Article · May 019 citations reads 810 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects
Download 249.25 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqXorazm shevalarida to`y marosimi bilan bog`liq ayrim laqablar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xorazm shevalarida to‘y marosimi bilan bog’liq ayrim laqablar. Xurshida Qodirova
See discussions, stats, and author profiles for this publication at: https://www.researchgate.net/publication/360928999 Xorazm shevalarida to`y marosim bilan bog`liq ayrim laqablar Article · May 2019 CITATIONS 0 READS 810 1 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects: Ogahiyning "Firdavs ul iqbol" asarida Harbiy mansab va rutbalarni ifodalovchi terminlar View project Xurshida Kadirova Urgench State University 33 PUBLICATIONS 1 CITATION SEE PROFILE All content following this page was uploaded by Xurshida Kadirova on 29 May 2022. The user has requested enhancement of the downloaded file. Xorazm shevalarida to‘y marosimi bilan bog’liq ayrim laqablar. Xurshida Qodirova Onomastikaning hajman salmoqdor ko‘lamlaridan biri antroponimiyadir. Antroponimiya mikroko‘lamining asosiy tarkiblaridan biri bu laqablardir. Laqab - shaxsga uning atrofidagilari tomonidan beriladigan, shaxsning biror xarakteri belgi, xususiyatini ifoda qiluvchi, asosan, shaxs ismi bilan birgalikda qo‘llaniladigan nom 1 . Hozirgi kunda Xorazm shevalarini sof qipchoq yoki o‘g‘uz shevalariga ajratish muammoli jarayondir. Chunki sheva vakillarining qo‘shiluvi natijasida ularning aralashib, ayrim shevaga xos so‘zlarning butunlay yo‘qolib ketishi va uning o‘rnini boshqa sheva yoki adabiy tilga xos bo‘lgan so‘z egallashi mumkin. Xorazm shevalariga xos bo‘lgan shaxsning kasb-kori, mehnat malakasi bilan bog’liq nisbiy laqablar mazkur tizimda alohida o‘ringa ega. Shaxsning kasb-kori, mehnat malakasi bilan bog’liq nisbiy laqablarga to‘y marosimlarida bajaradigan ishi bilan bog’liq laqablarni ham kiritamiz, ularni quyida ko‘rishimiz mumkin: Jrçi(jarchi) - odamlar ko‘p to‘planadigan joylarda rasmiy e’lonlar eshittirib yuruvchi kishi 2 , qishloq joylarida to‘y va ma’rakalarga mahallalarda yurib qichqirib aytib chiqadigan kishi: Qobil mosh jrçi. Jarchi so‘zi o‘rnida Xorazmning ayrim hududlarida aytaqҫi (aytuvchi) so‘zi ishlayiladi. Xadin (xodim) – o‘g‘uz shevalarida qo‘llaniladigan ushbu xodim so‘zining arabcha “xadim” shakli mavjud…Bu so‘zning xodima muannas shakli “ayol xodim” ma’nosini anglatadi 3 . Qishloqda ayollarga bosh bo‘luvchi, urf-odatlarni yaxshi biluvchi, muomalali ayol. U doimo yig‘inlarda, to‘y-marakalarda qatnashadi: Maryam xadin. Elt(i) – “elti” so‘zini keksa onaxonlar “el ichida yuruvchi faol ayol”deb izohlashdi. Elti xodimga qaraganda tor ma’noli bo‘lib, ular har bir mahallada bor, mahallaning faoli, doimo yig‘inlarda, to‘y-marakalarda qatnashishni xush 1 Begmatov E. Uluqov N. O‘zbek onomastikasi terminlarining izohli lug`ati. Namangan, 2006. 42-bet. 2 O‘zbek tilining izohli lug`ati, 2-jild, “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”– Toshkent, 2013. 75-bet. 3 Sh.Rahmatullayev O‘zbek tilining etimologik lug`ati, II. Toshkent, “Universitet” 2003, 486-b. ko‘rganlari uchun hamma joyda bo‘ladilar, Ular barcha oilaning ahvoli, muammosini bilishadi, dalda berish kabi bir qancha vazifalarni bajarishadi: Röza elt(i). Çeça:(checha)- shevada qo‘llaniladigan so‘z, u yanga, kelinoyi 4 ma’nosini beradi, u kelinga nozik munosabatlarda maslahat berib, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi. Odatda bo‘lg‘usi kelinlar o‘zi ishongan yaqin qarindoshlari ichidan bitta kelinni tanlab o‘ziga yanga qiladi. Çeça: qipchoq lahjasida uzoq davrlardan buyon ishlatiladi, hozirda bu so‘z keksalar nutqidagina saqlanib qolgan bo‘lib, yosh avlod Download 249.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling