Arxeologiya ekspeditsiyalari moddiy madaniyat yodgorliklarini dala-tadqiqot yo‘li bilan o‘rganish uchun tashkil qilinadigan ekspeditsi-yalar


Download 55 Kb.
Sana30.11.2021
Hajmi55 Kb.
#178135
Bog'liq
Poykent yodgorl-WPS Office


Arxeologiya ekspeditsiyalari – moddiy madaniyat yodgorliklarini dala-tadqiqot yo‘li bilan o‘rganish uchun tashkil qilinadigan ekspeditsi-yalar. Ularni ilmiy tadqiqot institutlari, oliy o‘quv yurtlari, muzeylar va ulkashunoslik to‘garaklari tashkil etadi. Ko‘pincha, kompleks ravishda tuzilib, tarkibiga arxeologlardan tashqari etnograf, an-tropolog, geograf, tuproqshunos, biolog, botanik va boshqa olimlar kiritiladi. Uzoq yillar ishlashga mo‘ljallanib, mustaqil ishlaydigan otryad va guruhlardan iborat qilib tuziladi. Har bir ekspeditsiyaning o‘ziga xos nizomi, ilmiy kengashi, max-sus bazasi bo‘ladi.Dastlabki arxeologik kuzatuvlar 19-asrning 2-yarmida boshlangan. 1895 yilda Toshkentda Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagi tashkil qilingan. 1920 yildan O‘zbekistonning har bir vi-loyatida turli Arxeologiya ekspeditsiyalari ish olib bordi. Eng yirik Arxeologiya ekspeditsiyalari – Termiz arxeologik kom-pleks ekspeditsiyasi va Xorazm arxeo-logiya-etnografiya ekspeditsiyasi 1936 – 37 yillarda tuzilgan. Ekspeditsiyalar O‘zbekiston xalqyaarining tarixiy va madaniy yodgorliklarini topish va o‘rganishga muayyan hissa qo‘shdi. Tuproq qal’a, Qo‘yqirilgan qal’a, ko‘hna Termiz shahri va boshqa dan moddiy madaniyat va san’atning ajoyib yodgorliklari topiddi.Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Arxeologiya ekspeditsiyalarining faoliyati yanada avj oldi. 1946 yilda Janubiy Turkmaniston arxeologiya kompleks ekspeditsiyasi, So‘g‘d-tojik ar-xeologiya ekspeditsiyasi tashkil qilindi. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya instituti ot-ryadlari O‘zbekistonning turli tumanlarida tadqiqot ishlarini olib bordi.

Qorakoʻ yodgorliklari. Qorakoʻl Oʻzbekistonning janubida, Qizilqum va Qoraqum sahrolari tutashgan hududda, Zarafshon daryosi quyi oqimida joylashgan.

Qadimda Qorakoʻl hududidagi Zamonbobo mavzesi, Poykent, Kichiktuzkon, Kattatuzkon, Odilquduq, Qurbonboy, Rahmatbobo, Oqrabod va Hatar degan joylarda odamlargavjum yashagan.

Zamonbobodan topilgan miloddan avvalgi II-I ming yilliklarga oid arxeologik topilmalar orasida ayo haykalchasi, xovoncha dastalari, oltin munchoq, qimmatbaho tosh — lojuvard, har xil ibtidoiy qurollar, jezdan ishlangan pardoz-andoz buyumlari mavjud.

Tarixga „Zamonbobo madaniyati“ nomi bilan kirgan ushbu maskan bronza davri urugʻ jamoasining madaniyati boʻlib, bu yerdan ikkita yarim yertoʻla shaklidagi chayla uy, kulolchilik humdoni va 43 ta qabr topilgan. Bu esa jamoaning dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bilan shugʻullanganini anglatadi.

Qorakoʻlning yana bir qadimiy yodgorligi Poykent(Boykent) shahridir. Poykentning tarixi 2500 yildan ziyod boʻlib, uning arki va ikkita shahristoni mustahkam qalʼa devori bilan oʻralgan. 20 gektarli maydonga ega shahar sunʼiy tepalik ustida joylashgan. Shahar devorining tashqarisida keng va chuqur zovur qazilib, undan koʻtarma koʻpriklar orqali oʻtilgan.

Qorakoʻlning yana bir tarixiy obidasi Chibirdon ota — Shoh Abdurahmon Vali maqbarasi kompleksi ham Oʻrta Osiyo meʼmorchiligining noyob namunalari sirasiga kiradi. Shoh Abdurahmon Vali maqbarasi baland qum tepaligi ustida barpo qilingan boʻlib, u ikki qismdan: yer ostida joylashgan goʻrxona va uning ustki qismida qurilgan yagona gumbazli ziyoratgohdan iborat. Ziyoratxonaga toʻrtala tomondan ham eshik mavjud boʻlib, binodagi markaziy peshtoq marmar toshlar, naqshlar va kufiy yozuvidagi epigrafika bilan beatilgan.

Sakkiz burchakli maqbara XI asrning boshlarida qurilgan. Maqbaraning koʻrinishi Somoniylar davriga xos kvadrat pishiq gʻishtlari, oʻziga xos konstrukciyasi, kompazitsion tuzilishi, choʻzinchoq gumbazi, sal ogʻirroq va balandroq qurilgan peshtoqi uning qadimiyligidan dalolat beradi. Maqbara tashqi tomonidan ortiqcha bezakka ega emas.

Bino kompozitsiyasi oddiy: har tomoni 2,65 metrli sakkiz tomonli, sakkiz burchakli boʻlib, diametrik 6,4 metrli gumbaz bilan yopilgan. Gumbazning yuqorisidan 1,4 metr diametrga ega tuynuk maqbara ichkarisini yoritishga xizmat qilgan. Bundan tashqari, maqbara ichkarisini uchta tobodoni — panjara yoritib turadi. Markaziy peshtoq tepasi hamda sharq va janub tomonlarda joylashgan panjaralar terrakotadan yasalgan.

Maqbaraning yana bir oʻziga xos jihati shundki, bino devorining tashqi tomoni balandligi 2 metr keladigan qismining kvadrat qismi tashqariga qaratib gʻishtdan 9 qator qilib terilganidadir. Bunday uslub Oʻrta Osiyo va Eronda IX-X asrlarda xom gʻisht va paxsadan qurilgan yodgorliklarning ulkan ustunlarining atrofini qoplashda ishlatilgan.

Chirirdon ota yoki Shirburdon ota maqbarasi esa chorvadorlar piri, avliyo Shirburdon ota sharafiga Sohibquron Amir Temur davrida, XIV-XV asrlarda qurilgan. Yodgorlik uchta xonadan: xonaqoh, chillaxona va goʻrxonadan iborat. Maqbaraning peshtoq qismi oʻzidan sharq tomonda joylashgan sakkiz burchakli maqbaraga qarab turadi. Peshtoq yuqori qismida beshta qavoqchalar, ikki burchagida minorasimon guldastalar qurilgan. Binoning baland gumbazli xonaqohi diametrik 10 metr keladigan sferik gumbaz bilan varoqlar ustiga sakkiz burchak hosil qilib joylashtirilgan. Maqbaraning goʻrxona va chillaxonalari esa diametrik 4 metr hajmdagi pastroq qilib qurilgan gumbazlar bilan yopilgan. Goʻrxonaning dastlab toʻrtta eshigi boʻlgan.shimoliy va janubiy devorlardagi eshiklar bir-biriga simmetrik joylashgan boʻlib, gʻarbiy devorda esa ikkita bir xil oʻlchamli eshiklar boʻlgan.

Bino devori ostidagi poydevor quyidagi tartibda joylashgan: qattiq qum qatlami ustiga qalin loy yotqizilgan, ustidan tikkasiga ikki qator kvadrat gʻisht terilgan, uning ustidan qamish qatlami yotqizilib, ustidan gʻisht terilgan. Bino yonida qazishma ishlari olib borilganda 1428-29 yillarda Buxoroda zarb qilingan tangalar majmuyi topilgan. Bino oʻzining tashqi koʻrinishiga koʻra Buxorodagi Sayfiddin Boharziy maqbarasiga oʻxshab ketadi. Ammo Chibirdon ota maqbarasining peshtoqi ancha past ekanligi, uning XIV asr II yarmida qurilganidan darak beradi.

Chibirdon ota maqbaralar majmuasi taniqli qadimshunos olim Yahyo Gʻulomov ekspeditsiyasi tomonidan 1951 yilda aniqlangan.[1]

Ozbekistonning Buxoro vohasida bundan ming yillar oldin qum ostida yo’qolgan Paykend shahri qoldiqlari topilgan.

Ayrim tarixchilar xabariga ko’ra, qazilma ishlari natijasida bu shaharni tashqi dushmanlardan ayollar, aniqrog’i amazonkalar himoya qilgani ma’lum bo’lgan. Ba’zi tarixchilar esa, Paykenddagina emas, balki umuman tarixda amazonkalar bo’lgan emas, degan fikrda.

O’zbekistonning Buxoro vohasi g’arbiy qismida Paykend degan qadimiy shahar vayronalari hozirga qadar qumlar ostida saqlanib kelgan. Bundan ming yil avval qumlar ostida yo’qolgan bu shahar haqida ko’pgina qadimgi yozma manbalarda eslanadi.

O’zbekiston Arxeologiya Instituti bir necha yillardan buyon Rossiya Davlat Ermitaji bilan hamkorlikda bu yodgorlik ustida qazilma ishlari olib bormoqda, deydi Arxeologiya institutining yetakchi ilmiy xodimi Jamoliddin Mirzaahmedov.

“Shaharning eng katta, eng qadimgi qismi, bu – Ark. Arkning masshtabi bir gektarni oladi va ikkita shahristondan asosiy shaharning qismi hisoblanadi. Ular 19 gektarni o’z ichiga oladi. Shahar atrofida katta hunarmandlar ishlaydigan rabot saqlanib qolgan. Asosan bu joylarda kulolchilik ustaxonalari, mahalla masjidlari saqlanib qolgan. Noyob, Markaziy Osiyoda birinchi ochilgan apteka ham, 8-asrga oid birinchi apteka ham topilgan. Otashparastlik dinidan saqlanib qolgan katta-katta amaldorlarning oilaviy qabristonlari bor. Xonalarga, o’sha oila a’zolari olamdan o’tgandan keyin, sopoldan yasalgan idishlar ichiga odam suyaklarini qo’yib, saqlab yurishgan”, - deydi J. Mirzaahmedov.

Tarixchi Muhammad Narshaxiyning “Buxoro tarixi” kitobida Paykendni Buxorodan ham qadimiyroq ekani yozilgan. Mutaxassislarga ko’ra, qadimgi manba’larda Paykend haqida gapirilarkan, uni kichik davlat deb ham yuritilgan.

“18 metr pastlikda eng qadimgi qatlamlar chiqdi. Bu qatlamlarning davri Miloddan avvalgi 3-2-asrlardan iborat. Xitoy yozma manbalarida Buxoro vohasi to’g’risida ilk o’rta sardagi davrini gapirishganda aytilganki, qadimgi Paykend joyida qadimgi Bi degan davlat bo’lgan. Bu Bi degan davlat arab manbalarida Boykend deyilgan. Keyinchalik u Poykent deb hozirgi kunlargacha saqlanib qolgan”, -deydi tarixchi Jamoliddin Mirzaaxmedov.

Manbalarga ko’ra, atrofi baland qal’a devorlari bilan o’ralgan, mustahkamligi bois Misqal’a deb yuritilgan Paykend shahri Buyuk Ipak yo’lida joylashgan. Arxeologlar ayni paytdagi qazilmalar natijasida eni 5 metrgacha, ayrim joylarda esa 10 metrdan oshadigan, bo’yi esa 12 metrli mudofaa devorlariga duch kelishganini ta’kidlashadi.

Shaharning sug’dlardan iborat o’ziga to’q aholisi savdogarlik bilan shug’ullangan. Mutaxassislsrning aytishlaricha, har yil erta bahorda shahardagi erkaklar savdo-sotiq bilan Xitoyga, undan Eronu Vizantiyaga qarab yo’l olishgan. Ayrim qadimshunoslarga ko’ra, erkaklarsiz qolgan shaharni tashqi dushmanlardan ayollar, ya’ni Amazonkalar himoya qilgan.

Professor Muhammadjon Isomiddinovga fikricha, bu voha xalqlari tarixidagi amazonkalar ta’sirini inkor etib bo’lmaydi.

“Bitta Buxoro vohasida emas, Sirdaryo va Amudaryo o’rtasida yashagan xalqlar tarixida Amazonkalarga sig’inish, ularning tarixiy hayotdagi, zardo’shtiylikdagi roli, ta’siri ancha katta. Ayniqsa, Orol bo’ylarida, Xorazm vohasida yashagan xalqlarda bu narsa yaqqol ko’zga tashlanilgan. Endi bu narsa albatta Buxoro vohasida ham ancha o’zining aksini topgan bo’lsa kerak”,- deydi u.

Qadimshunos Rustam Sulaymonovga ko’ra, amazonkalar mavjudligi ilmiy jihatdan aniqlanmagan. Shu sabab Paykendda ham amazonkalar bo’lgan, degan fikrga qo’shilmasligini aytadi u.

“Manbada boshqa gap bor. Arablar kelib shaharni olayotganda erkak zoti asosan savdo bilan xorijga ketgan bo’ladi. Arablar oladi. Qaytib kelgan savdogarlar kattakon kontrebutsiya to’lab, shahardan o’z oila a’zolarini qaytib oladi. Shu. Amazonkalar deb tilga olinadi, sabramatlar qabilalarida, ular Pavoljyeda, Uralda yashagan. O’sha qabilalarda matriarxat an’analari bo’lgan. O’rta osiyoda ham bo’lgan matriatxat an’analari, Miloddan avvalgi 5-6 sar davrida. Ko’chmanchi aholi hokimlari asosan ayollar nomidan bizga ma’lum”.

Tarixchilarga ko’ra eng katta masjid, Markaziy Osiyodagi qadimiy ilk dorixona, O’rta Osiyodagi eng baland minora ham shu yerda topilgan. Xo’sh, bu kichik davlatning qumlar ostida qolib ketishining sababi nimada?

“Paykendni, umuman shahar sifatida yo’q bo’lishi XI asrga to’g’ri keladi. Sabab, Buxorodan Zarafshonning yuqori qismida, Samarqand taraflarda odamlar ko’payib, suv ko’p ishlatilganidan keyin Buxoro vohasida suv kamayib borga-da, eng paski qismida birinchi bo’lib suv tanqisligi natijasida odamlar asta-sekin shaharni tashlab ko’chib ketishgan. Uylar keyin buzilib ketib, vayronaga aylangan”, -deb hisoblaydi Jamoliddin Mirzaahmedov.

Paykend ekspeditsiyasi rossiyaliklarning iqtisodiy homiyligi tufayli amalga oshgani bildiriladi. Arxeologlar nazarida “Osiyo Pompeyi” deb ataluvchi qumlar ostidagi shahar bag’rida hali ochilmagan sir-asrorlar ko'p.

Poykend, Poykand – qad. karvon yoʻli ustida qad koʻtargan shahar harobasi (miloddan avvalgi 4–3–milodiy 11-asrlar). Buxorodan 44 km janubi-gʻarbda, Jondor va Qorakoʻl tumanlari tutashgan xududda joylashgan. Oʻrta asr yozma manbalarida shahar Boykand, Xitoy solnomalarida esa Bi nomlari bilan tilga olinadi. Uning nomlari "Quyi shahar" maʼnosini anglatadi. P. tashqi devorlarining nihoyatda mustahkamligidan sha-har ilk oʻrta asrlarda "Shahristoni Roʻin", yaʼni "Jezdan qurilgan shah-riston" (Jez shahar) nomi bilan shuh-rat topgan.

P. oʻtmishda 4 qism: 1) darvozali ark (maydoni 1 ga); 2) darvozali ichki shahriston (maydoni 11 ga); 3) darvozali tashki shahriston (maydoni 6 ga); 4) sharq, gʻarb hamda jan. tomonlarida qad koʻtargan (maydoni 100 ga dan oshiqroq) ulkan ra-bodlardan iborat boʻlgan. Arqsa qad. ibo-datxona, podshoh saroyi, 9–10-asrlarda qad koʻtargan koshinkor mehrobli jome mayejidi, ichki va tashki shahristonlarda savdogar va hunarmandlarning turar joy, mahalla-koʻylari, ichki bozor, us-taxona, nonvoyxona va dorixonalar kabi bino va inshootu korxonalar joylashgan. Shaharning rabod qismida esa 50 dan ortiq naus (ostodonlar xilxonasi)lardan iborat otashparastlarning qabristoni (nekropol), tashki bozor va bir necha (Narshaxiyning koʻrsatishicha, mingdan ortiq) rabotlar, yaʼni karvonsaroylar qad koʻtargan. Manbalarda qayd etilishicha, islomiyat davrida ham P. nauslari ochiqboʻlgan. Otashparastlar oʻz marhumlari ustuxonlarini hatto, Buxoro shahridan P. nauslariga eltib dafn etganlar.

Ayrim maʼlumotlarning guvohlik berishicha, P. qad. Buxoro hukmdorlarining qarorgohi boʻlgan. Har bir pod-sho oʻzi uchun bu shaharda oʻrdugoh barpo etgan. Eftaliylar davlati hukmronligi davrida (5-asrning 2yarmi va 6-asr boshlari) u poytaxtga aylantirilgan. Nar-shaxiyning yozishicha, shahar aholisining aksariyati savdogar boʻlib, ular Xitoy va dengiz boʻyi mamlakatlari bilan savdo qilganlar va juda davlatmand boʻlgan. Shu boisdan arab geograflari Ibn Hurdodbeh va Ibn al-Faqihlar P.ni "Madina at-tujjor", yaʼni "Savdogarlar shaxri" nomi bilan taʼrif etadilar.

P. oʻz tarixi jarayonida Buxoro voha-sining nafaqat yirik savdo markazlaridan biri sifatida, balki tutgan geografik oʻrni jihatidan Gʻarbiy Sugʻdning siyosiy hayotida strategik tomondan muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Vohaning janubi-gʻarbiy chegarasida harbiy istehkom sifatida bino qilingan P. ilk oʻrta asrlarda Buxoro viloyatining atrofi yagona mudofaa inshooti – Kan-pir devor bilan oʻrab olingunga qadar u jan.gʻarb, dasht hududlaridan mutta-sil sodir boʻladigan koʻchmanchi qabilalarning chopkunlarini qaytarish va tashqi dushman hujumlarining yoʻlini toʻsib, ularga dastlabki zarbalarni berishda mustahkam harbiy qaror-goh vazifasini oʻtagan. Uning mudofaa inshootlari nihoyatda mustahkam qurilgan boʻlib, zamonasining har qanday qamaliga bardosh bera olgan.

P. arki, ichki va tashqi shahristonlarining har biri alohida qalin (3,5– 5 m) va baland devorlar halqasi bilan oʻralgan. Devor boʻylab har 60 m masofada va tashqi burchaklarda baland (11,5–12,5 m ) 2 qavatli burjlar oʻrnatilib, darvoza atrofi mudofaa inshootlari (labirint) bilan mustahkamlangan. Shahar devorlari va burjlari har 1,6 m oraligʻi boʻylab shaxmat uslubida 3 qator nishon tuynuklari (tirkash) oʻrnatilgan.

674 yilda P. Arab xalifaligi lashkar-boshisi Ubaydulloh ibn Ziyod tomo-nidan fath etiladi. 707 yilda esa P. xalifalikning Xuroson voliysi Kutay-ba ibn Muslim tomonidan qamal qili-nadi. P.liklar qattiqturib arablarga qarshilik koʻrsatadilar. Qamal 50 kun davom etadi. Kuch bilan P.ni qoʻlga kiri-ta olmagan arablar shahar devori os-tidan lahim (tunnel) qazib ichkariga bostirib kiradilar. P. arablar kuliga oʻtadi. P.liklar kattagina boj toʻlab Qutayba bilan sulh tuzadilar. Biroq shaharliklarning qoʻzgʻoloni oqibatida P. qayta egallanib, vayron etiladi. Juda katta miqdorda oltin va kumushdan yasalgan but va jomlar bilan bir qatorda koʻplab qurolyarogʻ hamda harbiy an-jomlar oʻlja tarzida olinadi. Qutayba askarlari bu qurol-aslahalarning bir qismi bilan qurollanib oladilar. Tabariynyant yozishicha, shaharning boyligidan arablar hayratga tushganlar. Xat-to, eritilgan oltinkumush anjomlar va butlarning tosh qolipidan 150 mingmisqol miqdorda yombi ajratib olingan.

9-asrning oxirgi choragi va 10-asr mobaynida P. va uning dehqonchilik vohasi ravnaq topadi. Ichki va tashqi savdo munosabatlari kengayib kulollik, shishasozlik, koshinkorlik, misgarlik va binokorlik taraqqiy etadi. Ilm-fan, ayniqsa, fiqhshunoslik rivojlanib, bir guruh P.lik fiqhshunos olimlar yetishib chiqadi. Ammo somoniylar hukmronligi barham topgach, 11-asrda P.ning sugʻorish tarmoklari suvsizlikdan qurib qoladi. Oqibatda shahar boʻshab, harobaga aylanadi. 12-asrning 1-choragida Arslonxon Mu-hammad ibn Sulaymon hukmronligi davrida P. qayta tiklanib va uning atrofi qayta obodonlashtiriladi. Sha-har aholisi yana gavjumlashib, kurkam turar joylar, podshoh uchun esa muhta-sham saroy quriladi. P.ning suv taʼminotini yaxshilash maqsadida Qo-rakoʻl daryosidan uz. 1 farsaxli kanal qazib chiqarish uchun harakat qili-nadi. Biroq, kanal qazilib tugatilmay qoladi. P. suvsizlikdan 12-asrning 2yarmida butunlay qurib yana vayro-naga aylanadi.

P. shahri harobalari arxeologik jihatdan dastlab 1903 yilda R.Pampelli, 1913–14 yillarda L.A.Ziminlar tomonidan oʻrganilgan. Buxoro vohasi shaharsozlik madaniyatining yuzaga kelishi va rivojlanish tarixini oʻrganish munosabati bilan oʻtgan asrning 80–90 yillarida P. harobalarida keng koʻlamda mut-tasil arxeologik qazish ishlari amalga oshirildi. Arxeologik tadqiqotlarni tashkil etish maqsadida 1980 yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti va Rossiya Davlat Ermitajining maxsus qoʻshma arxeologik ekspeditsiyasi (A.Muhammadjonov rahbarligida) tashkil etildi. Bu ekspeditsiya aʼzolari (G.L.Semenov, J.Mirzaahmedov, Sh.Odilov va boshqalar) koʻp yillarga rejalashtirgan arxeologik qazishlarni to hozirgi kunga qadar davom ettirmoqdalar . I.tlar va arxeologik qazishlar natijasida P. yodgorligining umumiy tarixiy topografiyasi oʻrganilib, rejalari chizmalarga tushirildi. Unda qad. koʻtargan ilk chegara istehkomi, soʻngra shahar qiyofasini shakllantirgan baland va qalin mustahkam mudofaa devorlar bilan oʻralgan ark, 4 tomonida bir nechta darvozalar (eni 3,5 m) oʻrnatilgan va qator burjli devorlar qad koʻtargan ichki va tashqi Shahriston hamda saxn boʻylab koʻplab karvonsaroy va nausli nekropol joylashgan ulkan rabodlarning yuzaga kelishini tarixiy bosqichlari va madaniy qatlamlarining qalinligi belgilandi. P.ning qad. qismi – arkning os-tida madaniy qatlam qariyb 18 m ga borsa, ichki va tashqi shahristonlari ostida esa uning qalinligi 4–4,5 m dan oshmaydi. Arkning quyi qatlamida qavd etilgan topilmalar miloddan avvalgi 4–3-asrlar, ichki shahristonning ostki qatlami topilmalari milodiy 3–4-asrlar va tashqi shah-ristonning quyi qatlami va topilmalari esa 4–5-asrlar bilan sanaladi. Arxeologik topilmalarning guvohlik berishicha, P.da hayot miloddan avvalgi 4-asrdan to milodiy 11-asrgacha, yaʼni 1500 yil davomida kechgani maʼlum boʻldi.

Arkda qad. ibodatxona, jome masjid va podshoh saroyi harobalari, ichki shahristonda dorixona (8-asr), bir qancha ulkan tandirlar oʻrnatilgan shahar nonvoyxonasi, tashqi shahristonda kulollik, shishasozlik kabi hunarmandlarning mahalla-koʻylari, 4 tomoni supali markazida sandali bor yotoqxo-na, oshxona, omborxona va tashnobli tahoratxonali moʻʼjazgina bir qavatli hovlijoylarning harobalari qazib ochildi. P.ning rabod qismida kulollik, shishasozlik va temirchilik us-taxonalari-yu xumdon va qoʻralari hamda 50 dan ortiq nauslarning qol-dikdari bilan bir qatorda P.dan Buxoroga tomon yoʻnalgan karvon yoʻli (kengligi 20 m)ning 2 yoqasi boʻylab joylashgan 20 dan ortiq karvonsaroylarning vayronalari qayd etilib, ulardan bir nechtasi qazib ochildi. 8– 10-asrlarga mansub bunday mehmonxona va qoʻnoqxonalar murabaa (75x75m) shakdda xomgʻishtlardan bino qilingan. Tashqi devorning 4 burchagi doira shaklida burjlar bilan mustahkamlangan. Hovlisining markazida tuyalarga ortilgan yuklar tushiriladigan 1 yoki 2 uzun supa ishlangan. Karvonsaroy qaramaqarshi tomonlarida 2 darvoza (3–5 m) oʻrna-tilgan. Mehmonxonaning 4 tomoni boʻylab 60 dan ortiq supali, sandalli 1 yoki 2 xonali yotoqxonalar, oʻchokli yoki tandirli ovqatxona, tashnobli tahorat yoki gʻuslxona va omborxonalar joylashgan. Saroyning shimoli-gʻarbiy burchagida otashparastlarning otashkadali ibo-datxonasi bino qilingan. Xonalarning tomi ravoqsimon shaklda yopilib, markaz qismida sopol quvurlardan moʻrkonlar oʻrnatilgan.

Arxeologik qazishlar jarayonida P. yodgorligidan turli xil topilmalar: sirli va sirsiz sopol koʻza va tovoqlar, shisha idishlar, jez va temir bu-yumlar, qurolyarogʻlar, shuningdek, turli sanalarda zarb etilgan chaqa tan-galar (Xitoy, Sosoniy, Umaviy va Ab-bosiylarning fuluslari; Buxoro, Samarqand, Marv, Fargʻona, Axsikat va Isfijob zarbxonalarida zarb etilgan Somoniy va Qoraxoniylarning tangalari hamda Hirotda zarb etilgan Gʻaz-naviylarning 1 dona oltin dinori) topildi. Topilmalarning kattagina qismi hozirgi vaqtda P. yodgorligi yaqinida tashkil etilgan "Arxeologiya mu-zeyi" zallarida namoyish etilgan.

Ибн Фадлан, Пътешествие до Волжска България, Л.-М. Бораджиева, превод от арабски език Г. Наумов, ИК „Аргес“, София, 1992

Литература Править

Омельченко А. В. Цитадель Пайкенда в III—V вв // Российская археология. — 2013. — № 2.[1]



А. Р. Мухамеджанов, Ш. Т. Адылов, Д. К. Мирзаахмедов, Г. Л. Семенов, «Городище Пайкенд. К проблеме изучения средневекового города Средней Азии», Издательство «Фан», Ташкент 1988.
Download 55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling