Mavzu: Ichki yonuv dvigatellarining ishga tushirish tizimi


Download 16.41 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi16.41 Kb.
#1015932
Bog'liq
9. Ichki yonuv dvigatellarining ishga tushirish tizimi


Mavzu: Ichki yonuv dvigatellarining ishga tushirish tizimi
Hozirgi zamonaviy avtomobillarda, dvigatelni starter yordamida elektr usuli bilan yurgizib yudorish keng qo’llaniladi. Starter sifatida o’zgarmas tok elektro dvigateli qo’llaniladi. Ichki yonuv dvigatelni yurgizib yuborish uchun uning tirsakli valiga kerakli aylanishlar soni berish lozim. Buning uchun ishqalanish kuchi va kompressiya natijasida valning aylanishiga bo’ladigan qarshilikni yengish talab etiladi. Qarshilik momenti dvigatel litrajiga, tsilindrlar soniga, siqish darajasiga, moyning qovushqoqligiga va aylanishlar soniga bog’liq.
Elektr dvigatel yakori valida aylantiruvchi moment dvigatel avlining aylanishiga ko’rsatgan qarshilik momentidan kichik bo’lganni uchun aylanishlar sonini kamaytiruvchi tishli uzatmali yuritma mexanizmi ishlatiladi. Maxovikning tishli gardishidagi tishlar soni starter yakori validagi shesternya tishlaridan ko’p bo’ladi. Masalan, yuk avtomobili dvigateli maxovigining gardishida 140ta, starter yakori validagi shesternyasi esa 9ta tish bor.
Avtomobil dvigatelarining ishga tushirish tizimi dvigatel tirsakli valini majburiy ravishda aylantirishni ta’minlovchi moslamalar majmuyasidan iborat. Iiki yonuv dvigatellarini ishga tushurish uchun mexanik starterli, benzin dvigatelli, pnevmatik, gidropenvmatik va elektrostrterli tizimlar qo’llaniladi. Avtomobillarda boshqa usullarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo’lgan, elektrostarterli ishga tushirish tizimi tadbiq etilgan. Bu tizim ixcham, ishlatishdagi ishonchlilik darajasi yetarli darajada yuqori va murakkab bo’lmagan elektrotexnik va elektron moslamalar yordamida dvigatelni ishga tushirish jarayonini avtomotlashtirish imkoniyati bor.
Avtomobil elektrostarterlarining uyg’otish va boshqarish usulini, yuritma mexanizmining turi hamda atrof muhit ta’siridan himoya qilinganlik darajasi bo’yicha tasniflash mumkin. Starterlarda uyg’otish uslubiga qarab kema-ket va aralash uyg’otish tizimli elektrodvigatellar qo’llaniladi. Dvigatelni ishga tushirishda muxim axamiyatga ega bo’lgan tortish xususiyatlari ustunligi tufayli ketam-ket uyg’otish tizimili elektrodvigatellar ancha keng tatbiq topgan. Starter salt ishlaganda, uning yakori aylanish chastotasini cheklash maqsadida, ba’zan aralash uyg’otish tizimli elektrodvigatellar ham ishlatiladi (masalan st 221,26.3708 belgili startyorlarda). Ohirgi vaqtda ba’zi starterlarda doimiy magnit yordamida uyg’otiladigan elektrodvigatellar ham ishlatilmoqda. Bularni tuzilishi sodda, uyg’otish chulg’ami bo’lmaganligi tufayli elektroenergiyani nisbatan kam iste’mol qiladi. Ammo, bu elektrodvigatellar va IYoDlarning mexanik tavsifnomalari bir-biriga yaxshi mos tushmaydi. SHu sababli, doimiy magnitli elektrodvigatellar kam quvvatli startyorlarda qo’llaniladi.
Barcha turdagi starterlarning elektrodvigatellari deyarli bir hil tuzilgan bo’lsa, ulardagi yuritma mexanizmlari tuzilishi va io’lashi bo’yicha bir-biridan ko’p jixatidan farq qilishi mumkin.
Yuritma mexanizmlarining turi va ishlash printsipi bo’yicha quydagi guruhlarga ajratish mumkin.

  • yuritma shesternyasining mexanik yoki elektromexanik usuludan majburiy ravishda xarakatlantirish;

  • shesternyani elektromexanik usulda majburiy ravishda maxovikning tishli gardishiga ilashtirish va dvigatelь ishga tushgandan keyin shesternyani avtomatik ravishda ilashuvdan chiqarish;

  • shesternyani inertsiya kuchi ta’sirida harakatlantirish;

- shesternyani elektromagnit kuchlar ta’sirida, ya’ni elektrodvigatelь yakorining hrakatlanishi hisobiga ilashuvga kiritish.
Starterning vazifasi - dvigatel tirsakli valini har-hil ob-havo sharoitlarida (sovuq va issiq) me’yoriy burchak tezligi bilan (benzinli dvigatellarda 40  60 aylmin, dizel dvigatellarida esa 80  100 aylmin,) aylantirib, dvigatelni ishga tushirishdan iborat.
Zamonaviy yengil avtomobillarida elektromagnit ulagichli hamda erkin aylanish muftasiga ega bo’lgan startyorlar ishlatiladi. Starterning asosiy qismlari elektromagnit ulagich (tortish relesi), yuritma richagi, rotor, erkin aylanish muftasining tishli g’ildiragi, korpus, stator korpusi, cho’tkalarning ushalagichi va qopqoqdan tashkil topgan.
Elektr starter dvigatelni ishga tushirishda uning tirsakli valini burashga xizmat qiladi. Starter ketma-ket yoki aralash uyg’otishli o’zgarmas tok dvigateli bo’lib, u o’zgarmas tokni akkumulyator batareyasidan oladi.
Elektr starterlarga quyidagi talablar qo’yiladi: tuzilishi oddiy bo’lishi va texnikaviy ko’rsatish osonligi, gabarit o’lchamlari kichikligi va massasining yengilligi; tayyorlash arzonligi; ishlatishda ishonchliligi va uzoqqa chidamliligi; solishtirma quvvatining kattaligi (ya’ni quvvati 1 kg massaga to’g’ri keladi), benzinli dvigatellar uchun 40 - 50 aylmin va dizel dvigatellari uchun 80 - 120 aylminga teng bo’lgan ishga tushirish aylanish sonini ta’minlovchi burovchi momentning katta bo’lishi; salt yurish rejimida starter vali aylanish sonining kichik bo’lishi va ta’minlovchi tokning kam bo’lishi.
Download 16.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling