Article · May 019 citations reads 810 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects
Download 249.25 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqXorazm shevalarida to`y marosimi bilan bog`liq ayrim laqablar
yeňňa(yanga – nikohning ikkinchi kuni kechasi kelin bilan kuyov xizmatida
qoluvchi ikki xotindan biri 5 ) so‘zidan foydalanishadi. O‘g‘iz lahjasi vakillari b(i)yi (biyi 6 ) so‘zini ishlatishadi: Parda çeça:, Zebo yeňňa:, Malika byi. Bundan tashqari qipchoq lahjasining ayrim (Hazorasp) hududida galimbiyi (kelinoyi – akaning xotini; yoshi o‘zidan katta bo‘lgan qarindosh yoki yaqin kishining xotini va shu xotinga murojatni bildiradi 7 ) so‘zi ishlatiladi: Laylo galimbiyi. Ayrim manbalarda ushbu so‘z egӓ:t deb berilgan. Egӓ:t – nikoh kechasi kelin yonida xizmat qiluvchi xotin, yanga 8 ma’nosini bildiradi. Taläkçi (talakchi)- to‘y-marosimlarda ayrim xona bo‘lib, unda hamma mahsulotlar saqlangan va ushbu mahsulotlarga javobgar shaxs belgilangan: Gulbor taläkçi (Gulbahor talakchi). Dastrxo:nçi (dasturxonchi)– to‘y, katta ziyofat va boshqa marosimlarda dasturxon tayyorlash va kelgan-ketganlarni kutish uchun belgilangan ayol 9 : G‘uncha dastrxo:nçi. Çamanç(i) (chamanchi)– to‘ylarda qiz chiqayotgan va tushadigan uylarga borib xalq qo‘shiqlarini aytib yuruvchi 3-4 kishilik guruh bo‘lib ularga nisbatan shu laqab qo‘llaniladi: Nurxon çamanç(i). 4 Abdullayev F.A. O‘zbek tilining Xorazm shevalari. Toshkent, 1961. 97- bet. 5 O‘zbek tilining izohli lug`ati, 5-jild, “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”– Toshkent, 2013. 112-113-bet. 6 O‘sha lug`at, 1-jild, 256- bet. 7 O‘sha lug`at, 2-jild. 346- bet. 8 Mahmud Qoshg‘ariy Devonu lug‘otit turk, 1-tom. Toshkent, 1980. 85-bet. 9 O‘zbek tilining izohli lug`ati, 1-jild, “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”– Toshkent, 2013. 574-bet. Brindiq atä (burundiq ota) va brindiq enä (burundiq ona)- burundiq qopog‘on hayvonlarning tumshug‘iga kiydiriladigan maxsus to‘r 10 . Burunduq ona va ota yangi kelgan kelinni mashinadan tushirishgan va unga kuyov uyida ota- onalik qilishgan. Kelin uydagi, oilasidagi muammolarini ota uyiga olib bormaydi, o‘zining tutingan burunduq ota-onasiga aytadi, ular esa ota-ona bo‘lib yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib turmushning past-balandi, yaxshi-yomon kunlari bo‘lishini tushuntirib maslahat berishadi, sabrli bo‘lishni o‘rgatishadi. Bu odat Xorazmning Gurlan va Yangibozor tumanidagi ayrim hududlarda avvaldan bo‘lib ular hozirda ham mavjud: Mastira brindiq enä, Zapar brindiq atä. Mölla: (mulla) - o‘qimishli, taqvodor odam. O‘rta Sharq, Markaziy Osiyo mamlakatlarida madrasa ta’limini olgan shaxs 11 . Mulla to‘y kuni bo‘lg‘usi kelin- kuyovni bir-biriga nikohlab qo‘yadi: Sherip mölla:. Xalpä: (xalfa) –Xorazm vohasida mahalliy og‘zaki ijod namunalarini ijro etuvchi ayol 12 , bu ma’no faqat Xorazm shevalaridagina uchraydi. Ular kelin to‘y, qiz bazmi, beshik to‘y, sunnat to‘y kabi katta yig‘inlarda qatnashib, jonli ijroda xalq og‘zaki ijod namunalarini kuylab, raqs tushib davraga ko‘tarinki ruh bag‘ishlaydilar: Sarvinoz xalpä:. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Xorazm shevalarida laqaqblarni to‘plash va o‘rganish dolzarbligi, bu hududdagi laqablarning o‘ziga xos lisoniy va nolisoniy xususiyatlarga egaligi uyqorida ko‘rsatilgan materiallar asosida dalillab berilgan.xorazmda to‘y marosimlari bilan mog‘liq laqablar o‘zining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bu turdagi laqablarga hali yana to‘xtalib o‘tamiz. 10 Sh.Rahmatullayev O‘zbek tilining etimologik lug`ati, I. Toshkent, “Universitet” 2000, 70-b. 11 O‘zbek tilining izohli lug`ati, 2-jild, “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”– Toshkent, 2013. 634-bet. 12 O‘sha lug`at, 4-jild, 381-bet. View publication stats Download 249.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling