CD-ROM (Compact Disk) va DVD-ROM (Digital Versatile Disk). Disklardagi
ma‘lumotlarni o’qish va ularga ma‘lumotlar yozish uchun xizmlat qiluvchi qurilma. Dastlab
bunday tashuvchilar ma‘lumotlarni faqat o’qish uchun mo’ljallangan bo’lib, ulardagi
ma‘lumotlarni o’zgartish va qaytadan yozish imkoniyati yo’q edi. Hozir disk va disk
yurituvchilarning ma‘lumotlarni yozadigan (writeable) va ko’p marotaba yozadigan (rewriteable)
modellari mavjud.
Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari quyidagilardan iborat:
Skaner bu ma‘lumotlarni qog’ozli hujjatdan bevosita kompyuterga kiritish qurilmasidir.
Matnlar, sxemalar, rasmlar, grafiklar, fotografiyalar va boshqa grafik axborotni kiritish mumkin.
Skaner nusxa ko’chirish apparatiga o’xshab qog’ozli hujjatning tasviri nusxasini qog’ozda
еmas, balki еlektron ko’rinishda yaratadi - tasvirning еlektron nusxasi yaratiladi.
Skanerlar hujjatlarni qayta ishlash еlektron tizimining muhim bo’g’ini va istalgan
«еlektron stol» ning kerakli еlementidir.
Skanerlar ishlash prinsipiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
Dastakli skanerlar
Planshetli skanerlar
Rolikli skanerlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |