Arxeografiya reja Arxeografiya haqida maʼlumot
Download 9.52 Kb.
|
Taqdimot (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masalan
Tanlangan mavzu boʻyicha manbalar yetarli boʻlsa bu mavzu davlat arxivi tomonidan tasdiqlanadi va ish boshlanadi.Mavzuni tanlashda yana shu narsa muhumki tadqiqotchi ilmiy tadqiqot institutlarining bu sohadagi istiqbolli rejalarini hisobga olishi kerek. Mavzuni aniq ifodalash juda muhim ahamiyat kasb etadi.Mavzu nomida masala muammodan tashqari hududiy va davriy doiralar ham koʻrsatilishi zarur.Tadqiq qilinishi kerak boʻlgan mavzu rejasi chuqur oʻylanib tuzilishi lozim.Ish rejasini tuzishdan oldin adabiyotlar va manbalar bibliografiyasini tuzib olish hamda adabiyotlarni oʻrganib chiqish zarur. Soʻng ilmiy ish rejasi tuziladi. Rejani strukturasi soʻz boshi boblar paragraflar va soʻnggi soʻzdan iborat boʻladi. Mavzuga taalluqli adabiyotlarni oʻrganib chiqish asosida bunday reja tuziladi.
Masalan
Manbalar bilan ishlash hujjatlarni va tanlash usuli
Hujjatlar toʻplami asosini arxiv hujjatlari gazeta materiallari statistik maʼlumotlar va boshqa manbalar tashkil etadi.Eng muhim manbalar va ulardan foydalanish yoʻllari haqida qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.Bibliografiya tuzish bu ishda tadqiqotchiga eng birinchi yordamchi kutubxona hisoblanadi. Har bir kutubxonada adabiyotlarning alifbo va tizimli kataloglar mavjudDavriy matbuot yuqorida hujjatlar toʻplamini tayyorlashda davriy matbuotdan ya’ni gazeta va jurnallardan ham foydalanish kerak deyildi. Davriy nashrlarda muhim davlat hujjatlari davlat rahbarlarini nutqlari elon qilinadi iqtisodiyot fan madaniyat sohasida erishilgan soʻngi yutuqlar jamiyat hayotidagi voqealar yoritib boriladi.Gazetadagi materiallar mavzui ularning joylashtirishi maxsus boʻlimlar tadqiqotchiga uni qiziqtirayotgan mavzu uchun materiallarni qiynalmasdan topish imkonini beradi.
Download 9.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling