Artikov nodir toshkent – 2022
Download 1.54 Mb.
|
Ergashev Islom
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘rtinchidan
Uchinchidan, banklar o‘rtasida sog‘lom raqobat bo‘lishi uchun Moliya vazirligi endilikda uylarni xarid qilishga ipoteka krediti bo‘yicha qariyb 3 trillion so‘mga yaqin davlat resurslarini auksion asosida banklarga ajratadi. Bundan tashqari, ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi tashkil etilib, unga Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari jalb qilinadi, ushbu mablag‘lar ham yangi qurilgan uy-joylarni sotib olishga ipoteka krediti ajratish uchun banklarga qo‘shimcha resurs sifatida joylashtiriladi. To‘rtinchidan, aholining kam ta’minlangan qatlamini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutlaqo yangi, eng muhimi, aniq manzilli tizim joriy etiladi. Buning uchun shaharlarda 10 ming 800 ta ehtiyojmand oilaga uyning boshlang‘ich badali va kredit foiz xarajatlarini to‘lashi uchun byudjetdan subsidiya ajratiladi. Ushbu subsidiyalar orqali Toshkent shahrida 12 foiz, boshqa hududlarda 10 foizdan yuqori kredit foizlari hamda boshlang‘ich badali qoplab beriladiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida” 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son, “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-son hamda “2018-yilda uy-joy qurilishini rivojlantirish maqsadli dasturlarini samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 18-yanvardagi PQ-3480-son qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek, qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurishda ishtirok etuvchi potensial uy quruvchilarni tanlab olish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaroriUshbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) doirasida tegishli tuman hokimligi huzurida tashkil etiladigan talabgorlarni tanlash komissiyasi tomonidan aniqlanadigan potensial uy quruvchilarning qishloq joylarda arzon uy-joylarga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojlaridan va Dastur doirasida potensial uy quruvchilarning ijtimoiy ustuvorligidan kelib chiqib, qishloq joylarda arzon uy-joylar qurish uchun uy quruvchilarni tanlab olish va ularning ishtirok etishi tartibini belgilaydi. 2. Agar Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar qurish uchun jalb etilgan xorijiy kreditlar va grantlarni berish shartlarida ushbu Nizomda nazarda tutilgan qoidalardan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro va xorijiy moliyaviy tashkilotlarning tegishli amal qiluvchi hujjatlarida belgilangan qoidalar qo‘llaniladi. 3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling