. Avtomatlashtirilgan kutubxona tarkibi. Har qanday kutubxona muassasa sifatida aniq bo‘limlardan

tashkil topadi. Har bir bo‘lim bajaradigan ishlar avvaldan belgilab qo‘yiladi. Bunda kutubxonaning bosh

maqsadi kitobxonlarga kerakli adabiyotlarni berish va axborot xizmati ko‘rsatishdir. Agarda bu ishlardan biri

bajarilmasa yoki chala bajarilsa, ish sifati pasayib ketadi, kutubxonachilarning faoliyat ko‘rsatishi qiyinlashadi,

kitobxonlar esa kerakli axborotlarni tezda ololmaydilar. Zarur xizmat turlaridan ham foydalana olishmaydi.

Demak, kutubxona faoliyatining samaradorligi uning tarkibidagi bo‘limlarda ishning to‘g‘ri taqsimlanishiga

bog‘liq ekan.

Avtomatlashtirilgan kutubxona (AK)-bu kutubxona ishini tashkil etishning ilg‘or shakli hisoblanadi. AK xizmat

ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirib, kitobxonlarga tezkorlik bilan xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi. Xizmati

har qanday tizim shunday qismlardan iboratki, ularsiz tizim faoliyat ko‘rsata olmaydi. Agarda tizim qismlaridan

biri bo‘lmasa yoki qoniqarsiz ishlasa, u holda tizim o‘z oldiga qo‘yilgan bosh vazifani bajara olmaydi. Xo‘sh,

AK tizimining qismlari yoki uni tashkil etuvchilari nimalardan iborat? Tizim faoliyatini ta’minlab turuvchi

quyidagi qismlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: Til ta’minoti -AK da ishlatiladigan til vositalari majmui. TT o‘z

ichiga atamalar, tushunchalar, yuqori darajadagi tillarni, kodlashtirish tillarini va bibliografik axborot tavsifini

oladi. Axborot ta’minoti — axborot massivlari majmui, bibliografik axborotlar tasnifi va kodlashtirish,

bibliografik formatlar, ma’lumotlar bazasi. Axborot va til ta’minotini bir-biridan ajratish mumkin emas. Bu

ikkalasini axborot til ta’minoti sifatida birlashtirish mumkin.

Texnik ta’minot — kutubxona jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishga mo‘ljallangan texnik

vositalar (shaxsiy kompyuterlar, orgtexnika, serverlar, printerlar va h.k.) majmui. Kutubxonaning texnik

ta’minoti o‘z ichiga texnik vositalar kompleksi (EHM, tashqi qurilmalar, terminallar, abonent punktlari, aloqa

vositalari)ni oladi. Bu vositalar yordamida kutubxonada axborotlar yig‘iladi, saqlanadi, qayta ishlanadi,

qidiriladi va uzatiladi. Bulardan tashqari, adabiyotlarni jo‘natish va qabul qilishga mo‘ljallangan texnik

qurilmalar ham texnik ta’minot tarkibiga kiradi. Tashkiliy ta’minot — AK ning tashkiliy tuzilishi va lavozimlar

uchun yo‘riqnomalar majmuini o‘z ichiga olgan va kutubxonani bir maromda ishlashi uchun lozim bo‘lgan

farmoyish va boshqa rasmiy hujjatlardir.

Kutubxona tashkiliy tuzilmasi undagi turli bo‘limlarning faoliyatini (bir-biri bilan aloqasini) tartibga soladi. Bu

esa AK tashkiliy masalalarni samarali hal qilishda muhim rol o‘ynaydi. Kutubxonada avtomatlashtirish

vositalari paydo bo‘lishi bilan u yerda yangi (avtomatlashtirish, elektron kataloglashtirish, kompyuterlashtirilgan

zallarda kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish va h.k.) bo‘limlar tashkil etiladi. Demak, kutubxona tashkiliy tarkibi

o‘zgaradi. Kutubxona eng zamonaviy texnika vositalariga ega bo‘lishi, ammo mehnat to‘g‘ri tashkil etilmasa, bu

texnika vositalarining asosiy funksiyalari bajarilmasligi mumkin. Bunday holda texnika vositalarining

unumdorligi kutilganidan past bo‘ladi.

Kadrlar ta’minoti — AK faoliyatini yurituvchi xodimlar majmui, kadrlar malakasini turli ta’minot ko‘rinishlari

(texnikaviy, axborot va dasturiy ta’minotlar)ga mos ravishda saqlab turishga mo‘ljallangan tadbirlar. Kadrlar

ta’minoti yana kutubxonachilar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, AK dan foydalanishning zamonaviy

usullarini o‘qitishni ham o‘z ichiga oladi. Kadrlar ta’minoti tashkiliy ta’minotning muhim qismidir.

Kutubxonalarni avtomatlashtirish kutubxonachilar xizmat vazifalari yo‘riqnomalariga jiddiy tuzatishlar kiritish

va kadrlar malakasini yangi texnologiyalar asosida oshirishni talab qiladi. Kadrlar ta’minoti o‘z xodimlaridan

AK talablari va ehtiyojlari asosida ta’lim olishni taqozo qiladi.

Uslubiy va huquqiy ta’minot — AK faoliyati uchun zarur uslubiy ko‘rsatmalar, huquqiy va me’yoriy hujjatlar

majmuidir. AK ning bu ta’minoti faoliyatini huquqiy jihatdan belgilab beradi. Uslubiy va huquqiy ta’minot

kutubxonalar va unga yaqin sohalar (axborot texnologiyalari, Internet, elektron resurslar, axborotga ega bo‘lish

huquqi va boshqalar)ni rivojlantirishga mo‘ljallangan hukumat qarorlarini o‘z ichiga oladi. Bu qonunlar

jumlasiga: «Kutubxonalar to‘g‘risida»gi yoki «Kutubxonachilik ishi to‘g‘risida»gi qonun, «Majburiy nusxa

to‘g‘risida»gi qonun, «Elektron kutubxonalarni rivojlantirish dasturi», «Ma’lumotlar bazasi va dasturlar

bo‘yicha mualliflik huquqi himoyasi to‘g‘risida»gi qonun va boshqalar kiradi. Dasturiy ta’minot — kutubxona

jarayonlarini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan dasturiy vositalar majmui. Bunga AK tizimini tashkil qiluvchi

dasturlar kiradi, ya’ni axborot qidiruv tizimi, shtrix kodlash tizimi. Iqtisodiy ta’minot — AKni

moliyalashtiruvchi vositalar majmui. Bunga davlat tashkilotlaridan olinadigan mablag‘lar, davlat dasturlaridan




18.02.2021

Arm va avtomatlashtirilgan kutubxona | infoCOM.UZ

uz.infocom.uz/2008/02/13/arm-va-avtomatlashtirilgan-kutubxona/

9/11


ajratiladigan mablag‘lar va boshqalar kiradi. Iqtisodiy ta’minotga xalqaro va mahalliy fondlarning grantlarini

ham qo‘shish mumkin.

O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun 

Telegramda infoCOM.UZ

kanaliga

 obuna bo'ling.

Facebookda bo`lishmoq

Twitterga qo`shmoq

Telegramga qo`shmoq

WhatsAppga qo`shmoq

Odnoklassnikiga yubormoq

VKontakteda bo`lishmoq

« 

«Билайн» халқаро қўнғироқлар нархини туширмоқда



Бутун Ўзбекистон бўйлаб «Бизникилар»

 »

Qidiruv 



Qidiring

Ruknlar

Aloqa va telekommunikatsiyalar

 (113)

Internet


 (524)

Intervyu


 (136)

Kompyuter o‘yinlari

 (122)

Mobil aloqa



 (2 044)

Qiziqarli fAKTlar

 (70)

Sharh va fikr-mulohazalar



 (1 002)

Tadbirlar

 (1 220)

Tanlovga yuborilgan maqolalar

 (62)

Texnologiya



 (658)

Yangiliklar

 (3 300)

Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar

 (267)


Download 343.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling