Артериал босимни улчаш Артериал босим (АБ)- бу артерия ичидаги коннинг босимидир


Download 105.62 Kb.
bet1/10
Sana08.08.2023
Hajmi105.62 Kb.
#1665840
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Savol javob


Артериал босимни улчаш
Артериал босим (АБ)- бу артерия ичидаги коннинг босимидир.
АБ доимий узгарйб туради. Хатто соглом одамларда хам кун давомида узгариши мумкин. Систолик ва диастолик АБ фаркланади. Систолик АБ учун нормал курсаткичлар 110 дан 139 мм сим уст гача, диастолик АБ учун эса, 70 дан 85-89 мм сим уст гача хисобланади. Бу чегаралардан паст босимга гипотензия, юкорисига гипертензия дейилади. Гипертензия уз навбатида чегаравий (140-59/86-90 мм сим уст) ва хакикий гипертензияга (160/'90мм сим уст ва юкори) булинади. АБ нинг муким пасайишига гипотония дейилади, АБ муким кутарилиши эса гипертония деб аталади.
Хозирги вактда АБ Коротков усулида улчанади. Махсус пневматик манжета ёрдамида артериянинг тулик босилишига эришилади. Кейин клапан оркали хавони аста-секин чикариб, манжетадаги босимни пасайтирилади. Манжетадаги босим систолик АБ га тенглашганда пульс тулкини чуккисидаги кон босими торайган артерия деворини кенгайтира бошлайди ва кон артериядан ута бошлайди. Торайган артериядан утаётган кон шовкин косил килади (бу систолик босимга тугри келади). Бу шовкинлар пульс тулкинининг артериянинг дистал кисмлари деворига урилиши натижасида косил булган турбулент кон окими кисобига вужудга келади (Коротков тонлари). Манжетадаги босим янада пасайиши билан артерия девори тулигича кенгаяди ва шовкинлар йуколади. Бу диастолик босимга тугри келади. Манжетага уланган манометр воситасида шовкинлар пайдо булиши ва йуколишини кайд этилади. Симобли ёки мембранали тонометрдан фойдаланилганда АБ ни аник аниклаш учун манжетдаги кавони жуда секинлик билан пасайтириш керак (айникса аритмияларда). Манжетадаги босимни тез пасайтирилганда улчаш хулосалари аник булмайди.
Артериал босимни пульс буйича аникланганда хулоса тахминан 10-12 мм сим уст га пасаяди. Овозлар фонендоскопда пульс пайдо булишидан аввалрок эшитила бошлайди. Овозлар йуколиши пульс тулкини учун йул тулик очикдиги белгисидир. Бу пайтдаги манометр курсаткичлари артериядаги минимал босимни акс эттиради (пульс буйича диастолик босимни аникдаб булмайди).
Керак анжомлар: тонометр, фонендоскоп, хулосани кайд этиш ашёлари. Беморнинг колати: ётган ёки утирган холатда. АБ улчанаётганда бемор хотиржам, узини буш куйган булиши керак.
Муолажани бажариш: Беморга муолажа тугрисида маълумот беринг.

  1. ^улларингизни ювинг.

  2. Беморнинг елкасини ялангочланг. Кийим енгини шнмариш ярамайдн. чунки бу кул ва артериянинг эзилишига олиб келади. Манжетами тирсак букламидан 2-3 см юкорига ураб махкамланг (нлгак ёки ёпишкок тасма билан). Манжета юрак сатхида жойлашишн л о зим. Манжета улчамини тугри танлаш керак (резина кисми елка айланасининг 3А кисмидан купини ураши ва елка узунлигининг 2 3 кисмидан калта булмаслиги керак).

  3. Билак букламидан (тирсак бугими ички юзасида) елка артерияси пульсациясини топинг ва шу соха устига фонендоскоп (стетоскоп воронкаси) куйинг (мембранани уртача босиш лозим, акс холла курсаткичлар нотугри чикиши мумкин).

  4. Тонометр хаво баллончасининг мурватини беркитинг ва богич ичига хаво дамланг, артерия уриши эшитила бошлаб, сунг йуколгандан кейин богич ичидаги босимни яна кунгамча 20-30 мм сим уст га кутаринг. Баллонча мурватини секинлик билан очиб, хавони чикара бошланг. Манометр курсаткичи (ёки симоб устуни) пасайиши секинлиги (1 сонияда 2 мм сим уст) ва бир текислигига эътибор харатинг. Тонлар эшитила бошлаши ва тонлар йухолиши вактидаги аникланган манометр курсаткичларини эслаб колинг.

  5. АБ ни 3 марта, 1-2 дакихали ораликда улчанади. Энг паст курсагкич тугриси деб олинади.

  6. АБ хар иккала кулда улчанади.

АБ ни хуйидаги усул билан хам улчаш мумкин: артерия устига фонедоскопни хуйиб, манжетага секинлик билан хаво дамланади. Бунда дастлаб диастолик тонлар пайдо булади. Манжетадаги босим оша бориши билан тонлар йухолади. Бу систолик босимга тугри келади. Бундай усулни хон босими паст шахсларга нисбатан куллаш тавсия этилади. Артериялар деворида силлих мушак элементлари мавжуд. Улар манжетка билан босилганда механик китихланиш хисобига хисхариши мумкин ва бу холат артерия спазмини чахиради. Айнихса, бу вазият ёш одамларда яххолрох кузатилади. Шу сабабли 1 дакихали оралих билан АБ 3 марта улчанади. Учинчи улчаш пайтига бориб, одатда артериялар механик хитикданишга спазмланмай куяди. Улчанган АБ нинг энг паст курсаткичлари тугрисига хисобланади. АБ ни харама-харши томонда улчанади. Иккала артерия орасидаги босим фархи 10 мм сим уст дан ошмаслиги керак.
Симобли, мембранали ва рахамли электрон тонометрлар мавжуд.
Охирги пайтда электрон рахамли тонометрлар ишлаб чихарилди. Уларнинг ишлаши АБ ни осциллометрик усулда улчашга асосланган.


Оg’iz bo’shlig’ini
Оg’iz bo’shlig’ini parvarish qilish. Kundalik tishlarini yuvish va оg’zini chayish imkоniyati bo’lmagan bеmоrlarni, оg’iz bo’shlig’ini muntazam ravishda parvarishlash kеrak. Kasalga qulay sharоitda utqiziladi yoki yon tоmоnga buriladi; ko’kragiga kliyonka fartuk kiydirib, uni pastki qismi chоyshab bilan yopiladi va tizzasiga tоg’оra qo’yiladi. Kоrntsangga maxkamlangan va eritmalarning biriga namlangan salfеtka bilan chapdan o’ngga va yuqоridan
pastga xarakatlar bilan tishlarga ishlоv bеriladi. SHpatеl bilan tilning ildizini pastga bоsib, tоmоq va tilni parvarish qilinadi. Agar bеmоrlar хushida bo’lsa, unda suyuqlikni tоg’оra ichiga tupurish taklif etiladi, оg’zini yuvish va tartibni takrоrlash uchun suv bеrish tavsiya etiladi. Agar bеmоr bеxush bo’lsa, оg’iz bo’shlig’ini va tоmоqni salfеtka bilan quritiladi.Barcha xоlatlardan sung lablar, til va оg’iz mоy bilan yog’lanishi kеrak(o’simlik, оblеpiхa, va bоshqalar).Agar bеmоr tilni оldinga chikara оlmasa – unda salfеtkani bilan til uchudan ushlab kutariladi va tuliq amalga оshiriladi. Bеmоr хar оvkatlangandan sung, kaliy pеrmanganat, bоrat kislоta, sоdali suv kuchsiz eritmasi yoki qaynatilgan suvda namlangan paхta bilan оgiz bushligi va tishardagi оvkat kоldig’i tоzalanib artib оlinadi. Dоkali tampоnda til, оgiz artiladi va undan kеyin оgiz chayiladi. Оg’iz bo’shlig’ini o’tirgan xоlatda xam yuvishingiz mumkin.Chiqariladigan prоtеz kеchqurin chiqariladi, sоvun bilan yuviladi va bir stakan suvda saqlanadi. Оg’iz chayish uchun sоda eritmasi (natriy gidrоkarbоnat), natriy karbоnati, bоr kislitasi, vоdоrоd pеrоksidi (3% dan оrtiq bo’lmagan eritma), kaliy pеrmanganati (1 :1000) va minеral suvlar qo’llaniladi. CHayish uchun qo’llaniladigan suyuqlik xarоrati 20-40 °C bo’lishi kеrak, bеmоrga tupurush uchun maхsus idish bеriladi. Оg’iz va tilning shilliq qavati glitsеrin yoki rоmashka damlamasi 1%li eritmasi bilan namlangan bir parcha dоka bilan artiladi. Yuvishdan tashqari, applikats iya va sanats iyadan xam fоydalanish mumkin Applikatsiya - furats illin eritmasiga namlangan stеril dоka 3-5 minut davоmida qo’yish. Bu muоlajani bir kunda bir nеcha marta takrоrlaniladi.
Og’ir bemor burun bo’shlig’ini parvarishi
  1. Bemorning boshi balandroq joylashtiriladi, ko’kragiga sochiq qo’yiladi.


  2. Turundalar tayyorlangan moylar bilan namlanadi.


  3. Bemorni boshi biroz orqaga yoziladi.


  4. Ho’llangan turunda olinib, biroz siqiladi va aylanma harakatlar bilan burun yo’llarining biriga aylantiriladi.


  5. Turunda 1-2 minutgacha burun ichiga qoldiriladi, so’ng burun yo’llarini korkalardan aylanma harakatlar bilan tozalanadi.


  6. Amalni ikkinchi burun yo’lida ham xuddi shu asnoda bajariladi.


  7. Burun terisini sochiq bilan artiladi va bemorga qulay tarzda yotishiga yordam beriladi.


Haroratni qayerda va qanday o‘lchash mumkin?


Tana harorati har xil usullar bilan tekshiriladi:

  1. Rektal — yo‘g‘on ichakda.

  2. Oral — og‘iz ichida.

  3. Qo‘ltiq ostida.

  4. Peshonada — buning uchun arteriyani tekshiruvchi infraqizil skanerlar ishlatiladi.

  5. Quloq ichida — bu ham skanerlar yordamida amalga oshiriladi.

Har bir usul uchun har bir joyga maxsus moslashtirilgan elektron termometrlar mavjud.
Qanday termometrdan foydalansangiz ham, avval uning ishlatish yo‘riqnomasini o‘qib chiqing.
Har bir ishlatishdan keyin termometrni tozalaganingiz yaxshi: agar imkoni bo‘lsa yuvish, yoki antiseptik vosita bilan artish lozim. Agar termometr namlikka sezuvchan bo‘lsa, ehtiyot bo‘ling, buzilib qolishi mumkin.
Haroratni qo‘ltiq ostida o‘lchash
Ko‘pincha biz haroratni qo‘ltiq ostida o‘lchashda odatdagi simobli yoki elektron termometrdan foydalanamiz. Buni to‘g‘ri amalga oshirish uchun nimalarga e’tibor berish kerak:

  1. Haroratni ovqat yeyish va jismoniy og‘irliklardan keyin darrov o‘lchash mumkin emas. Yarim soat kuting.

  2. O‘lchashdan oldin shisha termometrni silkitish kerak: simob ustuni 35 °C dan pastroqda turishi kerak. Agar termometr elektron bo‘lsa, uni yoqing.

  3. Qo‘ltiq osti quruq bo‘lishi kerak. Terni artish lozim.

  4. Qo‘lingizni mahkam siqib turing. Yaxshisi bolani qo‘lga oling va yelkasini o‘zingiz siqib turing.

  5. Agar yuqoridagi qoidaga amal qilgan bo‘lsangiz, simobli termometrda haroratni o‘lchash uchun 5 daqiqa kerak bo‘ladi.

Haroratni og‘izda o‘lchash
Bunday usul to‘rt yoshdan kichik bolalar uchun to‘g‘ri kelmaydi, chunki bunday yoshdagi bolalar hali termometrni muvofiq holda tutib tura olmaydi.

  1. Termometrni yuving.

  2. Datchik yoki simobli moslamani tilning tagiga qo‘yish va gradusnikni lablar bilan tutib turish kerak.

Haroratni quloqda o‘lchash
Buning uchun maxsus infraqizil termometrlar mavjud: boshqa termometrlarni quloqqa tiqish foydasiz. 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarning harorati quloqda o‘lchanmaydi, chunki rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlari tufayli natija noaniq bo‘lishi mumkin.

Bemorni qon bosimi o‘lchash texnikasi.




Qon bosimini o’lchash qanday amalga oshiriladi? Asosiy qoidalar, shuningdek, maqolada keltirilgan ko’rsatmalarga rioya qilish orqali siz qon bosimini to’g’ri va aniq o’lchashingiz mumkin.
Tonometr (sfigmomanometr) — arterial qon bosimini o’lchash uchun asbob.
Tonometr manjeta, manjetaga havo yetkazib berish uchun qurilma va manjetadagi havo bosimini o’lchaydigan manometrdan iborat. Bunga qo’shimcha ravishda, turiga qarab, tonometr stetoskop yoki elektron qurilma bilan jihozlangan bo’lib, uning yordamida manjeta ichidagi havo pulsatsiyasi qayd etiladi.

  • Qon bosimini o’lchashdan 1 soat oldin bemor chekish, spirtli ichimliklar ichish yoki kofeinli mahsulotlarni iste’mol qilishdan bosh tortishi kerak;

  • Hojatxonaga borish istagi bo’lsa, qon bosimini o’lchamang, chunki to’la siydik pufagi bosim ko’rsatkichlarini taxminan 10 mm.sim.ust`ga oshiradi.

  • Qon bosimini tinch sharoitda, xona haroratida o’lchash kerak;

  • Qon bosimini o’lchash bemorning o’tirgan va bo’shashgan holatida amalga oshiriladi, bunda o’lchov u bo’shashganindan kamida 5 daqiqadan keyin boshlanadi;

  • Manjeta taqiladigan qo’l tirsagini taxminan yurak joylashgan darajadagi balandlikka joylashtirish kerak;

  • Qo’l alatta butunlay bo’shashgan bo’lishi kerak;

  • Amaliyot davomida gaplashish va harakat qilish mumkin emas;

  • Ikki o’lchovlar oralig’ida 3-5 daqiqali pauza qilish kerak, shunda manjeta bilan qisilgan tomirlardagi qon bosimi normallashadi.

  • 1. Yuqorida keltirilgan dastlabki tayyorgarlikdan so’ng, manjetani yurak darajasida, tirsakdan 3-5 sm teparoqda qo’lga taqing.
    Agar sizning qurilmangiz qon bosimini bilakda o’lchash uchun mo’ljallangan bo’lsa ham, u yurak darajasida bo’lishi kerak.

  • 2. Steteskopni qo’lning ichki bukimi markaziga joylashtiring va uni quloqqa taqing. Bu joyda, manjetadan havoni chiqarish vaqtida pulsni aniq eshitib olish mumkin bo’ladi.

  • 3. Manjetani 200-220 mm.sim.ust`gacha damlang. Agar qon bosimi yanada yuqoriroq bo’lishi mumkinligiga shubha tug’ilsa, uni yanada ko’proq damlash kerak bo’ladi;

  • 4. Sekin-asta, sekundiga 2-4 mm tezlikda, tonometrning siferblatiga qaragan holda havoni chiqara boshlang va stetoskopdagi zarblarni (pulsni) tinglang.

  • 5. Dastlabki zarbni eshitishingiz bilan, asbobning mazkur ko’rsatkichini yodda saqlab qoling, bu qon bosimning yuqori ko’rsatkichidir (sistolik qon bosimi).

  • 6. Zarblar eshitilishi to’xtatganda, bu qon bosimning pastki ko’rsatkichi bo’ladi (diastolik qon bosimi).

  • 7. O’lchovni 2-3 marta oling. Ularning o’rtacha qiymati qon bosimi ko’rsatkichlari bo’ladi.

Pulsini o‘lchash texnikasi.


Nima bemorning tomirini gapirish mumkin? uni o'lchash, shifokorlar, turli yurak kasalliklari borligini hukm mumkin. Bugungi kunda, biz uni aniqlash yo'llari qanday puls o'lchash algoritm va bilib. Bu kasalxonada aniq hisoblash mumkin Bundan tashqari, yolg'iz bir odam ham uning uyini tekshirib hech qanday muammo bo'lishi mumkin. Buning uchun, bu maqolada tasvirlangan ko'rsatmalar va qoidalarini foydalaning.



Download 105.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling