Arxitekturaviy loyihalash


Yer uchastkalariga qo'yiladigan talablar


Download 0.49 Mb.
bet2/2
Sana23.11.2020
Hajmi0.49 Mb.
#150669
1   2
Bog'liq
Hisobot Zoirov D.


Yer uchastkalariga qo'yiladigan talablar. Maktablar va intemat maktablar yer uchastkalarining joylashishi va o'lchamlari ShNK 2.01.07 ga muvofiq qabul qilinadi.

Maktablar va intemat maktablaming yer uchastkalari quyidagicha: jismoniy tarbiya-sport; o'quv-tajriba; dam olish va xo'jalik zonalari kabi asosiy funksional zonalaming ko'zda tutilishi taqozo etiladi.

Maktablar va maktab-intematlarning ko'kalamzor uchastkalarining maydoni uchastka maydonining 30—40% ini tashkil qilib, ko'kalamzor maydonga dam olish, jismoniy tarbiya va o'quv tajriba zonalarining ko'kalamzor maydonlari hamda himoyaviy polosalar va maktab uchastkasi atrofidagi yashil to'siqlar ham kiradi (72-rasm).

Hajmiy-rejaviy yechimlarga va asosiy xonalarga, joylarga qo'yiladigan talablar. Maktab, maktab-intematlar va maktab qoshidagi intemat binolaridagi xonalaming tarkibi va maydoni funksional-tashkiliy va pedagogic talablardan kelib chiqqan holda o'quv rejasidagi o'quv xonalarining soatbay yuklamasini hisobga olgan holda hisoblashlar orqali aniqlanadi (73-rasm).

Maktab tarkibi quyidagi xonalar guruhlaridan iborat:

a) boshlang'ich maktab uchun ( I—IV sinflar) sinflar, mehnat qilishga o'rgatish joy lari, uzaytirilgan kun uchun universal xonalar, rekreatsiya, hojatxona, vestibyul garderobi bilan;

b) asosiy maktab uchun (V -IX sinflar) sinflar, o'quv xonaiari va laboratoriyalar, mehnatga o'rgatish ustaxonalari, proforiyentatsiya xonaiari;

d) maktab uchun umumiy bo'lgan joylar: o'quv-sport va majlis zali, kutubxona, ma’rifat-ma’naviyat xonaiari, klub-to'garak va umumiy faoliyat uchun xonalar, oshxona, boshqaruv-xo'jalik va tibbiy xizmat ko'rsatish xonaiari, rekreatsiya, hojatxona, vestiyubl garderobi bilan.

Maktab-intematlarda maktab xonaiari va intemat bloki ko'zda tutiladi, intemat bloki ishtirokchilarining yashashi uchun xonalarni, shuningdek, uxlash, maishiy-madaniy xonalar, tibbiy izolyator va boshqa xonalarni o'z ichiga oladi.





264 o'quvchiga mo'ljallangan 11 sinfdan iborat bo'lgan tipik maktab. Umumiy ko'rinishi, tarxi. I — vestibyul garderobi bilan; 2 - 1-sinf uchun xona; 3 - uxlash-o'yin uchun xona; 4 - majlislar zali; 5- sport zali; 6 — yechinish-kiyinish xonalari; 7- hojatxona; 8 - yemakxona; 9 — oshxona; 10 - metall va yog'ochni qayta ishlash xonasi (mehnat xonasi); 11 - 5-9 sinf o'quvchilari uchun xonalar; 12 - laboratoriya xonasi; 13 — to'garak o'tkaziladigan xonasi; 14 — ma’muriyat xonalari; 15- rckreatsiya xonasi.



  1. Amaliyot davrida bajarilgan ishlar

Diplom loyiham 630 o’ringa mo’ljallangan maktab majmuasi bo’lib bu haqida ko’p muhim ishlarni bajardim.

Temirbeton konstruksiyalar haqida

Tosh va yog'och ibtidoiy odamning dastlabki qurilish materiali hisoblangan. Keyinchalik inson xom g‘isht, pishiq g‘isht va beton tayyorlashni o ‘rgandi. Beton siqilishga yaxshi, cho'zilishga sust qarshilik ko'rsatadigan sun'iy materialdir. Betonning cho'zilishga bo'lgan mustahkamligi siqilishga nisbatan 10—15 marotaba kam. Shuning uchun ham uni anizotrop material deyiladi. Anizotrop materiallar — turli xil yo'nalish bo'yicha xossalari har xil bo'lgan materiallardir. Betonning anizotropligi beton va temirbeton konstruksiyalarni hisoblashda jiddiy qiyinchiliklarni tug'diradi. Beton cho'zilishga sust qarshilik ko'rsatganligi sababli armaturasiz balka ko'p yuk ko'tara olmaydi.





1.1-rasm. Elementlarning kuch ta'sirida ishlashi:

a — egiluvchi element; b — siqiluvchi element. 1 — beton;

2 — temirbeton; 3 — neytral qatlam; 4 — siqilish zonasi;

5 — cho'zilish zonasi; 6 — po'lat armatura.

Sababi, beton to‘sinining cho‘zilish zonasida betonning cho‘zilishga bo‘lgan mustahkamligi kamligi hisobiga, siqilgan zonaning mustahkamligidan to‘liq foydalana olmaymiz, natijada beton balkaning mustahkamligi kam bo'ladi. Agar balkaning cho‘zilish zonasiga armatura qo‘yilsa, balkaning yuk ko‘tarish qobiliyati (taxminan 20 marotaba) ortadi (1.1-rasm, a). Siqilishga ishlaydigan temirbeton elementlari ham po‘lat sterjenlar bilan armaturalanadi. Po’lat siqilishga ham, cho‘zilishga ham yaxshi qarshilik ko'rsatganligi tufayli siqiluvchi elementning yuk ko‘tarish qobiliyatini ancha oshiradi (1 .1-rasm, b).

Po’lat armatura joylashgan beton temirbeton deb ataladi. Temirbetondan ishlangan qurilish konstruksiyasi temirbeton konstruksiyasi deb yuritiladi. Quyidagi sabablar beton bilan po’lat armaturaning birgalikda ishlashiga sharoit yaratadi:

1. Beton qotish jarayonida po‘lat armaturaga mahkam yopishadi (tishlanadi).

2. Zich beton po‘lat armaturani zanglashdan va yong‘indan asraydi.

3. Po’lat bilan og’ir betonning temperatura ta'sirida chiziqli kengayish koeffisiyentlari bir-biriga juda yaqin (beton uchun = (l÷l,5)⋅; armatura uchun esa = l ,2⋅).

Ana shu uchta muhim xossa tufayli temirbeton konstruksiyalarini yaratish imkoniyatiga ega bo’lindi. Ammo temirbetonning afzalligi va nuqsonlari ham bor.

Temirbetonning quyidagi afzalliklari uning qurilishda keng tarqalishi uchun imkon yaratdi: mustahkamligi; ko'pga chidamliligi; olovbardoshligi; zilzilabardoshligi; mahalliy materiallardan foydalanish imkoniyati; konstruksiyaga istalgan shakl berish imkoniyati.

Quyidagilar temirbetonning nuqsonlariga kiradi: vaznining og’irligi; issiqlik va tovushni oson o‘tkazishi; mustahkamlash va ta'mirlashning qiyinligi; yorilishi mumkinligi; beton yotqizilgach, armatura holatini tekshirish qiyinligi va hokazo.

Betonda yoriq paydo boMishining oldini olish uchun uning cho‘zilgan armatura yordamida siqiladi. Bunday konstruksiyalar oldindan zo'riqtirilgan temirbeton konstruksiyalari deb ataladi.

Temirbeton konstruksiyalari armaturasi

Armaturalarning turlari. Armaturalar sterjenli va simli armaturalarga bo’linadi. Sirtining shakliga qarab silliq va davriy profilli armaturalar bo’ladi. Davriy profilli armatura tekis armaturaga qaraganda beton bilan mustahkamroq bogManadi. Armatura ishlatish usuliga qarab, u zo'riqtirilgan va oddiy armaturaga bo’linadi. Armatura konstruksiya tarkibida bajaradigan vazifasiga ko'ra ishchi va montaj armaturaga bo’linadi. Ishchi armatura hisoblash yoki bilan, montaj armaturasi esa konstruktiv mulohazalarga ko'ra o’rnatiladi. Taqsimlovchi armatura ham shartli ravishda montaj armatura turiga kiradi.

O'zining mexanik xossalariga qarab armaturabop po'latlar quyidagi sinflarga bo’linadi (1.9-rasm):

a) sterjenli armaturalar:

А-I qizdirib prokatlangan (silliq sirtli);

A-1I, A-1II, A-1V, A-V, A-Vl qizdirib prokatlangan (davriy profilli);

AT-III, AT-IV, AT-V , AT-VI o'tda toblangan va termo-mexanik

ishlov berilgan;

b) simli armaturalar:





Br-I sovuqlayin ch o ‘zilgan (oddiy davriy profilli);

В-I tekis sirtli;

B-II yuqori darajada mustahkam (tekis);

Br-II yuqori darajada mustahkam (davriy profilli);

K-7, K-19 (V-II sinfli simdan to'qilgan sim arqon-kanat).

Oddiy armatura sifatida А-I, A-II, A-III va Br-I, В-I sinfli armaturalardan foydalaniladi. Zo'riqtirilgan armatura sifatida esa A-IV, A-V, A-VI, A-V, AT-VI, Br-II, B-II va K-7, K-19 sinfli armaturalar ishlatiladi.

Agar sterjenli armatura kuchlanish ostida zanglashga (korroziya)ga nisbatan o 'ta turg'un bo'lsa, uning sinfiy belgisiga Кharfi qo'shiladi (masalan, AT-IV K), agar payvand moyil b o 'lsa , “С” harfi qo'shiladi (o'tda toblangan armaturalar uchun: masalan, AT-IV C). Agar armaturada har ikkala xususiyat mavjud bo'lsa, unda СКharflari qo'shiladi

(masalan, AT-V CK).

Temirbeton konstruksiyalarida davriy profilli sterjenli armaturalar keng qo'llaniladi (1.10-a, b rasm). Armatura sirtining davriy profilli shakli (ya'ni uning g'adir-budurligi) uning beton bilan yopishuvini yanada oshiradi, bu esa, o 'z navbatida, beton cho'zilishga ishlaganida yoriqlarning kengayishini kamaytiradi, armaturani betondagi mahkamlashi bo'yicha maxsus choralar ko'rishdan xalos etadi.



Ustun osti poydevorlari

Ustun ostiga o'rnatiladigan alohida poydevorlar ko'pincha tarhda kvadrat ko'rinishga ega boMadi. Poydevorga qo‘yiladigan yuk nomarkaziy bo’lsa, uni to‘g‘ri to'rtburchak shaklida olinadi. Kichik yig'ma poydevorlar piramida (9.1-rasm, a) yoki pog'onali (9.1-rasm, b) ko'rinishda ishlanadi, kattaroqlari esa bir necha bo'lakdan tashkil topadi (9.1-rasm, v). Poydevor chuqurroq o'rnatiladigan hollarda ustun tagligiga ega bo'lgan poydevorlar qo'llaniladi (9.1-rasm, g), qo'yma poydevorlar ko'pincha pog'onasimon shaklga ega bo'ladi (9.1-rasm, d).



Poydevorlarda В15—B20 sinfli beton qo'llaniladi; diametri 10 mm dan kam bo'lmagan, kataklari 100—200 mm davriy profilli sterjenlardan to'qilgan to'r bilan armaturalash tavsiya etiladi. To'r poydevorning pastki qismiga qo'yiladi, bunda himoya qatlamining qalinligi, poydevor ostiga qum-shag‘al yoki kuchsiz betondan tayorlov qatlami to‘shalgan bo‘lsa 30—35 mm, bunday qatlam bo‘lmasa 70 mm olinadi.

Yig'ma ustunlar poydevorga bikir mahkamlanadi. Ustunning poydevor

ichiga kirib turish chuqurligi ustun ko'ndalang kesimining kata o’lchamidan kichik bo‘lmasligi yoki ustunning bo‘ylama ishchi armaturasi 20d dan kam bo’lmasligi lozim (9.1-rasm, b). Ustun ostiga poydevor chuqurchasiga (stakanga) 50 mm qalinlikda beton quyiladi, chuqurcha devorlari bilan ustun orasidagi masofa pastda 50 mm, yuqorida 75 mm ni tashkil etadi. Stakan tubi va devorlarining qalinligi 200 mm dan kam boMmasligi kerak. Stakan devorlari hisoblanmay, konstruktiv shartga muvofiq armaturalanadi.

Monolit poydevorlar ham, yig‘ma poydevorlarga o'xshab, to ‘rlar bilan armaturalanadi (9 .1-rasm, d). Poydevor bilan ustunni bikir biriktirish uchun poydevordan chiqarib qo‘yilgan armatura ustundan chiqib turgan armaturaga payvandlanadi. To‘qima karkaslarda armature payvandlanmay, yonma-yon qo‘yib bogManadi.

Alohida poydevorlarning hisobi ikki qismdan tashkil topadi: a)

zaminni hisoblash orqali poydevorning tarhdagi o’lchamlari aniqlanadi; b) poydevorni mustahkamlikka hisoblash yoMi bilan uning alohida

qismlari o’lchami belgilanadi va armatura miqdori aniqlanadi.

Ko‘p qavatli fuqaro binolari

Hozirgi davrda zavodlarda tayorlanadigan yirik oMchamli yig‘ma temirbeton elementlardanbunyod etiladigan sinchli va sinchsiz (yirik panelli) binolar eng keng tarqalgan bino turlaridan hisoblanadi.

Sinch-panelli binolar to‘la va to‘la bo‘lmagan sinch ko'rinishida loyihalanadi. To‘la sinch variantida qobirg'ali yopmaning uchlari ustunlarga o‘rnatiladi. Ustunlar va yopmaning qobirg‘alari binoning fazoviy sinchini hosil qiladi. Devor panellari ustunlarga mahkamlanadi. To’la bo’lmagan sinch variantida chetki ustunlar o ‘rniga yuk ko'taruvchi devorlar tiklanadi, yopmalarning bir uchi ana shu devorlarga, ikkinchi uchi esa ichki ustunlarga tayanadi.

Uy-joy qurilishida yirik panelli (sinchsiz) binolar keng tarqalgan; sinchning yo‘qligi va zavodda taxtlash darajasining yuqoriligi, montaj ishlarining kamayishi binoning arzonlashuviga olib keladi. Hisoblar balandligi 20 qavatgacha boMgan yirik panelli uylar sinchli binolarga nisbatan ancha arzon ekanligini ko‘rsatdi (narxi 5... 10 foiz arzon, qurish uchun sarflanadigan mehnat 10... 15 foiz kam, armatura ham 30...50 foiz kam sarflanadi). Binolarning eni xonalarni tabiiy yoritish nuqtai nazaridan 12...16 m atrofida olinadi.

Yirik panelli binolar devorlarining yuk ko‘tarishiga qarab ikki guruhga bo’linadi: guruhlarning birida yukni ko‘ndalang devorlar,ikkinchisida bo'ylama devorlar ko'taradi. Yukni ko‘ndalang devorlar ko‘targani ma'qul deb sanaladi, chunki bunda yopmalarning og’irligi ko‘ndalang devorlarga berilib, bo‘ylama devorlar yuk ko'tarmaydi, ular faqat to‘siq vazifasini o ‘taydi, bu esa ularni engil ashyolardan (keramzitobeton, agloporitobeton, g‘ovakli beton va h.k.) kata o’lchamlarda yasash imkonini beradi. Yirik panelli binolarning yopmalari va devorlari ko‘pincha xonalar oMchamida ishlanadi.

Ichki va tashqi devor hamda yopma panellari panelli binolarning asosiy konstruksiyalaridir. Yuk ko‘taruvchi ichki devor panellari odatda

sinfi В15 dan kam boMmagan og’irbetondan birqatlamli qilib loyihalanadi

(10.7-rasm, a). Panel qalinligi mustahkamlik, tovush o‘tkazmaslik va olovbardoshlik talablari asosida belgilanadi. Panelning ikkala yo‘nalishida

qo‘yiladigan gorizontal va vertikal armaturaning yuzasi konstruktiv ravishda belgilanib, panel kesimining 0,2 sm2/m miqdorida qabul qilinadi.

Yuk ko‘tarmaydigan tashqi devor panellari g‘ovakli yengil betondan 240...350 mm qalinlikda bir qatlamli qilib tayyorlanadi. Yuk ko'taradigan tashqi devorlar ikki yoki uch qatlamli qilib ishlanadi (10.7-rasm, b, v). Armatura faqat og’ir betonli qatlamga qo‘yiladi. Panelning sarbasta (peremichka) qismiga qo‘yiladigan armatura hisoblash yoki bilan tanlanadi [8].

Yopma panellari ko‘p bo'shliqli yoki yaxlit plita tarzida ishlanadi. Oraliq masofasi 4,8 m dan kichik bo‘lsa, plita oldindan zo'riqtirilmaydi. Armaturalar plitaning qay tarzda ishlashiga qarab joylashtiriladi. Bo‘ylama va ko‘ndalang devorlari yuk ko'taradigan binolarda yopma panellari uch yoki to ‘rt tomoni tiralgan plita sifatida, qolgan hollarda esa ikki uchi tiralgan plita kabi ishlaydi.

Devor va yopma panellarining birikuvi bino elementlarini siqilish, cho‘zilish va siljish zo‘riqishlarini qabul etishda birgalikda ishlashini ta’minlashi lozim. Panellar orasidagi vertikal choklar beton shponkalari va payvandlash yordamida biriktiriladi. Gorizontal choklar siqilish zo‘riqishlarining uzatilishiga qarab platformali (10.7-rasm, g), kontaktli (10.7-rasm, d) va aralash (10.7-rasm, e) turlarga bo’linadi. Ichki devorlar



bilan yopma orasidagi chok odatda platformali usulda, tashqi devorlar — aralash usulda biriktiriladi. Butun xonalar yoki xonadonlardan tashkil topgan fazoviy temirbeton bloklarning ishlab chiqilishi va qurilish amaliyotiga tatbiq etilishi yirik panelsozlikda olg'a qo'yilgan bir qadam bo'ldi. Hajmiy bloklar alohida tayyorlangan yassi devor va yopma panellarini zavodning o‘zida yig‘ish yo‘li bilan yoki ≪stakan≫, yoki ≪qalpoq≫ ko'rinishida quyma (monolit) holda yasaladi. Hajmiy bloklarning ichki pardozlash ishlari ham zavodda bajariladi, shu boisdan qurilish maydonchasida bajariladigan ishlar hajmi ancha qisqaradi. Ko‘p ishlar zavodning o ‘zida mexanizmlarvositasida amalga oshirilganligi sababli hajmiy bloklardan qad ko‘targan binolar iqtisodiy jihatdan ancha samaralidir. Bunday binolar 1 m2 ning narxi g'isht yoki yirik blokli binolarga nisbatan ancha arzon bo'ladi. Bu turdagi binolarning kamchiligi — tarhiy echimlarining chegaralanganligi va bloklarni tarhda joylashtirganda variantlar sonining kamligidir.

Sirpanuvchi qoliplarda qad ko‘taradigan ko‘p qavatli monolit temirbeton binolarning istiqboli kengdir. hozirgi paytda ko'pgina shaharlarda shu usulda bunyod etilgan 17—20 qavatli monolit binolarni uchratish mumkin.


  1. XULOSA

Ushbu diplom oldi amaliyotida bizga kerak bo’lgan zarur bilim va ko’nikmalarni o’rgandik. Arxitektura sohasida ishlaydigan barcha insonlar shuni bilishi lozimki qurilish birgina inson bilan amalga oshirilmaydi.

Xullas kalom ushbu diplom amaliyoti shaxsan men uchun juda foydali bo’ldi deb ayta olaman. Endi bu ko’nikmalarni nazariy bilimlar bilan uyg’unlashtirgan hollatda bir butun qilib bir biridan ajoyib binolar qurishga va’da beraman.



  1. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR




  1. Asqarov B.A., Nizomov Sh.R. Temirbeton va tosh-g‘isht konstruksiyalari. — Т.; ≪Iqtisod-Moliya≫, 2008.


Internet sahifalari


  1. http://www.bizninguylar.uz/

  2. www.google.com

  3. https://bcity.uz/

  4. https://www.gazeta.uz/ru/2019/06/11/olmazor-city/



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling