Arrali jinlar ishchi kamerasining vazifasi, tuzilishi va uni ishga tushirish


Download 38.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana02.06.2024
Hajmi38.24 Kb.
#1836418
1   2   3   4
Bog'liq
2-laboratoriya

 
 
Kolosnik (qobirg’a) panjara (4, 5-rasm) arrali jin ishchi kamera sining 
muhim qismlaridan biridir. U arra disklarini kolosniklar orasidan ishchi 
kamerasiga erkin o’tkazib, arra tishlariga ilingan tolalarni chigitidan ajralgandan 
keyin olib chiqib ketishi uchun xizmat qiladi. Kolosnik panjarasi ayrim kolosnik 
(1, 2) lardan tuzilgan bo’lib, ular peshtoq brusi bilan birga ishchi kamerasining 
profilini tashkil qiladi. Kolosniklar yuqori brus(4) va pastki brus (3) ga maxsus 
vintlar (5)bilan biriktiriladi. Kolosnik SCH-15-32 rusumli choyandan quyib 
yasaladi. 













 
 
5-rasm. O’lchamlari ko’rsatilgan kolosnik (qobirg’a)
Arrali silindr (6-rasm) arrali jinning asosiy ishchi organi hisoblanib, jinlash 
jarayoni, ya’ni tolani chigitdan ajratish jarayonini bajaradi. U 86, 130 va 180 arrali 
disklar (2), arraa qistirmalar (3), arra o’qi (1), qisqich shaybalardan (4) iborat. 
а) Ikki tomoni- 
dan maxkamlanib 
o’rnatilgan 
kolosnik; 
б) ) Bir tomoni- 
dan maxkamlanip 
o’rnatilgan 
kolosnik; 

 
а 
б 
4-rаsm. Kоlоsnik pаnjаrаsi
1-o’rtа kоlоsniklаr; 2-chеtki 
kоlоsniklаr;3- pаstki brus; 4-
yuqоrigi brus;
5-kоlоsniklаrni mахkаmlаsh 
vinti; 


 
1-arra o’qi; 2-arra; 3-oraliq qistirmalar; 4-shayba; 5-qisuvchi gayka. 
6-rasm. Arrali silindrning tuzilishi
 
Arrali silindrga qoyidagi texnologik talablar qoyiladi: 
-Arra tishlarining tolani ilish qobiliyati yuqori bo’lishi kerak, bu esa arra 
tishlarining xolatiga bog’liq.
- Arralar o’qga mahkamlangan bo’lib, ish vaqtida o’zining holatini 
o’zgartirmay kolosniklar orasidan o’tishi kerak. Buning uchun valning butun 
boyicha yo’nilgan ariqchaga arra ichki aylana teshigidagi til kirib turadi va 
arraning o’qda aylanib ketishiga yo’l qoymaydi. Arrali val uzunligining o’rtasiga 
qo’zg’almas shayba o’rnatilgan bo’lib, bunda ikki tamonga qarab arralar oraliq
qistirmalar bilan navbatma-navbat terib chiqiladi (6-rasm). 
Ma’lumki arra tishlari jinlash jarayonida asosiy vazifani bajaradi. Uning 
tuzilishi, sifati, hamda tishlarining o’tkirligi va to’liq bo’lishi katta ahamiyatga ega. 
Arra tishlariga ishlash jarayonida qoyiladigan asosiy vazifa - uning yuzasi to’g’ri 
bo’lishidir, chunki u tolalarni ilib olib, o’zining yuzasini to’ldirishi lozimdir.  
Arra tishlarining 7-rasmdagi kabi yuzasi, o’lchamlari va ko’rinishlari 
quyidagicha bo’lishi kerak (O’zR OST 27-72-234-81 bilan belgilangan). Arra tishi 
ikkita qirradan: old yoki ish qirrasi (arraning aylanish tamoniga qaraganda) va orqa 
qirra yoki yelka qirralarining kesishishidan tashkil topgan. Tish o’zining old qirrasi 
bilan tolalarni ilib, kolosniklar orasidan olib o’tadi va havo oqimiga keltiradi. 



Download 38.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling