Rolikli skanerlar еng avtomatlashtirilgandir; ularda asl nusxa skanerlovchi kallakka
nisbatan avtomatik siljiydi, ko’pincha hujjatlar avtomatik beriladi, lekin skanerlanadigan
hujjatlar faqat varaqli.
Modem (Modulyator-Demodulyator) – telefon tarmog’i orqali boshqa kompyuterlar bilan
axborot almashishni ta‘minlaydi.
Modem - aniq bir aloqa kanalida ishlatish uchun qabul qilingan signallarni to’g’ri
(modulyator) va teskari (demodulyator) o’zgartirish qurilmasidir.
Modem – axborotni uzatishda raqamli signalni analogli signalga, axborotni qabul qilishda
esa analogli signalni raqamli signalga o’zgartiradi.
Ko’pgina modemlar ma‘lumotlarni uzatish jarayonini ta‘minlashdan tashqari,
telekommunikatsiya tizimlarida bir qator boshqa foydali vazifalarni
ham bajaradi, jumladan:
tovushni raqamlash va raqamlangan tovushni
qayta tiklash operatsiyalari;
faksimil axborotlarni qabul qilish va uzatish;
chiqarayotgan abonentning nomerini avtomatik aniqlash
(NAA);
avtojavob beruvchi va еlektron kotib vazifalari va b.
Do'stlaringiz bilan baham: |