Arxiv nima degani? Umuman olganda arxiv nima ekanligini hamma biladi. Arxivda xar hil turdagi kerakli xujjatlar va boshqa narsalar saqlanadi
Download 0.54 Mb.
|
mustaqil ish oripov dostonbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron arxiv bu — sizning kompyuteringizdagi arxivdir. Arxiv haqida gapirshadan oldin quyidagi terminlarni bilib olish muhim sanaladi. Arxiv – ma’lumotlarni siqilgan holdagi ko‘rinishi.
- E’tiboringiz uchun tashakkur
Andijon Qishloq Xo’jaligi qoshidagi akademik litsey talabasi Oripov Dostonbek Arxivshunoslik fanidan tayyorlagan mustaqil ishiArxiv nima degani? Umuman olganda arxiv nima ekanligini hamma biladi. Arxivda xar hil turdagi kerakli xujjatlar va boshqa narsalar saqlanadi. Bu maqolada qog‘oz shaklidagi arxiv emas, balki elektron arxiv haqida ma’lumot berib o‘tmoqchiman.Elektron arxiv bu — sizning kompyuteringizdagi arxivdir. Arxiv haqida gapirshadan oldin quyidagi terminlarni bilib olish muhim sanaladi. Arxiv – ma’lumotlarni siqilgan holdagi ko‘rinishi.Arxivator – bu dastur bo‘lib, bir necha fayllarni bitta kichik hajmdagi arxiv faylga yig‘ish uchun ishlatiladi. Yig‘ishdan maqsad, fayllarni kichik hajmda saqlash va oson ko‘chirishdir. Arxivator, nafaqat yangi arxiv fayl yaratish uchun, balki arxiv fayllarini ochish uchun ham ishlatiladi. Hattoki boshqa arxivatorda arxiv fayl yaratilgan bo‘lsa ham(agar kengaytmasi bir hil bo‘lsa). Keling, endi elektron arxivning avzalliklarini birma bir ko‘rib chiqamiz.Dastlab, arxiv nima uchun kerak? degan savolga javob olamiz. Arxivda siz oddiy matnli ma’lumotlardan tortib, video ma’lumotlarni ham saqlashingiz mumkin bo‘ladi. To‘g‘ri barcha ma’lumotlar vinchesterda saqlanadi va arxiv fayllar ham shu yerda saqlanadi, lekin arxiv fayllar kamroq joy egallaydi. Agar sizda qandaydir katta hajmdagi ma’lumotlar mavjud bo‘lsa va siz ularni shu kunlarda ishlatmasligingiz ma’lum bo‘lsa, ularni arxivlab, olib qo‘yishingiz mumkin bo‘ladi. Oddiy fayllarni esa o‘chirib tashlab, vinchesteringizni katta hajmdan halos qilishingiz mumkin. Kerak paytda arxiv faylni ochib, kerakli fayllarni shu yerdan olib, ishlatishingiz mumkin.Yana bir tomoni, arxiv fayllarni buzilish ehtimoli juda kam, hattoki buzilsa ham, uni qayta tiklash mumkin bo‘ladi. Agar arxiv fayllar o‘chib ketsa, fayllarni tiklovchi dasturlar arxiv fayllarni osonroq qayta tiklab beradi. Arxiv fayllarga virus tushushi juda qiyin hisoblanadi. Bu degani, sizning arxiv faylingiz, oddiy fayllarga nisbatan viruslarga chidamlidir. Internet orqali bir necha fayllarni jo‘natish uchun qulay hisoblanadi. Internet orqali birdaniga butun papkadagi fayllarni hammasini jo‘natish imkoni yo‘q. Papkadagi barcha fayllarni birma-bir jo‘natishingiz kerak bo‘ladi. Agar siz butun papkani arxivlasangiz, papkadagi barcha fayllarni birdaniga jo‘natish imkoniga ega bo‘lasiz.Arxivning keyingi qulayligi, bu ma’lumotlarni maxfiy holda saqlash imkoni mavjudligidir. Arxivator yordamida yaratgan arxiv faylingizga siz parol o‘rnatishingiz mumkin bo‘ladi. Bu parol bitta arxiv faylga bitta o‘rnatiladi.Agar arxiv fayl ichida, bir necha fayllar mavjud bo‘lsa, o‘rnatgan parolingiz faqat arxivni ochish uchun ishlatiladi, arxiv ichidagi fayllar ochiq holda saqlanadi. Agar siz arxiv faylingizga harf va sonlardan iborat uzun parol qo‘ysangiz, uni buzish imkoni qiyinlashadi. Uncha muncha xakerlar ham bunday parollarni topa olishmaydi. Hullas, arxiv fayllar ishonchli hisoblanadi.E’tiboringiz uchun tashakkurDownload 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling