Arundo donax L o’simligidan donaksin alkoloidini ajratib olish
Arundo donax L o’simligi alkaloidlar yig’indisini bo’lish va ajratish
Download 95 Kb.
|
tezis J.F.Mahmudov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Donaksaridin.
- Donaksarin.
- Foydalanilgan adabiyotlar.
Arundo donax L o’simligi alkaloidlar yig’indisini bo’lish va ajratish.
23 g xloroformli alkaloidlar aralashmasini alyuminiy oksidli kolonkada xromatografiya usuli yordamida bo’linadi. Kolonkani quyidagi xloroform-metanol 99:1, 98:2, 50:1, 20:1, 15:1, 10:1, 5:1, va 4:1 nisbatlardagi erituvchilar aralashmasi bilan yuviladi. Yuvish davomida 40-50 ml dan fraksiyalar yig’iladi. Ayrim fraksiyalardan donaksin, donaksaridin, donaksarin, arundinin, arundamin, arundanin, bufotenin, donaksamin kabi alkaloidlar ajratib olinadi. Ajratib olingan alkaloidlar o`zlarining haqiqiy namunalari bilan bevosita solishtirilib identifikatsiyalanadi. Donaksin. Xloroform - metanol (98:2) elyuatning 2-5 gacha bo’lgan o’xshash fraksiyalari qo’shiladi. Fraksiyalardan erituvchilar uchiriladi va qayta alyuminiy oksidli kalonkada xromatografiya qilinadi. Kalonka xloroform-metanol (50:1) erituvchilar aralashmasi bilan yuviladi. 8-10 ml dan fraksiyalar yig`iladi. 10-19 gacha bo`lgan fraksiyani birlashtiriladi va asetonda kristallanadi. Natijada suyuqlanish temperaturasi 134-1350C, Rf =0.55 (sistema 1) bo`lgan kristall modda olinadi. Mass-spektr, m/z (Inisbat, %): 174 (M+, 33), 130 (100) Donaksin tarkibi-C11H14N2 Suyuqlanish temperaturasi: 138-1390C Tuzilishi: Donaksaridin. Donaksin ajratib olingan qoldiqeritma va yuqoridagi elyuatning 6-9 gacha bo`lgan o`xshash fraksiyalari birlashtirildi va alyuminiy oksidli kolonkada xromatografiya qilindi, bunda elyuat sifatida xloroform-metanol (20:1) sistemadan foydalanildi. Fraksiyalar 8-10 ml dan yig`ildi. 16-24 gacha bo`lgan o`xshash fraksiyalar qo`shildi va alyuminiy oksidli kolonkada qayta xromatografiya qilindi. Natijada Rf =0.35 (sistema 1), suyuqlanish temperaturasi 178-1800C bo`lgan kristall modda ajratib oldik. UB-spektr ( max, nm): 204, 241, 290 (3.32, 3.67, 4.28). IQ-spektr ( max, sm-1): 3452 (OH), 3362, 2995-2919 1674, 1496, 1452, 1307-1270, 956, 860, 753. Mass-spektr, m/z (Inisbat, %): 206 (M+, 80), 188, 146, 135, 132, 120, 100, 92, 77, 58, 44. PMR-spektr (δ, m.u., I/Gs): 2.47 (2H, m, CH2), 2.87 (3H, C, NCH3), 3.17 (2H, m, CH2), 6.52-7.16 (4H, m, H-Ar). Donaksaridin tarkibi-C11H14N2O2 Suyuqlanish temperaturasi: 175-1760C Tuzilishi Donaksarin. Xloroform-metanol (50:1) aralashmaning 2-6 gacha bo`lgan o`xshash fraksiyalari birlashtirildi va alyuminiy oksidli kalonkada xromatografiya qilindi. Kolonka xloroform-metanol (20:1) nisbatdagi aralashmalar bilan yuvildi va 10-15 ml dan fraksiyalar yig`ildi. 15-30 gacha bo`lgan o`xshash fraksiyalar qo`shildi va asetondan kristallandi. Natijada suyuqlanish temperaturasi 218-220 0C Rf =0.46 (sistema 1) bo`lgan donaksarin olindi. UB-spektr ( max, nm): 206, 250, 292 (3.19, 3.43, 4.04). IQ-spektr ( max, sm-1): 3266, 2881, 1497-1458, 1697, 1307, 981, 746, 664. Mass-spektr, m/z (Inisbat, %): 232 (M+, 100), 190, 189, 174, 160, 146, 132, 118, 58, 44. 33
Donaksarin (7) [9, 10]; tarkibi-C13H16N2O2 Suyuqlanish temperaturasi: 218-2200C tuzilishi: Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Orexov A.P. Ximiya alkaloidov – M.: AN SSSR. -1955. –C. 275-321; 327-374. 2. Yunusov S.Yu. Alkaloidi. T.: “Fan”, Izd. 2-ye.-1974.-C318-320; Alkaloidi. T.: “Fan”, Izd. 3-ye. - 1981. –C.154-159.
Mahmudov Jamshid Farruxjon o’g’li – Farg’ona Davlat Universiteti magistranti Fatg’ona shahar FarDU Murabbiylar ko’chasi № 19 – uy. Email: jamshid.mahmudov.97@list.ru Tel: (94)- 449 – 97 – 96 Download 95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling