3.5.-rasm. Yо‘ldosh neft gazini gaz elektr stansiyasida utilizatsiya qilish jarayoni sxemasi
Gaz elektr generatorlari qо‘llanilganda mash’alaga beriladigan yо‘ldosh gazlarni utilizatsiya qilish orqali ekologik muammolarni hal qilib bо‘lmaydi, chunki issiqlik (parnik) effekti atmosfera va Kiot protokoli bilan bog‘liqdir. Kiot bayonnomasining qabul qilinishi ekologik muhitning о‘zgarishiga tahtid bо‘layotganligi, insoniyatning faoliyati bilan bog‘liqligi, yer iqlimining keskin о‘zgarishi, selsi bо‘yicha atmosferaga chiqariladigan tashlanmalarning nazorat qilinmasligi sababli 1,4oCdan 5,8oCgacha haroratning kо‘tarilishini sodir bо‘layotganligi, atmosferadan keladigan yog‘ingarchiliklarning miqdorining о‘zgarishi, dunyo okeanlaridagi sathning kо‘tarilishi bilan bog‘liqdir. Riode- Janeroda shahrida 1992 yilda 180 ta davlatda iqlimning о‘zgarishi tо‘g‘risida BMTning konvensiyasi qabul qilingan. О‘zbekiston Respublikasida 1999 yilda 12 oktabrda Kiota bayonnomasi ratifikatsiya qilingan va shunga asosan 2005 yil 16 fevraldan kuchga kirgan. Kiot bayonnomasi bо‘yicha chiqindi gazlarning 6 ta turi nazorat qilinadi: uglerod ikki oksidi (CO2), metan (CH4), azot oksidi (N2O), perfuglevodorodlar (PFU), gidroftoruglevodorodlar (SF2).
3.2-jadval Konlarda qazib olishni 2012 yildagi kuzatuv ma’lumotlari bо‘yicha
№
|
Konning nomi
|
Neft qazib olish,t
|
Gazning maksimal
miqdori, mln.m3
|
1
|
Shakarbuloq
|
116040
|
2227,4
|
2
|
Shimoliy Shо‘rtan
|
59820
|
38,1
|
3
|
G‘armiston
|
36381
|
4,68
|
Yо‘ldosh neft gazi yoqilganda faqat qimmat uglevodorod xom ashyosi yо‘qotilmasdan atrof muhitga ham katta zarar keltiradi: issiqlikdan ifloslanish, janglar va qurumlar bilan ifloslanish, zaharli gazlarni atmosferaga chiqib ketishi sodir bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |