Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti


Download 1.84 Mb.
bet7/76
Sana03.12.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1800283
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   76
Bog'liq
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019

Savol va topshiriqlar:

  1. “Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti” fanining maqsadi, predmeti, vazifalari nimalardan iborat?

  2. Arxivlar qanday turlarga bo‘linadi?

  3. Arxivlarning ahamiyati haqida so‘zlab bering.

  4. Arxivlarning tarixiy evolyutsiyasi xususida nimalar bilasiz?

  5. Kurs bo‘yicha asosiy tushunchalarni tariflang.

  6. O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonunini sharhlab bering.

  7. Milliy Arxiv fondi tarkibiga nimalar kiradi?

  8. Arxiv hujjati nima? Qanday hujjatlar turini bilasiz?

  9. Xorijda arxiv haqida qanday talqinlar mavjud?



2-MAVZU
ARXIV BOSHQARUVI VA UNING ASOSIY FUNKSIYALARI. O‘ZBEKISTONDA ARXIV ISHINI BOSHQARISHNI XUQUQIY ASOSLARI. ARXIV ISHINI BOSHQARISH TIZIMI. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI XUZURIDAGI “O‘ZARXIV” AGENTLIGI FAOLIYATI


Reja

  1. Arxivlar boshqaruvi va uning asosiy tamoyillari (xorijiy tajribA.

  2. O‘zbekistonda arxiv ishini boshqarishning xuquqiy asoslari. O‘zbekiston Respublikasining arxiv ishiga doir qonunlari.

  3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan arxiv sohasida qabul qilgan qarorlari.



Kalit so‘zlar: boshqaruv, arxiv, xuquq, arxiv ishi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, me’yoriy hujjatlar, xuquqiy asoslar, “O‘zarxiv” agentligi, boshqaruv, arxivchilar, qonunchilik.



  1. Arxivni boshqaruvi va uning asosiy tamoyillari (xorijiy tajribA

Hozirgi taraqqiyot davrida xorijiy mamlakatlarda arxiv hujjatlarini saqlash tizimiga katta ahamiyat berilmoqda. Xorijiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, arxivlar insoniyat xotirasini moddiylashgan tarzda saqlovchi ombor sifatida jamiyatni rivojlanishi uchun juda katta rol o‘ynaydi. Bugungi kunda ularda yozma, ilmiy-texnik, audio-vizual, elektron shakldagi qimmatbaho ma’lumotlar saqlanmoqda. Shuningdek, ularda odamlar hayoti uchun muhim hisoblangan ma’lumotlar: mehnat staji, yashash joyi va hokazolar to‘g‘risida ham axborot saqlanadi.
Bo‘lajak arxivchilar hujjatlarni saqlovchi axborot resurslarini boshqarishga tayyorgarlik ko‘rar ekan, talabalik davridayoq arxiv ishi va boshqaruvi sohasidagi qonunlar va boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlar to‘g‘risida aniq tushunchaga ega bo‘lishlari kerak. Ular, shuningdek, arxiv sohasini o‘ziga xos muammolarini, turli xildagi arxivlar faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha hujjatlarning o‘ziga xos tomonlarini bilishlari va arxiv sohasini boshqarishdagi masalalar bilan bog‘liq ko‘nikmalar haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari lozim.
Arxiv tashkilotlari tizimini boshqarish ishi, bu davlat siyosati darajasidagi masala bo‘lib, u aniq ishlab chiqilgan qonunchilik asoslarini talab qiladi. Qonunchilik arxiv ishini boshqarish siyosatini belgilash uchun asosiy omil hisoblanadi.
Qator xorijiy davlatlar tajribasiga nazar solsak (AQSH, Buyuk Britaniya,Fransiya va b.), qonunchilikni ikkita guruhga ajratish tavsiya etiladi:
Birlamchi qonunchilik (parlament tomonidan qabul qilingan qonunlar va aktlar).
Ikkilamchi qonunchilik (parlament qabul qilgan qonunlar asosida hukumat tomonidan qabul qilingan me’yoriy aktlar va qonun osti hujjatlari).
Qonunchilik hujjatlarining ikkala guruxi ham mamlakat arxiv tarmog‘i faoliyatini tashkil qilishni belgilab beradi. U boshqaruv organidan to hududiy tashkilotlargacha o‘z ta’sirini o‘tkazadi, turli boshqaruv pog‘onalarida boshqaruvni belgilaydi, arxivlar faoliyatini tashkil qiladi, arxivlarning shaklini belgilaydi va hokazo. Masalan, qonunchilik alohida yozuvlarni (registr) maxsus maqsadlarda saqlanishini belgilasa (ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomani ta’minlash uchun), xuddi shunday tarzda boshlang‘ich hujjatlar saqlanadigan milliy arxivga ham talablar qo‘yish mumkin. Bunday hujjatlarning tugash muddatlari hujjatlar, hamda yozuvlarni saqlanishini aniqlashda juda katta ahamiyatga ega. Qonunchilik o‘z-o‘zidan har doim ham barcha hujjatlarni saqlanish muddatlarini belgilab bera olmaydi. Ammo har bir aniq holat uchun arxiv sohasini asosiy qonunlari asosida ishlab chiqilgan qonun osti hujjatlari va boshqa xuquqiy-me’yoriy hujjatlar mavjud.
Umuman, qonunchilik hujjatlari qo‘yidagi vazifalarni bajarishi lozim:
- arxiv sohasini boshqarishni tashkil qilish;
- arxiv tashkilotlarini tipologizatsiyasi masalalarini hal etish;
- ayrim arxiv turlarida ishlash tartibini belgilash;
- arxiv materiallarini saqlash muddatlarini tasdiqlash;
- hujjatlarni muhimligini belgilash va ularning ekspertizasini o‘tkazish qoidalarini ishlab chiqish;
- hujjatlarni baholash va yo‘q qilish tartibini o‘rnatish;
- doimiy, vaqtinchalik depozitar saqlanayotgan hujjatlarni turlarini ajratish;
- turli tashkilotlarda arxiv ishini tashkil qilish tartibini belgilash;
- arxiv saqlovxonalari va arxiv qurilmalariga qo‘yilayotgan talablarni o‘rnatish;
- arxiv xodimlarini ishini tashkil qilish;
- arxiv idoralarining moliyaviy holatini belgilash;
- audit uchun to‘g‘ri hisob olib borishni ta’minlash;
- davlat xizmati organlarini axborot bilan taminlash masalalarini hal etish;
- arxivlarda marketing va menejmentni tashkil qilish masalalarini yoritish;
- tashkiliy me’yorlarni aniqlash va belgilash;
- arxivni turli bo‘limlari uchun hujjatlar, ish yuritish qog‘ozlarini olib borish qoidalari va amaliy tavsiyanomalarni ishlab chiqish;
- xalqaro xuquqiy majburiyatlarning (shartnoma xuquqini) bajarilishini ta’minlash;
- hamkorlik va o‘zaro yordam sohasini tashkil qilishda xalqaro talablarga rioya qilishni talab etish.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling