Arp va icmp protokollar. Kompyuter tarmoqlarida dinamik yo’naltirish. Korporativ tarmoqda rip protokolini sozlash


Download 52.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana31.01.2024
Hajmi52.75 Kb.
#1818954
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-laboratoriya mashg\'uloti LKTni tashkil qilish (4)



2 – Laboratoriya mashg’uloti  
Mavzu: Lokal kompyuter tarmog’ini tashkil qilish va unda ishlash. Protokollar. ARP va 
ICMP protokollar. Kompyuter tarmoqlarida dinamik yo’naltirish. Korporativ tarmoqda 
RIP protokolini sozlash  
Ishning maqsadi: 
1. 
Dinamik (adaptiv) yo'naltirish haqida nazariy va amaliy ma`lumotlarga ega bo’lish.
2. 
Cisco Packet Tracer dasturidan foydalanib dinamik yo'nalishni sozlash.
3. 
RIP protokolini sozlash.
  
Texnik jihozlar:  
• 
PC Kompyuterlar;
• 
Router (Cisco);
• 
Cisco Packet Tracer dasturi paketasi.  
  
Nazariy ma’lumotlar:  
  
Dinamik (adaptiv) yo’naltirish algoritmi eng ko’p tarqalgan yo’naltirish hisoblanadi. Bu 
algoritmlar tarmoq kofiguratsiyasi o’zgargandan so’ng yo’naltirish jadvalining avtomatik 
yangilanishini ta’minlaydi. Adaptiv algoritmlar asosida qurilgan protokollar hamma 
yo’naltirgichlarga aloqalar konfiguratsiyalarining hamma o’zgarishlarini operativ ko’rib chiqib, 
tarmoqdagi aloqalar topologiyasi axborotni yig’ishga imkon beradi. Adaptiv yo’naltirishda 
yo’naltirish jadvalida, odatda ushbu yo’nalish qancha amaliy bo’lib qolish vaqti oralig’i to’g’risida 
axborot bor. Bu yo‘nalish faoliyatining vaqti (Time To Live, TTL ) deyiladi. Adaptiv algoritmal 
odatda, taqsimlangan xarakterga ega, bu tarmoqda topologik axborotni yig’ib, umumiylashtiruvchi 
qandaydir ajratilgan yo’naltirgichlar yo’qligi bilan ifodalanadi: bu ish xamma yo’naltirgichlar 
orasida taqsimlangan.
Yo’naltirishning adaptiv algoritmlari bir nechta muhim javob berish kerak. Birinchidan, ular 
yo’nalishning optimalligini ta’minlamasa ham, uning ma’qulligini ta’minlash kerak. Ikkinchidan, 
algoritmlar yetarli darajada oddiy bo’lishi kerak, ularni amalga oshirishda juda ko’p tarmoq 
resurslari sarflanmasligi kerak. Oxirida yo’naltirish algoritmlari moslashuvchanlik xususiyatiga 
ega bo’lishlari kerak, ya’ni har doim ma’lum bir vaqtda bir xil natijaga kelishi kerak.
Hisoblash tarmoqlarida xozirgi vaqtda qo’llaniladigan yo’nalish axborotlari bilan 
almashuvchi adaptiv protokollar, o’z navbatida ikki guruxga bo’linadi. Guruxlarning xar biri 
quyidagi algoritmlarning biri bilan bog’langan:

masofa-vektor algoritmlari (Distance Vector Algorithms).

aloqa xolati algoritmlari (Link State Algorithm).
Masofa-vektor turidagi algoritmlarda har bir yo’naltirgich tarmoq bo’yicha vaqti – vaqti bilan va 
keng ogoxlantirilgan holda vektorni tarqatadi, uning komponentlari bo’lib, ushbu yo’naltirgichdan 
to unga ma’lum hamma tarmoqlargacha bo’lgan masofa xisoblanadi.
Masofa
deganda
xoplar
soni
tushuniladi.
Nafaqat
oraliq
yo’naltirgichlar soni, tarmoq bo’yicha qo’shni yo’naltirgichlar orasidan paketlarni o’tish vaqtini 
xam xisobga oluvchi boshqa metrika ham bo’lishi mumkin:
Qo’shnidan vektorni olgandan so’ng, yo’naltirgich vektorda ko’rsatilgan tarmoqlargacha 
masofani, ushbu qo’shnigacha bo’lgan masofani ko’paytirib boradi. Qo’shni yo’naltirgich 
vektorini olgandan so’ng, xar bir yo’naltirgich unga o’zi bevosita (agar ular uning portiga ulangan 
bo’lsa) yoki boshqa yo’naltirgichlarning e’lonidan unga ma’lum bo’lgan boshqa tarmoqlar 


to’g’risidagi axborotlarni qo’shadi, keyinroq vektorning yangi ma’lumotini tarmoq bo’yicha 
yuboradi. Xullas oxirida, xar bir yo’naltirgich inter tarmoqdagi bor bo’lgan tarmoqlar to’g’risida 
axborot qo’shni yo’naltirgichlar orqali ulargacha bo’lgan masofani bilib oladi.
Masofa-vektor algoritmlari faqat uncha katta bo’lmagan tarmoqlardagina yaxshi 
ishlaydi, katta tarmoqlarda esa ular aloqa liniyalarini intensiv keng ogoxlantiruvchi trafik yaroqsiz 
holatga kelib qoladi. Bundan tashqari ushbu algoritm bo’yicha konfiguratsiyaning o’zgarishi, har 
doim to’g’ri katta ko’rilmagan bo’lishi mumkin, chunki yo’naltirgichlar tarmoqdagi aloqalarning 
topologiyasi to’g’risida aniq tushunchaga ega emaslar. Ular faqat vositalar orqali olingan 
umumlashtirilgan
axborot-masofa
vektoriga
ega. Masofa-vektor protokoliga 
muvofiq yo’naltirgich ishi ko’prik ishini eslatadi, chunki bunday yo’naltirgich tarmoqning aniq 
topologik sur’atiga ega emas.
Masofa-vektor algoritmiga asoslangan eng tarqalgan protokol bo’lib, RIP protokoli 
xisoblanadi. U ikita versiyada tarqalgan-IP protokoli bilan ishlovchi RIP IP va IPX protokoli bilan 
ishlovchi RIP, PX.
Aloqa xolatining algoritmlari tarmoq aloqalarining aniq grafasini qurish uchun yetarli 
axborot bilan xar bir yo’naltirgichni ta’minlashadi. Xamma yo’naltirgichlar bir xil graflar asosida 
ishlaydi, bu yo’naltirish jarayonini konfiguratsiyasini o’zgarishlariga mustaxkamlaydi. “Keng 
ogoxlantiruvchi” uzatish (ya’ni yo’naltirgichning bevosita qo’shnilariga paketni uzatish) bu yerda 
faqat aloqalar holati o’zgargandagina ishlatiladi, bu xolat ishonchli tarmoqlarda kam uchrab turadi.
Tarmoq bo’yicha tarqalayotgan axborot aloqaning xar xil turlaridan: yo’naltirgich-
yo’naltirgich, yo’naltirgich-tarmoq tavsiflaridan iborat.
Aloqalar xolati algoritmlari asosidagi protokollar bo’lib, OSI stekining IS-IS protokoli 
(Intermediate System To Intermediate System), TCP/IP stekining OSPF (Open Shortest Path 
First) protokoli va yaqinda amalga oshirilgan Novell stekining NLSP protokoli xisoblanadi.
Shunday qilib, IP tarmoqlarida paketlarni uzatish yo’nalishini tanlash yo’nalish jadvallari 
asosida bajariladi. IP protokolining o’zi paketlarni uzatish to’g’ri yo’nalishini tanlashga imkon 
bermaydi. To’g’ri yo’nalishni tanlash uchun ICMP, OSPF va RIP kabi boshqaruvchi axborotlarni 
almashish protokollarini ishlatishi kerak bo’ladi.
Bu protokollar ishning keyingi bo’limida ko’rib chiqiladi. Yo’naltirish algoritmlarida 
ko’rsatkich sifatida yo’nalish uzunligi, mustaxkamlik, to’xtalish, o’tkazish yo’lining kengligi va 
yuklanishni ishlatish mumkin. IP tarmoqlarida manzillash negizi paketlarni yo’naltirishga imkon 
beradi. Bir qadamli yo’naltirish oxirgi tugunlarda va yo’naltirgichlarda default qatorini ishlatish 
xisobiga yo’naltirish jadvali hajmini kamaytirishga imkon beradi. IP protokoli paketlarni 
uzatishning to’g’ri yo’nalishini tanlashga imkon bermaydi. Paketlarni uzatishning to’g’ri 
yo’nalishini tanlash boshqaruv axborotlari bilan almashish protokollari asosida bajariladi.

Download 52.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling