Art By : Najmidinov Jahongir


Download 3.97 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi3.97 Kb.
#1512452
Bog'liq
Kuchaytirgichlar Va O’zgarmas To’k O’zgartirgichlari

Art By : Najmidinov Jahongir

Kuchaytirgichlar Va O’zgarmas To’k O’zgartirgichlari


Kuchaytirgich (texnikada) -kuchlanish, quvvat va boshqalarni oʻzatadigan yordamchi manba energiyasidan foydalanib kuchaytiradigan qurilma. Foydalaniladigan energiya turiga qarab elektr, magnit, gidravlik, pnevmatik va mexaniq K.lar boʻladi. Bu turdagiqurilmalarning oʻzgartgichlardan far-qi, K.da chiqayotgan va kirayotgan signallar orasidagi aloqa uzluksiz va bir xil ishorali boʻladi. Elektromagnit toʻlqin energiyasini oshiradigan, elektr impulyelarini kuchaytiradigan, asosiy mexanizmning taʼsir ku-chini oshiradigan K.lar bor. K. avtomatika, telemexaniqa, hisoblash va oʻlchash texnikasi, radioelektronika va aloqadagi qurilmalarning, shuningdek, ish mashinalari (elektroenergetika, mashinasozlik, transportdagi) yuritmalarining asosiy elementlaridan biri (yana qarang Dielektrik kuchaytirgich, Ibikon, Impulslar texnikasi, Kvant generator, Kvant kuchaytirgich)
Kuchaytirgichlarga keltiriladi gap yordamchi energiyaning turiga qapab elektrik, elektromexanikaviy, magnitli, elektron, gidravlik, pnevmatik va kombinatsiyalashgan kuchaytirgichlar bo’ladi. Qishloq xo’jalik ob’ektlarining avtomatikasida elekt­rik, elektro-mexanikaviy, magnitli, elektron va gidravlik kuchaytirgichlar keng ko’lamda ishlatilmoqda. Kuchaytirish koeffitsiyentiga qarab signalni ming, yuz ming va undan ortiq marta kuchaytiruvchi kuchaytirgichlar bo’ladi.
Elektrik kuchaytirgichlar quvvatni, kuchlanishni yoki tok kuchini kuchaytirishi mumkin. Тavsifnomaning shakli jixatdan chiziqli va nochiziqli tavsifnomali kuchaytirgichlar bo’ladi. Chiziqli kuchaytirgichlarda chiqish miqdori rostlashning barcha intervallarida kirish miqdoriga to’g’ri proporsional bo’ladi. Nochiziqli kuchaytirgichlarda kirish bilan chiqish o’rtasida proporsionallik bo’lmaydi. Nochiziqli tavsifnomalarning shakli turlicha bo’ladi.
Oʻzgarmas tok— tok kuchi va yoʻnalishi vaqt oʻtishi bilan oʻzgarmaydigan elektr toki. Oʻzgarmas tok oʻzgarmas elektr yurituvchi kuch taʼsirida oʻtkazgichdan yasalgan berk zanjirda vujudga kelishi mumkin. Agar elektr zanjiri tarmoqlanmagan boʻlsa, uning hamma qismlaridan oʻtayotgan tok kuchi bir xil boʻladi. Oʻzgarmas tokning asosiy qonunlari Om qonuni va Joul — Lens qonunidan iborat. Ishtirok etayotgan qarshiliklar va elektr yurituvchi kuchlardan foydalanib, zanjir tarmoqlarining har biridan oqayotgan tok kuchi va yoʻnalishi Kirxgof qoidalari asosida hisoblanadi. Oʻzgarmas tokdan turli sanoat tarmoqlarida, mas, elektrometallurgiya, transport, aloqa, avtomatika va boshqalarlarda foydalaniladi.

E’tiboringiz Uchun Rahmat


Download 3.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling