Arxitektura va Shaharsozlik


Download 1.51 Mb.
Sana22.03.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1287078
Bog'liq
QISHLOQQURILISHLOYIHA




Toshkent Shahar Yeoju texnika institutining “Arxitektura va Shaharsozlik” dizayni yo’nalishi 4-kurs AUD 2U talabasi Yusupova Shahnozaning diplom oldi amaliyoti bo’yicha Hisoboti.

Amaliyot rahbari: KIRGIZBAYEVA Z

Amaliyot o’tash joyi: “QISHLOQQURILISHLOYIHA”

Men AUD 2 U guruh talabasi Yusupova SHahnoza Amaliyotimning birinchi kunida menga biriktirilgan tashkilot rahbari Mirxalilov. A tomonidan korxona faoliyati , ish rejasi, biriktirilgan bo’limda ishlanadigan loyiha hujjatlari bilan tanishib chiqdim.


Amaliyot olib boriladigan muassasa “ QISHLOQQURILISHLOYIHA” Toshkent shahri, Shayxontoxur tumani, Abdulla Qodiriy ko’chasida joylashgan.
Amaliyot davomida bitiruv malakaviy ishlar bo’yicha bir nechta chizmalarni o’rganib chiqdik. Diplom mavzuyim bo’yicha muasasada olib borilayotgan loyihalar bilan tanishib chiqdim. Diplom mavzuyim nomi “ SAYYOHLIK MARKAZI” hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
SH.M.Mirziyoyevning 2019-yil 21-iyunda ichki turizm
sohasiga asoslanib qabul qilingan qonuniga asosan
sayyohlik markazi loyihasini tashkil etish taklifimni
bildirmoqchiman. Unga ko’ra: ichki turizm sohasini
rivojlantirish hamda turizm shakllangan joylarda
sayyohlik markazi obyektlarini barpo etish to’g’risidagi
bir nechta moddalar o’rin olgan.

3. Loyihaviy bino (inshoot) ning manzili: O’zbekiston Respublikasi, Jizzax viloyati, Arnasoy tumanida joylashgan Arnasoy ko’li atrofi.

QISHLOQQURILISHLOYIHA” ilmiy tekshirish instituti haqida ma’lumot:

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-yanvardagi PQ-1049 sonli Farmoniga muvofiq 1949-yilda tashkil etilgan “O’zqishloqqurilishloyiha” loyiha instituti hamda 1971-yilda tashkil etilgan “O’zme’morqurilish” loyiha institutlari negizida tashkil etlgan. Bugungi kunda ushbu institutlarnin davomchisi bo’lgan 000-“QISHLOQQURILISHLOYIHA” bosh loyiha tadqiqot instituti yuqoridagi institutlarda ko’p yillar davomida ishlagan boy tajribaga ega mutaxassislar jamoasidir.


Qishloqqurilishloyiha “ ilmiy tekshirish institutining tashkil topish tarixi:
O’zbekiston SSSR va Vazirlar Sovetining 1949-yil 12-avgustdagi 1406-sonli qarori bilan “ O’zqishloqloyiha” instituti tashkil etildi. SSSR Melioratsiya va suv xo’jaligi vazirligining 1979-yil iyul oyidagi buyrug’i bilan- Jizzax va Qarshi dashtlari hamda Qoraqalpog’iston Respublikasining meliorativ hududlarida turar joy va sanoat ob’yektlarini, qurilish loyihalarini ishlab chiqish maqsadida “ O’ZME”MORQURILISHLOYIHA” instituti tashkil etildi.
“O’ZQISHLOQLOYIHA” davlat instituti 1997-yil, Davlat mulk qo’mitasi huzuridagi Toshkent shahar boshqarmasining 30-sonli 423-son buyrug’iga asosan ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylandi.
“O’ZME’MORQURILISHLOYIHA” instituti 1999-yil ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylandi va 1152- son bilan hokimlik tomondan ro’yxatga olindi.
Bu institutlar Respublikamizning asosiy loyiha institutlari orasida o’z o’rni va uzoq tarixiga ega. 2019- yilda “ O’zqishloqloyiha”ning 70 yilligi nishonlandi. 000 “O’zQISHLOQloyiha” loyiha instituti barcha hudularda ko’plab bo’lim va filiallarga ega. 1500 dan ortiq mutaxassisslarga ega tashkilot.
O’tkan yillar davomida mamlakatimiz qishloq hududlari uchun 1000 dan ortiq bosh rejalar ishlab chiqilgan. Bajarilgan ko’p ishlari maqtovga sazovor bo’ldi. 1988-yil 21-dekabrda Armanistonda sodir bo’lgan zilzila oqibatida yetkazilgan zararni bartaraf etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Armanistonning lenikan viloyatidagi Ovit va MusaElyan qishloqlarini rekonstruksiya qilish uchun institut mutaxassislarini yordamga yubordi. Ular ushbu aholi punktlarining bosh rejalarini ikki yil davomida qayta ko’rib chiqishdi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-apreldagi “Arxitektura va qurilish ishlarini tashkil etish va nazorat qilishni takomillashtirish” qaroriga muvofiq 000-sonli “O’zqishloqloyiha” instituti asosiy institut sifatida tan olindi.
“O’zME’MORQURILISHLOYIHA” kompaniyasi birinchilardan bo’lib yirik uy-joy qurilishining birinchi avlodi bo’lgan panellardan bir va ikki qavatli turar joy binolari loyihalarini ishlab chiqdi. Muassasa nomidan taqdim etilgan 150 dan ortiq shahar tipidagi aholi punktlarining loyihalari Jizzax va Qarshi tumanlarinng bo’sh joylarida qad ko’targan.
Bugungi kunda yurtimiz qishloqlarida namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishi bo’yicha ulkan loyiha amalga oshirilganiga 10 yil to’ldi. 000 “QISHLOQQURILISHLOYIHA” bosh loyiha qidiruv instituti to’liq tashkil etilib, bunyodkorlik ishlari doirasida mazkur uylarning namunaviy loyihasi ishlab chiqilmoqda. Institutning Qoraqalpog’iston , Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy shahrlarida hududiy fililallari tashkil etilgan.
2009-2020 yillarda mamlakatimizning 123 mingdan ortiq namunaviy uy-joy qurilish loyihalarini ishlab chiqishdek mas’uliyatli vazifani amalga oshirishda institut jamoasining xizmatlari katta bo’ldi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
QISHLOQQURILISHLOYIHA” MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT LOYIHA-QIDIRUV INSTITUTINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
Qishloq aholi punktlarini arxitektura jihatidan rejalashtirishni tashkil etish va qishloq qurilishini loyihalashtirish tizimini tubdan yaxshilash, rivojlantirishning bosh sxemalariga va arxitekturaviy rejalashtirgan holda qurish loyihalariga, qishloq turar joylarining hamda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarining namunaviy loyihalariga muvofiq qishloq aholi punktlarini kompleks ravishda qurish, shu asosda qishloq qiyofasini qat’iyan o‘zgartirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, “O‘zqishloqloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat va “O‘zme’morqurilishloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv tashkilotlarining loyiha institutlarini birlashtirish va ular negizida ustav fondidagi davlat ulushi kamida 51 foiz bo‘lgan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Qishloqqurilishloyiha” loyiha-qidiruv institutini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Quyidagilar “Qishloqqurilishloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv institutining asosiy vazifalari etib belgilansin:
qishloqda uy-joy hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish va qurish tizimini tubdan takomillashtirishni nazarda tutadigan qishloq joylarda qurilishni kompleks rivojlantirish bo‘yicha yagona siyosat olib borish bo‘yicha bosh ixtisoslashtirilgan tashkilot funksiyalarini amalga oshirish;
qishloq aholi punktlari va hududlar qurilishini arxitekturaviy rejalashtirish jihatidan tashkil etishning bosh rivojlantirish rejalari va loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek qurilish obyektlari uchun topogeodeziya va muhandislik-geologiya qidiruv ishlarini olib borish;
joylarning tabiiy-iqlim sharoitlari va relyefini, respublika mintaqalarining ijtimoiy-demografik xususiyatlarini hisobga olib, zamonaviy qurilish materiallari va texnologiyalarini qo‘llagan holda qishloq turar joylari, qishloqda ijtimoiy-madaniy va sanitariya-maishiy obyektlarining yangi namunaviy loyihalarini ishlab chiqish;
qishloq aholi punktlarining ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini — energiya ta’minoti, suv ta’minoti va kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti va gaz ta’minoti, telekommunikatsiya va aloqa tarmoqlari hamda boshqa obyektlarni loyihalashtirish (magistral kommunikatsiyalar va obyektlar bundan mustasno);
ayrim qishloq hududlarini rivojlantirishning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va loyiha hujjatlarini barcha bosqichlarda belgilangan tartibda tasdiqlagan holda obyektlarni qurish;
loyihalashtirilgan obyektlar qurilishining barcha bosqichlarida sifatli mualliflik arxitekturaviy nazoratini ta’minlash, qishloq aholi punktlarida turar joylarni, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish va qurish sohasida normativ hamda metodologik hujjatlarni takomillashtirish;
qishloq aholi punktlaridagi turar joylar, ijtimoiy-madaniy va sanitariya-maishiy obyektlari, ishlab chiqarish infratuzilmasi va muhandislik kommunikatsiyalarining namunaviy loyihalari ma’lumotlar bazasini jamlash, tizimlashtirish va arxivlashtirish.
3. “Qishloqqurilishloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv institutining ishlab chiqarish-boshqaruv xodimlari cheklangan umumiy soni 216 nafar bo‘lgan tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*
“Qishloqqurilishloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv instituti rahbariga belgilangan tartibda, zaruriyat bo‘lganda, institutning tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. “Qishloqqurilishloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv institutining faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etish uchun 2-ilovaga* muvofiq tarkibda komissiya tashkil etilsin.
Komissiya (N. Xanov) ikki oy muddatda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “Qishloqqurilishloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv instituti faoliyatini tashkil etish, shu jumladan uni yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi manfaatdor loyiha-qidiruv institutlari bilan birgalikda “O‘zgazloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyatning gaz ta’minoti loyihalari, “O‘zbekkommunalloyihaqurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyatning suv ta’minoti, issiqlik ta’minoti va kanalizatsiya tarmog‘i loyihalari bo‘yicha hamda “O‘zqishloqenergoloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyatining elektr ta’minoti loyihalari bo‘yicha zarur texnik hujjatlarni yangidan tashkil etilayotgan “Qishloqqurilishloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv institutiga belgilangan tartibda topshirsin, institutning tegishli bo‘limlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlashda yordam ko‘rsatsin.
6. Belgilansinki, “Qishloqqurilishloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv instituti majburiyatlar va tuzilgan shartnomalar bo‘yicha “O‘zqishloqloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat va “O‘zme’morqurilishloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyatning huquqiy vorisi hisoblanadi.
7. “Qishloqqurilishloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv instituti O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining normativ va yo‘riqnoma hujjatlari, zarur statistika ma’lumotlari jo‘natilishi majburiy bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining “Qishloqqurilishloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv institutini Toshkent shahar, A.Qodiriy ko‘chasi, 7-uydagi “O‘zme’morqurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv tashkilotining binosiga joylashtirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “Qishloqqurilishloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv instituti va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bo‘shab qoladigan binolardan maqbul foydalanish yuzasidan ikki oy muddatda takliflar kiritsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 27-yanvar,
PQ-1049-son





ISHCHI LOYIHALAR






Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling