Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari quyidagicha.
1. Tizimli blok (Protsessor).
2. Ekran (Monitor).
3. Klaviatura.
4. Sichqoncha.
Tizimli (Sistemaviy) blok (Protsessor) – kompyuterning asosiy qismi bo’lib, o’z ichiga
quyidagi elementlarni jamlaydi. Ona plata, mikroprotsessor, qattiq disk (vinchester), Operativ
xotira (OZU), CD-ROM (CD-RW), DVD-ROM, (DVD-RW), tashqi qurilmalar kontrolleri,
shinalar, elektr ta‘minoti bloki va boshqalar.
Ona plata – asosiy elektron sxema bo’lib, unga tashqi qurilmalar kontrollerlari shina
orqali ulanadi, unga mikroprotsessor, BIOS, operativ xotira, tizimli plataning mikrosxemalar
to’plami, ikkinchi pog’ona kesh-hotira (kesh L2), shina razyomlari, tizimli soat hamda CMOS
uchun elektr manbai (batareya), kiritish-chiqarish mikrosxemasi kabi elementlar tikiladi va
tashqi qurilmalar kontrollerlari o’rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |