Scroll Lock (ekranda yurish) - bu klavish yordamida kursorni harakatga keltirmoqchi
bo‘lsangiz, kursor matnning keyingi betiga sakraydi.
Shift (registrni almashtirish) - vaqtinchalik yuqori registrdan pastki registrga, yoki
aksincha, pastki registrdan yuqori registrga o‘tish imkonini beradi. Hammasi Caps Lock
klavishining holati bilan bog‘langan. Bu klavishning xizmati vaqtinchalik bo‘lganligi sababli,
boshqa klavishlarning xizmatini o‘zgartirish kerak bo‘lsa, ularni bosish paytida Shift klavishi
vaqtinchalik bosib ushlab turiladi.
Quyida klavishlar va ular bajaradigan vazifalarni ko‘rib chiqamiz.
Klavishlar
Vazifasi
kursorni bir yoki bir necha o‘ringa o‘ngga, chapga, pastga va
yuqoriga suradi
HOME (boshiga)
Kursorni satr boshiga olib keladi.
END (oxiri, nihoyasi)
Kursorni, satr oxiriga olib o‘tadi.
Page Up (Page Up) (bir sahifa yuqoqriga)
bu klavish bosilganda kursor bir sahifa (ekran) oldinga suriladi.
Page Down (Page Down) bir sahifa pastga
bu klavish bosilsa kursor bir ekran orqaga suriladi.
ESC (Escape)
qandaydir oldin berilgan vazifalardan voz kechish.
Klavishlarni sekin bosish kerak, kuch ishlatish mumkin emas. Harflar kiritish paytida
klavishni ko‘p ushlab turish kerak emas. Aks holda, o‘sha bosilgan harf ekranga ketma-ket chiqa
boshlaydi.