Артериал босимни улчаш Артериал босим (АБ)- бу артерия ичидаги коннинг босимидир
Download 105.62 Kb.
|
Savol javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bemorlarni yuvintirish
Bemorga muzli xaltacha qo‘yish
Quruq sovuqning teriga ta’siri natijasida qon tomirlari torayishi va chuqur joylashgan to‘qimalarda sezgining pasayishi kuzatiladi. Muzli xaltacha qon ketganda, qorin bo‘shlig‘ida o‘tkir yallig‘lanish holatlarida, lat yeganda, isitma ko‘tirilganda, operatsiyadan keyingi davrda qo‘llaniladi. Suvli xaltachani muzlatgichning sovitish kamerasiga qo‘yib muzlatish mumkin emas, chunki suv muzlatgichda katta, yaxlit sath hosil qiladi, bu esa qo‘llash jarayonida ma’lum joyning yal- lig‘lanishiga olib keladi. Bemorlarni yuvintirish texnikasi Bemorlarni yuvintirish Maqsad: Gigiyenaga rioya qilish, yotoq yaralarni, bichilishlarni oldini olish. Ko’rsatma:Siydik qopini kateterlash, siydikni tahlil qilishga olish, ginekologik manipulyatsiyalar. Yotoq rejimdagihamma bemorlar ertalab, kechqurun va har ichi kelgandan va siygandan keyin yuvintiraldi. Kerakli anjomlar:Taglik kleyenka; metall yoki plastmassa sudna; “Yuvintirish uchun” yozuvli Esmarx krujkasi; (+35...+38°S) iliq suv; 5% kaliy permanganat; kornsang; suv; buyraksimon lotok; rezina qo’lqop. Bemorlarni yuvintirish texnikasi: Esmarx krujkasiga su solinadi va bir necha tomchi 5 % kaliy permanganat eritmasidan tomiziladi, to och-pushti rang bo’lguncha. Qo’lqop kiyiladi. Bemorga chalqancha yotish so’raladi, tizzalaridan bukiladi, sonlari ochiladi. Kleyenka to’shaladi, sudna qo’yiladi. Kornsngga paxta qistiriladi. Bunda uning o’tkir qirralari paxta bilan yopilgan bo’lishi shart. Chap qo’lga iliq dezinfeksiyalovchi eritmali idish olinadi, bemor soniga ozgina quyiladi va so’raladi: “Sizga issiq emasmi?”. Agar suv harorati qoniqarli bo’lsa, manipulyatsiya davom ettiriladi. Iliq dezinfeksiyalovchi eritma bilan jinsiy a’zolar yuviladi. O’ng qo’lga paxtali kornsang olinadi, jinsiy a’zolar oldindan orqa teshikka qarab yuviladi. Oldin kichik uyatli lablar, keyin katta uyatli lablar, chov soha, qov usti yuviladi.Ohirda orqa teshik yuqoridan pastga qilib yuviladi. Kornsangdan iflos paxta olib tashlanadi, toza paxta qo’yiladi va teri quritiladi, huddi yuqoridagi ketma-ketlikda. Sudna olinadi, bemorga krovatda o’rnashib yotishiga yordam beriladi. Bemorlarni yuvintirish texnikasi Download 105.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling