Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti
Download 1.84 Mb.
|
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019
Arxiv hujjati – bu qimmatli axborot tashuvchi vosita hisoblanib, unda jamiyat yoki biror bir shaxs uchun saqlanadigan yoki saqlanishi kerak bo‘lgan ma’lumot bayon etiladi, ushbu vosita moddiy axborot tushunchasidir.
Agar hujjat jamiyat uchun muayyan ahamiyatga ega bo‘lsa, masalan tarixiy yodgorlik, ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan manba, u tarixiy arxivda, agar hujjat faqat shaxsga bog‘liq bo‘lsa u holda oilaviy arxivda saqlanadi. Arxiv deganda hozirgi davrda qimmatli hujjatlar, ma’lumotlar saqlanadigan joy, shuningdek, shunday manbalarning ma’lum majmuasi tushuniladi. Arxiv so‘zi yunoncha “archive” – “archive” so‘zidan olingan bo‘lib, “saqlanadigan joy”, “mavjud joy” ma’nosini beradi. Shuningdek, “arxiv” atamasi lotinchada “arxivium” – “archivium” – “hukumat binosi” deyilgani ma’lum. Ushbu atama qadimgi davrlardan muomalaga kiritilgan. Arxiv tushunchasi orqali arxiv hujjatlari, arxiv tashkilotlari ularning tuzilmalari, hujjatlarni saqlovchilar manfaatlari uchun qabul qilish va saqlanishni amalga oshiruvchi tashkilot va muassasalar tushuniladi. Yani arxivlar turli idoralarga, shaxslarga, jamiyatga, davlatga tegishli va shunga ko‘ra o‘ziga xos tarkibga, nomlanishiga, xususiyatlarga ega bo‘ladi. Dastlab arxiv hujjatlari hukmdor saroyi, diniy inshoot, kutubxona, olim inson, mulkdor shaxs uyi, turli ustaxona, savdo tashkiloti, bank muassasasi, o‘quv dargohida saqlangan bo‘lsa, keyingi davrlarda, ayniqsa o‘rta asrlardan boshlab, ko‘p hududlarda qimmatli ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan hujatlar uchun maxsus binolar – arxivlar quriladi va ularning faoliyati bilan bog‘liq ma’lum qoidalar ishlab chiqiladi. Yangi davrga kelib arxiv hujjatlari nafaqat davlat boshqaruvi idoralari yoki hukmron tabaqalarga tegishli, balki butun xalq mulki ekani jamiyatda e’tirof etiladi va ulardan keng omma foydalanishiga imkoniyatlar yaratiladi. Arxivshunoslikka oid adabiyotlarda arxiv atamasi turli ma’nolarda ishlatiladi. Arxiv va arxiviarus so‘zi rus tiliga rus podshosi Pyotr I davrida kirib kelgan. U Rossiya qonunchiligida XVIII asr birinchi choragidan ishlatila boshlangan. Masalan, 1720 yildagi bosh reglamentda kanselyariyada ro`yxatga olingan kitoblar, hujjatlar devonxonada va idorada uch yil saqlansa, ular arxivga arxiviarusga tilxat bilan topshiriladi, deyiladi. XVIII asrda arxiv so‘zi hujjatlarni yig‘ish va saqlash bilan shug‘ullanadigan tashkilot tizimiga aytilgan. XVIII asrning birinchi yarmida arxivlar “eski ishlar”ni saqlovchi tashkilot deb atalgan. XIX asrga kelib, arxiv atamasini tarixiy hujjatlarni raqamini belgilash uchun ham ishlatganlar. Dal lug‘atiga ko‘ra, bundan tashqari arxiv atamasi orqali hujjatlar saqlanadigan bino tushunilgan. Unda arxiv hujjatlarni ulardan optimal darajada foydalanish uchun saqlashni amalga oshiradigan tashkilot va uni bo‘linmalari ta’riflanadi. Arxivlarni zamonaviy tarzda ta’riflaydigan bo‘lsak, ular nafaqat o‘nlab xodimlar, ko‘p kilometrli stellajlardan iborat binolardan tashkil topgan tashkilotlar, balki u sizni stolingizdagi qog‘ozga, daftarga tushirilgan yozuvlar, ma’lumotlarni ham arxivlar qatoriga kiritish mumkin. Arxivlar o‘zining funksiyalariga ko‘ra ikki guruxga – Davlat arxivlari va Idoraviy (tashkilot) arxivlariga bo‘linadi. Davlat arxivlari – hujjatlardan kelgusida foydalanish maqsadida ularni yig‘ish, saqlashni tashkil qilish bilan shug‘ullanadigan tashkilot hisoblanadi. Davlat arxivlari o‘zida (doimiy va abadiy) muhim arxiv hujjatlarini saqlaydi. Davlat arxivlarini asosiy vazifasi – tarix faniga xizmat qilish, aholining ijtimoiy-iqtisodiy so‘rovlariga javob berish hisoblanadi. Shuning uchun davlat arxivlarini tarixiy arxivlar deb ham ataydilar. Idoraviy arxivlar – tashkilotlar faoliyatini ma’lumotlar bilan ta’minlashni tashkil qiluvchi, shu tashkilotni hujjatlarini o‘zida saqlovchi, tashkilot va muassasasalarni bo‘limiy tuzilmasi hisoblanadi. Undagi hujjatlarni muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qismlari saqlanish vaqti tugagandan so‘ng tashkilotdan davlat arxiviga saqlash uchun jo‘natiladi. Mamlakatimizni barcha arxiv hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining Milliy Arxiv fondini tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondi – bu xalqimizning moddiy va ma’naviy hayotini aks ettiruvchi, tarixiy ahamiyat kasb etuvchi, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasida yashovchi xalqlarni tarixiy-moddiy hayotini ajralmas qismi bo‘lgan ma’lumotlar yig‘indisidir. O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxivi fondi tarkibiga jamiyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha hujjatlar kiritiladi. Arxivlar o‘rtasida hujjatlarni taqsimlash va har bir arxiv doirasida hujjatlarni tartibga solish Arxiv fondi hujjatlarini tashkil qilish deyiladi. Arxiv fondlari va hujjatlarni tashkil qilishda har bir hujjatning ma’lum tarixiy davrga tegishligi, axborot tashuvchi vositaning turi va boshqa omillar e’tiborga olinadi. Arxiv fondi hujjatlarini to‘g‘ri tashkil qilinishi undagi hujjatlarni tezkorlik bilan izlab topish imkonini beradi. Arxivshunoslik adabiyotida “tashkil qilish” atamasi hujjatlarni “tasniflash” (turlarga ajratish) va “tizimlashtirish” (tartibga solish) atamalarining ma’nosi bilan bog‘liqdir. Tasniflash – bu hujjatlar majmuasining ilmiy asoslarini aniqlab, ular o‘rtasidagi tarixiy va mantiqiy bog‘liqlik asosida guruhlashtirish, tashkil qilish hisoblanadi. Tizimlashtirish – hujjatlarni ularning turlari bo‘yicha, tasniflash natijasida yaratilgan sxema asosida joylashtirish, tartibga solishdir. Zamonaviy tushunchalarda hujjatlar va ishlarni tashkil qilish ikkita jarayonni – turlarga ajratish va tizimlashtirishni bildiradi. Mamlakatimizda Arxiv fondi hujjatlarini tashkil qilish qo‘yidagi uchta bosqichda amalga oshiriladi: - O‘zbekiston Milliy Arxiv fondi doirasida; - arxivlarda; - arxiv jamg‘armalarida. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling