Arxitekturasi. Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish chiqarish qurilmalari
Download 417.9 Kb. Pdf ko'rish
|
2-maruza
Kompyuterlarni sinflash
Kompyuterlar xotirasining hajmi,
bir sekundda bajaradigan amallar
tezligi, ma’lumotlarning razryad turida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, guruhlarga bo‘lish mumkin: - super kompyuterlar (Super Computer); - katta kompyuterlar (Mainframe Computer); - mini kompyuterlar (Minicomputer); - shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer); - bloknot (noutbuk) kompyuterlar. Super (top 500 komputerlar)- juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Bunday masalalar sifatida ob-havoni global, bashoratiga oid masalalarni, uch o‘lchovli fazoda turli oqimlarning kechishini o‘rganish masalalari, global informatsion tizimlar va hokazolarni keltirish mumkin. Bu komputerlar bir sekundda 10 trilliardlab amal bajaradi. Super komputerlar bahsida AQSH energetika vazirligining Sandia laboratoriyasida o‘rnatilgan 9472 protsessorli Intel ASCI Red komputeri karvonboshlik qilmoqda. U komputerlar tezligini o‘lchovchi- Linpacr parallel testida 1 TFLOPS (1 TFLOPS-1000 GFLOPS teng, 1GFLOPS esa 1000000 FLOPS, 1FLOPS-sekundiga 100000 amalga teng). Xususan, bu komputer yadro sinovlarini va eskirayotgan yadro qurollarini modellashtirishda qo‘llaniladi. E’tiborlisi shuki,Tokio universiteti dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadigan, sekundiga 873 GFLOPS amal bajaradigan,128 protsessorli SGI ASCI Blue komputeriga ega. Quyidagi jadvalda Top komputerlar haqida ma’lumot keltirilgan: Reyting Superkomputer rusumi Ishlab chiqa-ruvchi mamlakat Shirkat nomi Protsessor soni
Quvvati (GFLOPS) 1 Intel ASCI Red AQSH Intel (AQSH) 9472 1338
2 SGI ASCI Blue AQSH SGI (AQSH) 6144 634
3 SGI T3E1200 AQSH SGI (AQSH) 1084 430
4 Hitachi SR8000 Yaponiya Hitachi (Yaponiya) 128 368
5 SGI T3E900 AQSH SGI (AQSH) 1324 264
6 SGI ORIGIN 2000 AQSH
SGI (AQSH) 2048
232 7 SGI T3E900 Buyukbritaniya SGI (AQSH) 876 230
8 IBM
AQSH IBM (AQSH) 1952 213
9 SGI T3E900 AQSH SGI (AQSH) 812 196
1 0 SGI T3E1200 Buyukbritaniya SGI (AQSH) 612 196
Shuni qayd qilish lozimki, super komputerlarning ma’lum yo‘nalish masalalarini yechishga qaratilgan turlari ham mavjud. Download 417.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling