Arxeolgiya yo’nalishi inson evolutsiyasi va old tarixi fanidan kurs ishi
Evolyutsion maktabning yirik namoyandalari
Download 213.22 Kb.
|
Eshnorov Nurlanbek Old tarix fanining XX asrda rivojlanishi II bob
Evolyutsion maktabning yirik namoyandalari
Edvard Bennet Taylor (E.B. Tyler, 1832 — 1917yy) —asosiy tadqiqoti — “Ibtidoiy madaniyat” (“Primitive Culture”) kitobi — 1871 yil chop etilgan. Lyuis Genri Morgan (L. H. Morgan, 1818 — 1881yy) — asosiy ishi -“Qadimgi jamiyat” (“Ancient Society”)nomli kitobi — 1877 yil nashr etilgan. Djeyms Frezer (J. Frazer, 1854 — 1941yy) — muhim ishi -“Oltin shox” (“The Golden Bough”) asari — 1890 yil nashr etilgan. Djon Mak-Lennon (J.F. Maclennon, 1827 — 1881yy) — asosiy ishi- “Patriarxat nazariyasi” (“The Ratriarchal Theory”) — 1881 yil eʼlon qilingan. Adolf Bastian (A. Bastian) — asosiy ishi - “Obщiye osnovaniya etnologii” (“Allgemaine Grundzuge der Ethnologie”)nomli asari 1881 yil chop etilgan. Iogann Baxofen (J. Bachofen, 1815 — 1887) — asosiy ishi- “Matriarxat” (“Das Mutterrecht”) kitobi 1897 yilda eʼlon qilingan. Dj. Labbok (J. Lubbock)ning “Sivilizatsiyaning kelib chiqishi” (“The Origine of Sivilization”) nomli mashhur kitobi 1870 yilda chop etilgan. Evolyutsion nazariya tarafdorlaridan Angliyada-Gerbert Spensor, Edvard Taylor, Dj. Frezer, Germaniyada-Adolf Bastian, Teodor Vays, Genrix Shurs, Fransiyada-Sharl Leturno, Amerikada-Lyuis Genri Morganlar mashhur boʻlgan. E.Taylor (1832-1917yy). Buyuk ingliz olimi Eduard Taylor etnografiyadagi evolyutsionistik maktabning asoschisi hisoblanadi. U oʻzining 1865 yilda nashr etilgan "Insoniyatning qadimgi tarixi haqida tadqiqot" nomli kitobida oʻzining evolyutsionistik gʻoyalarini, jumladan, insoniyat madaniyatining ibtidoiylikdan zamonaviy sivilizatsiyagacha boʻlgan tarixiy rivojlanish bosqichlarini, xalqlar orasidagi oʻzaro farq irqiy farqqa asoslanmasdan balki xalqlar madaniyati rivojlanishining turli zinapoyalari hamda xalqlar madaniyatining oʻzaro aloqasi va vorisligi kabi gʻoyalar bilan bogʻliq deb hisoblagan. Taylor oʻzining evolyutsionistik konsepsiyasini "Ibtidoiy madaniyat" (1871) nomli fundamental asarida bayon qiladi. Mazkur asarda olim madaniyatni olgʻa siljituvchi taraqqiyot gʻoyasini har tomonlama rivojlantirgan holda J.de Mestraning "Tubanlashish gʻoyasi"ga qarama-qarshi qoʻygan. J.de Mestra ilgari surgan gʻoya mohiyatiga koʻra, madaniyatning ilk bosqichlarida yerda yarim sivilizatsiyalashgan odamlar yashaganlar va ularning keyingi rivojlanishi ikki yoʻldan borgan. Bu jarayonda bir guruh kishilar yovvoyilik tomon orqaga ketgan boʻlsa, boshqa bir jamoa sivilizatsiyalashgan jamiyat sari taraqqiy qilgan, - deyiladi. Taylor esa tarixiy va tabiiy katalizator natijasida madaniyatdagi regressiv oʻzgarishlarni rad etmagan holda insoniyat tarixida madaniyatni evolyutsion rivojlanishi asosiy yoʻnalish deb qatʼiy taʼkidlaydi. U oʻz mulohazalarini evolyutsionizmning "insoniyat tabiatning bir boʻlagi boʻlganligi uchun ham tabiiy qonuniyatlar asosida rivojlanadi" - degan gʻoya asosida shakllantirgan. Shu boisdan ham barcha insonlarning psixologiyasi va intellektual qobiliyati oʻxshash, ularda madaniyatning bir xil xususiyatlarini koʻrish mumkin, kishilarning rivojlanishi ham oʻxshash qonuniyatlarga asoslanadi. Taylorning fikricha, madaniyatning turli shakllari "bosqichma-bosqich rivojlanishida ularning har biri shubhasiz oʻtmish bilan bogʻliq boʻlish bilan birga kelajakni shakllanishida muhim rol oʻynaydi. Taraqqiyotning mazkur ketma-ketligi barcha xalqlar, shu jumladan, eng orqada qolgan xalqlardan tortib sivilizatsiyalashgan xalqlargacha barchasini oʻzaro yagona uzluksiz bir tizimga birlashtiradi.1 Xulosa Xulosa qilib aytadigon bo‘lsak insoniyat evalutsiyasi va old tarix fanini paydo bo‘lishi va rivojlanishi XIX asr ikkinchi yarmiga borib taqaladi. Bu paytga kelib insoniyatning kelib chiqishi haqida qiziqishlari juda ham keng avj ola boshladi. Afrika qit‘asidagi qazishmalar natijasida insoniyatning vatani Afrik sifatida qaraladi va ko‘p yillar davomida migratsiya natijasida yer yuzining barcha qismiga tarqalgan degan tassavurga kelishimiz mumkin. Lekin shu faktni ham e’tiborga olishimiz ham kerakki, aynan insoniyatning Avstrolopitek turidan tashqari barcha turlar ilk migratsiya jarayonining dastlabki bosqichini ko’rishimiz mumkin. Bundan xulosa qilishimiz mumkinki dastlabki migratsiya jarayonini insoniyatning ilk ajdodlari bilan birgalikda shakllanib borganini ko’rishimiz mumkin. Migratsiya jarayoni shakllanishi bilan birgalikda o’sha hududning geografik hududi va iqlim sharoiti bilan bog’liq holda insoniyatning aqliy qobilyatini rivojlanib borgannini aytishimiz mumkin. Biz buni isboti sifatida insoniyatning turmush xo’jaligida foydalangan mehnat va uy-ro’zg’or buyumlarini davrlar o’tishi bilan takomillashib borganligini arxeologik tadqiqotlar natijasida isbotlanganligini va inson evalutsiyasi va old tarixda arxeologiya fanining qay darajada bu yo’nalish bilan bog’liqligini ko’rishimiz mumkin. Shu bilan birgalikda qolgan fanlar: Etnografiya, antropologiya, sotsiologiya, zoologiya, botanika, poliklimatologiya, informatika, kimyo, fizika va boshqa fanlarni bu fanda tutgan o’rnini muhimligini e’tiborga olishimiz mumkin. Bu fanlarning vujudga kelib shakllanishini ham aynan insoniyatning ilk ajdodlari bilan birgalikda shakllana borganligini va ularning rivojlanishida Buyuk geografik kashfiyotlarning ahamiyati ham beqiyos. Chunki yevropalik xalqlar ortda qolgan xalqlarga ya‘ni hali ham ibtidoiy jamoa tarzida yashayotgan xalqlarga misol qilib shimoliy va janubiy Amerika , Avstraliya va Okeaniya qabilalariga nisbatan insoniyat tarixining kaliti sifatida qaragan. Etnografiyaga oid atama va tushunchalarning izohli lugʻati Avtoxton - (yunon.)-mahalliy, jaydari, tub aholi mahalliy yer egasi boʻlgan xalq, mamlakatning ibtidoiy aholisi, aborigenlar. Antropogenez (yunon.) - inson jismoniy qiyofasining shakllanishi, mehnat faoliyatining shuningdek, jamiyatning kundalik rivojlanish jarayoni. Antropogenez haqidagi taʼlimot antropologiya tarmogʻi hisoblanadi. Antropologik tip - muayyan hududga mansub odamzotning tuzulishidagi irqiy turgʻun belgilarning shakllangan majmui. Bu atama bilan katta irqlar, ularning boʻlimlari ham ifodalanadi. Genealogiya (yunon.shajara) - yordamchi tarix fanlardan biri XVII-XVIII asrlarda vujudga kelgan. Bilimlarning amaliy sohasi, shajaralar tuzish, urugʻ va oilalarning kelib chiqishi, ayrim shaxsning tarixiy va qarindoshlik aloqalarini oʻrganadi. Genezis (yunon.) - kelib chiqish. Etnografiyada xalqlarning kelib chiqishi. Initsiatsiya (lot.) - bagʻishlash, ibtidoiy davrda oʻsmirlarni voyaga yetgan erkak va ayollar safiga oʻtkazish marosimiyu islomda oʻgʻil bolalar sunnati initsiatsiya hisoblanadi. Innovatsiya (lot.) - yangilanish, meros va anʼanalarni avloddan-avlodga oʻtishi natijasida madaniyatda vujudga kelgan yangi koʻrinishlar. Integratsiya (lot.) - tiklanish, toʻldirish, turli xalqlarning birlashuvi, turli etnoslarning bir hududida etnik-madaniy aloqalarini oʻrnatish jarayoni. Klan (gel) - avlod, urugʻ, qabila, patronimiya. Konglomerat (lot.) - birikish, qushilish, bogʻlanish, toʻplangan turli toifa va elatlarning uyushtirilishidan tashkil topgan ijtimoiy-siyosiy tuzum. (Masalan, quldorlik, feodalizm davrida tuzilgan yirik davlatlar). Konsolidatsiya (lot.) - mustahkamlayman, yiriklashuv, til va madaniyat jihatidan yaqin va qon-qardosh boʻlgan xalqlarning yagona boʻlib birlashuvi, etnoslarning bir-biriga yaqinlashib qoʻshilib ketishi. Magiya (yunon.) - sehrgarlik, odamning oʻzini gʻayri tabiiy kuchlar taʼsirida koʻrsata olish qobiliyatiga asoslangan ish amallari..1 Download 213.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling