Ma‘lumotlarni bankining vazifalari
Ma‘lumotlarni kayta ishlashning servis vositalari-axborot bazasiga xizmat ko’rsatish bo’yicha kumakchi vazifalarni ta‘minlashi lozim. Ular bazaning dasturiy vositalariga tegishli. Bular ma‘lumotlar fayllari va tashuvchi-mashinalar bilan ishlash bo’yicha turli utilitalardir. Ularga quyidagilar mansub: nusxa olish, arixvlash, tiklash, antivirus vositalari, tarmog’i utilitalari va boshqalar.
Foydalanuvchining amaliy dasturlari universal algoritmlash tillaridan birida yaratiladi. Bunday dasturlarda, odatda, ularda ishlab chiqiladigan ma‘lumotlardan mustaqil bilish ta‘minlanmaydi. Ayrim joylarda bitta fan sohasining turli masalalariga oid axborot massivlarida ma‘lumotlar takrorlanadi. Bu xol turli masalalar bo’yicha bir xil ma‘lumotlarni bir necha marta kiritishga olib keladi va dastlabki ma‘lumotlarga o’zgartirishlar kiritganda ancha muammolarni keltirib chiqaradi. Amaliy dasturlar, shuningdek, MBBTda universal algoritmik tilda yaratilishi mumkin.
Nazorat savollari
Ma‘lumotlar bazasi deganda nimani tushinasiz?
Bir kishi va ko’p kishi foydalanadigan ma‘lumotlar bazasi haqida ma‘lumot bering.
Ma‘lumotlarni kayta ishlashning namunaviy operatsiyalari qanday bo’ladi?
Mashina ichki axborotlar bazasini tashkil etish deb nimaga aytiladi?
MBBT ma‘lumotlar bazasidan surovlarni qanday tashkil etiladi?
Mavzu: MS Access dasturida ma‘lumotlar omborini tuzish
Reja:
MS ACCESS va uning ishchi oynasi.
Jadval tuzish.
Accessda ishlash texnologiyasi.
Zapros (surov)lar tashkil qilish.
Forma tashkil qilish.
Yozuvlar tashkil qilish.
Otchyot(hisobotlarni) tashkil qilish
Ma‘lumotlarni manipulyatsiya qilish tili
Do'stlaringiz bilan baham: |