Arundo donax o`simligi alkaloidlari analizi.
Ajratib olingan moddalarning UB-spektrlari Lambda-16 Perkin-Elmer spektrometrda spirtdagi eritmalari holida, IQ-spektri FT-IR Sistem 2000 Perkin-Elmer spektrometrda kaliy bromid bilan preslash usulida, mass-spektri esa Ms-25 RF Kratos xromatomas-spektrometrida olingan.
Moddalarning PMR-spektrlari Bs 567 A/100 Mgs “Tesla” asbobida olingan bo`lib, ichki etalon sifatida Geksametilendiseloksondan foydalanilgan va uning signali sigma-shkala bo`yicha 0 deb qabul qilingan.
Moddaning suyuqlanish temperaturasi konsentrlangan sulfat kislota solingan asbobda ingichka shisha kapilyar naychalarda va boshqa asboblardan foydalangan holda aniqlandi.
Ajratib olingan moddalarni identifikasiyalash, tozaligini aniqlashda yupqa qatlamli xromatografiyadan (YuQX) foydalandik. YuQX uchun KSK va L 5/40 MkM (Chexiya) markali silikagellar, shuningdek Silufol UV-254 plastinkasidan va quyidagi eritmalar sistemalari ishlatildi:
1) Xloroform – metanol (9:1)
2) Xloroform – metanol (6:1)
3) Xloroform – metanol (4:1)
Kolonkali xromatografiya uchun sorbent sifatida o`lchami 100-125 MkM bo`lgan KSK va alyuminiy oksiddan va rang hosil qluvchi moddalar sifatida esa yod bug`lari va Dragendorf reaktividan foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |