Arxeologiya va etnologiya asoslari” (etnologiya) fanidan O`quv-uslubiy xarita etnologiyaga kirish va tarixi reja


DUNYO XALQLARINING ETNOLOGIK TAVSIFI


Download 0.98 Mb.
bet4/43
Sana01.04.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1315698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
arxeologiya va etnologiya mavzusida r

DUNYO XALQLARINING ETNOLOGIK TAVSIFI.
AVSTRALIYA VA OKEANIYA XALQLARI


REJA:

  1. Avstraliya va Okeaniya aholisining etnogenezi va etnik tarixi

  2. Avstraliya va Tasmaniya xalqlari

  3. Melaneziya va Yangi Gvineya xalqlari

  4. Polineziya xalqlari

  5. Mikroneziya xalqlari



Tayanch atamalar:
Antropologik turlar, eng qadimiy geologik davr, signallar tili, ayrim urug`lar totemistik guruh, tropik tipdagi dehqonchilik, dengiz baliqchiligi


Adabiyotlar:

  1. Karimov I. A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va rivojlanish kafolatlari. T., 1997.

  2. Jabborov I. M. Jahon xalqlari etnografiyasi. T., 1985.

  3. Iso Jabborov. Jahon xalqlari etnologiyasi. T., 2005.

  4. Jabborov I. M. Jahon xalqlari etnologiyasi. T., 2008.

  5. Jabborov I. M. Etnografiya va olamning etnik qiyofasi. T., 1982.

  6. Ashirov A., Atadjanov SH. Etnologiya (o`quv qo`llanma). T., 2007.

  7. Puchkov P.I. Etnicheskoe razvitie Avstralii. M., 1987.

  8. Kabo V.R. Proishojdenie i rannyaya istoriya aborigenov Avstralii. M., 1969.

  9. CHesling U. sredi kochevnikov Severnoy Avstarilii. M., 1969.

  10. Puchkov P.I. Naselenie Okeanii. Etnograficheskiy obzor. M., 1967.

  11. Puchkov P.I. Formirovanie naselenie Melanezii. M., 1968.

  12. Volnevich YA. U aborigenov Okeanii. M., 1976.



1. AVSTRALIYA VA OKEANIYA AHOLISINING ETNOGENEZI VA ETNIK TARIXI
Beshinchi qit`a hisoblanadigan Aystraliya Tinch okeanining janubida joylashgan o`ziga xos o`lkadir. Uning iqlimi ham etnik tuzilishi ham yer kurrasining boshqa qismidan ancha farq qiladi. To`rt tomoni bepoyon okean suvlari bilan yuvilib turgan Avstraliya qit`asi 7,7 mln. kvadrat kilometr hududga ega bo`lib, taxminan AQSH hududiga teng keladi.
Qit`aning beshdan ikki qismi tropik iqlimli, qolgani subtropik va mo`tadil issiq iqlimlidir. Ichki Avstraliya nihoyatda qurg`oq, yog`ingarchilik kam, iqlimi o`zgaruvchan, dashtu biyobondan iborat. Uncha katta bo`lmagan daryolar uning sharqida mavjud, xolos. Pastqam tog` tizmalari, asosan, janubi-sharqiy qismida joylashgan. Bir necha yuz katta-kichik ko`llar mavjud bo`lib, ular yozgi jaziramada qurib sho`rxokka aylanadi. Ammo o`lka yer osti suvlariga boy. Mahalliy aholi undan qadim zamonlardan beri foydalanib kelgan. Hozir ham bu qit`ada artezian quduqlaridan keng istifoda etiladi.
Avstraliyaning o`simlik va hayvonot dunyosi ham iqlimi singari xilma-xil. U yerdagi o`simliklarning aksariyati (85 foizi) faqat o`ziga xos bo`lib, boshqa biron yerda uchramaydi. Ayniqsa, janubi-sharqida balandligi yuz metrgacha yetadigan evkalipt daraxtlari (150 turdan ortiq) Qit`aga go`zal manzara kasb etib turadi. Abadiy yashil daraxtlar: palma, fikus va chirmovuq kabi o`simliklarga boy tropik o`rmonlar qit`aning shimol va shimoli-sharqiy qismida joylashgan. o`lkaning g`arbiy va ichki qismiga kirib borgan sari barcha o`simlik dunyosi nihoyatda qashshoqlashgandek ko`rinadi.
Avstraliyaning hayvonot dunyosi ham o`zining qadimiyligi va ekzotikasi bilan kishini hayratda qoldiradi. Bu yerda yuqori sutemizuvchilar mutlaqo bo`lmagan, ammo xaltali hayvonlarning yuzdan ortiq turi mavjud. Tuban sutemizuvchilarning mashhur vakili katta kenguru tug`ilgan bolasini qorin terisidagi maxsus xaltasida voyaga yetkazadi. Qit`ada kenguruning boshqa turlaridan daraxtga tirmashadigan koala (xaltali ayiq), vombata va hokazo turlari ham yashaydi. Sudraluvchilardan ilon, kaltakesak shimoldagi daryolarda timsoh va boshqa ko`pgina shu kabi jonivorlar uchraydi. Qushlardan: yirik avstraliya strausi - emu, turli xil to`tiqushlar, qora oqqushlar, sayroqi qushlar va umuman mingga yaqin turdagi qushlar Avstraliya tabiatining o`ziga xos fayzidir.
Shunisi qiziqki, Avstraliya flora va faunasidagi turlarning ko`p qismini mahalliy tub aholi iste`mol qilib kelgan. Ular faqat yirik hayvonlarnigina emas, balki mayda jonivorlarni (ilon, kaltakesak, chuvalchang kabi hasharotlar va hk.) hamda turli ekin ildizlarini yig`ib-terib iste`mol qilganlar. Avstraliyada inson hayoti uchun xavfli yirtqich hayvonlar yo`q, zaharli ilon va timsohlar esa juda kam. Faqat yovvoyi it (dingo) uy hayvoni sifatida qo`lga o`rgatilgan. Qit`ada juda ko`p qazilma boyliklar mavjud bo`lib, undan tub aholi foydalana olmagan.
Hozirgi Avstraliya millati qurama, turli elatlardan tashkil topgan. Qit`ada 15,7 mln.dan ortiq (1985-y.) aholi yashaydi, ammo u nihoyat notekis joylashgan. Aholining asosiy qismi Avstraliyaning sharqiy va janubi-sharqiy qismlarida, sug`oriladigan qulay iqlimli va o`simlik dunyosiga boy bo`lgan janubi-g`arbiy hududlarda yashaydi. Avstraliya aholisining ko`pchiligi yevropalik, ayniqsa, Angliya va Irlandiyadan (78 foizi) kelganlarning avlodlari ko`pchilikni tashkil qiladi. Tub aholisi (aborigenlar) suvsiz cho`l va sahrolarda kun kechimioqda. Ularning 103 mingga yaqindir (metislar bilan qo`shib hisoblaganda 140 mingdan ortadi). Umuman olganda, Avstraliya va Okeaniyada keyingi ma`lumotlarga qaraganda 25 mln.dan ortiq aholi mavjud. Shu jumladan, Yangi Zelandiyada 3,2 mln. aholi yashaydi.
Okeaniyada joylashgan minglab orollar janubga yaqinlashgan sari yiriklashib va ancha quyuqlashib boradi. Avstraliyaning sharqida va shimoli-sharqida, aksincha, juda mayda orollar Tinch okeani bag`riga kirgan sayin kamayib boradi. Eng yirik orollar: Yangi – Gvineya, Yangi Zellandiya, Yangi Kaledoniyadir. Mayda orollar esa asosan, vulqonlar daryo va marjonlardan paydo bo`lgan va ularning qit`aga hech aloqasi yo`q. Okeaniyaning barcha orollari deyarli tropik oralig`ida joylashgan bo`lib, iqlim ekvatorial, tabiati abadiy yashil tropik o`simliklar bilan qoplangan, hayvonot dunyosi g`arbga tomon boyroq, sharqda esa ancha kam.
Okeaniya asosan, uch qismga bo`lingan: janubi-g`arbiy qismdagi “qora orollar” deb nom olgan Melaneziya; uning sharqiy va shimoli-g`arbidagi bepoyon Tinch okeanida tarqoq joylashgan Polineziya (tarjimasi «ko`psonli orollar»); Osiyo sohillariga yaqin mayda orollardan iborat Mikroneziyadir. Agar tub aholisining sharoiti va madaniy saviyasi sotsial-iqtisodiy jihatdan umumiy xarakterga ega bo`lsa, Okeaniya xalqlari nisbatan yuqori darajada va nihoyatda rang-barang shaklda rivojlangan. Tillarning joylashuvi antropologik turlarga to`g`ri kelmaydi. Ularning xo`jalik tiplariga qarab madaniy yoki sotsial rivojlanish darajasini aniqlash qiyin. Chunki, Osiyo yoki Yevropadagi ishlab chiqarish qurollari, moddiy buyumlar bu yerga mutlaqo to`g`ri kelmaydi. Masalan, tub melaneziyaliklar o`q-yoyni, temirchilikni yoki kulolchilikni bilmaganlar, ammo o`ziga xos yuksak madaniyat yaratganlar. Aytaylik, ijtimoiy munosabatlarda melaneziyaliklarda savdo-sotiq rivoj topgan bo`lsa ham, natural xo`jalikka ega bo`lgan polineziyaliklar ularga nisbatan ancha yuqori madaniyatga ega bo`lganlar.
Umuman, beshinchi qit`ani o`rganish insoniyat tarixining ilk davrlari – ibtidoiy jamiyatdan sinfiy jamiyatning ilk shakllarigacha, dastlabki davlat va qabilaviy birliklargacha aniqlab olish imkonini yaratib bergan edi.
Dunyodagi eng kichik qit`a yoki eng katta orol hisoblangan Avstraliya eng qadimiy geologik davrlarda qurg`oqlikdan ajralib qolib XIX asrgacha jonli qadimiy muzey shaklida saqlangan. Uning flora va ayniqsa, faunasining arxaikligi va o`ziga xosligi doimo tadqiqotchilarni hozirgacha hayajonga soladi. Avstraliyada yuksak sutemizuvchilarning yo`qligi, tuban sutemizuvchilar (xaltali hayvonlar) ning ko`pchiligi bu yerda ibtidoiy dunyo qayta jonlanganday taassurot tug`diradi. Mazkur tabiiy sharoit mahalliy tub aholining maishiy turmushi va madaniyatida ham o`z aksini topganligini alohida qayd qilish lozim. Bepoyon Tinch okeani orollarida yashovchi minglab katta-kichik turli etnoslar kishilik jamiyatining dastlabki davrlarida kashf etilgan ajoyib ishlab chiqarish usullari, xo`jalik shakllari, murakkab geografik muhitga moslashgan har xil kasblar, ovchilik mahorati, atrofdagi vahshiy tabiatda yashab va cheksiz dengizlarda yo`l topib uzoqlarga sayohat qilish, qurg`oq sahrodan suv topa bilish kabi juda ko`p yangiliklarni kashf etib, jahon madaniyatiga o`ziga yarasha hissa qo`shganlar.
Endi mana shu insoniyat beshigida paydo bo`lgan va bizning davrimizgacha kishilik jamiyatining bolaligidagi turmush tarzi belgilarini saqlab kelgan etnoslar bilan tanishamiz.



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling