Arrali jinlar ishchi kamerasining vazifasi, tuzilishi va uni ishga tushirish
Download 38.24 Kb. Pdf ko'rish
|
2-laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-rasm. Arrali silindrning tuzilishi
Kolosnik (qobirg’a) panjara (4, 5-rasm) arrali jin ishchi kamera sining muhim qismlaridan biridir. U arra disklarini kolosniklar orasidan ishchi kamerasiga erkin o’tkazib, arra tishlariga ilingan tolalarni chigitidan ajralgandan keyin olib chiqib ketishi uchun xizmat qiladi. Kolosnik panjarasi ayrim kolosnik (1, 2) lardan tuzilgan bo’lib, ular peshtoq brusi bilan birga ishchi kamerasining profilini tashkil qiladi. Kolosniklar yuqori brus(4) va pastki brus (3) ga maxsus vintlar (5)bilan biriktiriladi. Kolosnik SCH-15-32 rusumli choyandan quyib yasaladi. 3 8 6 7 4 5 2 1 5-rasm. O’lchamlari ko’rsatilgan kolosnik (qobirg’a) Arrali silindr (6-rasm) arrali jinning asosiy ishchi organi hisoblanib, jinlash jarayoni, ya’ni tolani chigitdan ajratish jarayonini bajaradi. U 86, 130 va 180 arrali disklar (2), arraa qistirmalar (3), arra o’qi (1), qisqich shaybalardan (4) iborat. а) Ikki tomoni- dan maxkamlanib o’rnatilgan kolosnik; б) ) Bir tomoni- dan maxkamlanip o’rnatilgan kolosnik; а б 4-rаsm. Kоlоsnik pаnjаrаsi 1-o’rtа kоlоsniklаr; 2-chеtki kоlоsniklаr;3- pаstki brus; 4- yuqоrigi brus; 5-kоlоsniklаrni mахkаmlаsh vinti; 1-arra o’qi; 2-arra; 3-oraliq qistirmalar; 4-shayba; 5-qisuvchi gayka. 6-rasm. Arrali silindrning tuzilishi Arrali silindrga qoyidagi texnologik talablar qoyiladi: -Arra tishlarining tolani ilish qobiliyati yuqori bo’lishi kerak, bu esa arra tishlarining xolatiga bog’liq. - Arralar o’qga mahkamlangan bo’lib, ish vaqtida o’zining holatini o’zgartirmay kolosniklar orasidan o’tishi kerak. Buning uchun valning butun boyicha yo’nilgan ariqchaga arra ichki aylana teshigidagi til kirib turadi va arraning o’qda aylanib ketishiga yo’l qoymaydi. Arrali val uzunligining o’rtasiga qo’zg’almas shayba o’rnatilgan bo’lib, bunda ikki tamonga qarab arralar oraliq qistirmalar bilan navbatma-navbat terib chiqiladi (6-rasm). Ma’lumki arra tishlari jinlash jarayonida asosiy vazifani bajaradi. Uning tuzilishi, sifati, hamda tishlarining o’tkirligi va to’liq bo’lishi katta ahamiyatga ega. Arra tishlariga ishlash jarayonida qoyiladigan asosiy vazifa - uning yuzasi to’g’ri bo’lishidir, chunki u tolalarni ilib olib, o’zining yuzasini to’ldirishi lozimdir. Arra tishlarining 7-rasmdagi kabi yuzasi, o’lchamlari va ko’rinishlari quyidagicha bo’lishi kerak (O’zR OST 27-72-234-81 bilan belgilangan). Arra tishi ikkita qirradan: old yoki ish qirrasi (arraning aylanish tamoniga qaraganda) va orqa qirra yoki yelka qirralarining kesishishidan tashkil topgan. Tish o’zining old qirrasi bilan tolalarni ilib, kolosniklar orasidan olib o’tadi va havo oqimiga keltiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling