Arrali jinlar ishchi kamerasining vazifasi, tuzilishi va uni ishga tushirish


Download 38.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana02.06.2024
Hajmi38.24 Kb.
#1836418
  1   2   3   4
Bog'liq
2-laboratoriya



2-laboratoriya ishi 
Mavzu: “Arrali jinlar ishchi kamerasining vazifasi, tuzilishi va uni ishga 
tushirish” 
 
Ishning maqsadi: Arrali jin ishchi kamerasining tuzilishi va ishlashiniishga 
tushirishni o‘rganish. Ishchi kamerasining turlari bilan tanishishishchi kamerani 
ishga tushirish, uni nazorat qilish. Xomashyo valigini tiqilib qolish xolatlarini 
oldini olishni tushuntirish. 
Ishning bajarilish tartibi 
1. Paxtani jinlash jarayonida ishchi kamerasining vazifasi. 
2. Arrali jinning ishchi kamerasini sxemasini chizib, tuzilishini yozing. 
3. Arrali jin ishchi kamerasini ishga tushirish va to‘xtatish jarayonini yozib
tushuntiring. 
4. Xar xil rusumdagi arrali jinlar ishchi kameralarini bir-biridan farqini yozib, 
tushuntiring. 
Ishni bajarish uchun kerakli jixozlar 
1. 4DP-130 rusumli jinlash uskunasining ishchi kamerasi va sxemasi. 
2. Arrali silindr, qobirg‘ali panjara va ularning sxemalari 
3. Shtangensirkul. 
4. Laboratoriya ishi uchun 30-40 kg miqdorida paxta. 
 
Umumiy ma’lumotlar 
Chigitli paxta quritish-tozalash va tozalash sexlarida kondision namlikkacha 
quritilib va xas-cho’plardan tozalangandan keyin zavodning bosh binosiga jinlash 
(tolasini ajratish) uchun yuboriladi. Jinlash - chigitli paxtani dastlabki ishlash 
texnologik jarayonning asosiy operasiyasi hisoblanib, bunda chigitli paxta tolasi 
chigitidan ajratiladi. Jinlash jarayonida chigitli paxta tolasi chigitidan mexanik 
kuch bilan ajratib olinadi. 
Tolaning chigit bilan bog’lanish kuchi yakka tolaning uzilish kuchiga 
qaraganda 2

3 marta kam bo’lgani uchun jinlash jarayonida tola o’zining tabiiy 
xususiyatlarini (uzunlik, ingichkalik, pishganlik darajasi va h.k) saqlagan holda 


tubidan uzilib, chigitdan ajratib olinadi. Uzun tolali chigitli paxta tolalarining 
chigit bilan bog’lanish kuchi o’rta tolanikidan ancha kam bo’lgani uchun ularni 
tukli sirtlarga ishqalanish kuchi hisobiga ham chigitidan ajratib olish mumkin. 
Shuning uchun uzun tolali chigitli paxtalar tolasini chigitidan valikli jinlarda, o’rta 
tolali chigitli paxtalarning tolasini esa arrali jinlarda ajratiladi.

Download 38.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling