45
Bugungi kunda energetik yо‘nalishda neftni qayta ishlashning eng
samarali yо‘nalishi gaz porshenli elektr stansiyalarida yо‘ldosh neft gazidan
yoqilg‘i sifatida foydalanishda tarmoqlarni va transformator podstansiyasini
qurish uchun xarajatlarni kamaytirish kerak.
3.5.-rasm. Yо‘ldosh neft gazini gaz elektr stansiyasida utilizatsiya qilish
jarayoni sxemasi
Gaz elektr generatorlari qо‘llanilganda mash’alaga beriladigan yо‘ldosh
gazlarni utilizatsiya qilish orqali ekologik muammolarni hal qilib bо‘lmaydi,
chunki issiqlik (parnik) effekti atmosfera va Kiot protokoli bilan bog‘liqdir. Kiot
bayonnomasining qabul qilinishi ekologik muhitning о‘zgarishiga tahtid
bо‘layotganligi, insoniyatning faoliyati bilan bog‘liqligi,
yer iqlimining keskin
о‘zgarishi, selsi bо‘yicha atmosferaga chiqariladigan tashlanmalarning nazorat
qilinmasligi sababli 1,4
o
Cdan 5,8
o
Cgacha haroratning kо‘tarilishini sodir
bо‘layotganligi, atmosferadan keladigan yog‘ingarchiliklarning
miqdorining
о‘zgarishi, dunyo okeanlaridagi sathning kо‘tarilishi bilan bog‘liqdir. Riode-
Janeroda shahrida 1992 yilda 180 ta davlatda iqlimning о‘zgarishi tо‘g‘risida
BMTning konvensiyasi qabul qilingan. О‘zbekiston Respublikasida 1999
yilda
12 oktabrda Kiota bayonnomasi ratifikatsiya qilingan va shunga asosan 2005 yil
16 fevraldan kuchga kirgan. Kiot bayonnomasi bо‘yicha chiqindi gazlarning 6 ta
turi nazorat qilinadi:
uglerod ikki oksidi (CO
2
), metan (CH
4
), azot oksidi (N
2
O),
perfuglevodorodlar (PFU), gidroftoruglevodorodlar (SF
2
).