Artikl
Artikl fransuz tilida gapga ma’no berish uchun juda zarur va uni inkor qilib, yoki artiklni qoldirib ketib bo’lmaydi.
exemple : Florent a un cochon d'Inde (to’g’ri gap) - Florent a cochon d'Inde (noto’g’ri gap).
!!! Shunday bo’lsa ham ba’zi bir umumiy guruh nomlari to’g’risida gapirilganda article ishlatilmasligi mumkin.
exemple : Femmes et enfants portaient le même costume.
Artikl – fransuz tilida grammatik juda muhim birlik bo’lib, u otning quyidagi grammatik kategoriyalarini ifodalaydi: ya’ni, otning rodini, sonini ( birlik yoki ko’plik shaklini), aniqlik yoki noaniqlik shaklini.
Misol uchun : la – aniq artikl jenskiy roddagi birlik sonni ifodalaydi : la gare, la place.
! Agarda ot so’z turkumi oldidan egalik sifatlari qo’llanilsa, artikl ishlatilmaydi : sa camarade, sa place.
Atoqli otlari, kishilar ismlari oldidan artikl ishlatilmaydi: Marthe.
Artiklning joylashuvi: fransuz tilida artikl har doim ot so’z turkumiga oid so’z oldidan keladi va ba’zan artikl va ot so’z turkumiga oid so’z o’rtasida otga bog’lanib kelgan aniqlovchi sifat kelishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |