Arxiv xujjatlarini saqlash tiklash va qayta ishliv berish ishlari


Download 0.95 Mb.
bet2/5
Sana24.03.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1290781
1   2   3   4   5
Bog'liq
Arxiv xujjatlarini saqlash tiklash va qayta ishliv berish ishlari

Fondlar ro’yxati.

  • Har bir arxivda saqlanayotgan fondlarning tartib bilan yozilgan ro’yxati bo’ladi. Mazkur ro’yxatga muvofiq arxivga qabul qilingan har bir fondga tartib raqami beriladi. Bu raqam boshqa fondlarga berilishi mumkin emas. Inqilobdan oldingi, sovet davri va mustaqillik davri hujjatlari birga saqlanayotgan arxivlarda (masalan, O’zR MDA) bu uchta guruh uchun alohida-alohida fondlar ro’yxati mavjud bo’ladi. Sovet davri fondlarining tartib raqami oldidan «R» harfi, mustaqilik davri hujjatlari uchun «M» harfi qo’yiladi (masalan, R-1, R-2, R-3; M-1, M-2, M-3 va hokazo). Boshqa arxivlarda fondlar ro’yxati yagona tartibda tuziladi. Fondlar ro’yxatida fondning tartib raqami, boshlangan yilidan tashqari fondni tashkil qiluvchi muassasaning to’la nomi yoziladi. Agar muassasaning nomi o’zgargan bo’lsa, tartib bilan uning barcha nomlari ko’rsatiladi. Agar mazkur fond boshqa arxivga ko’chirilsa, «Arxivdan olinganiligi haqida ma’lumot» degan joyda qayerga ko’chirilganligini qayd etiladi.

Fond varaqasi.

  • Bu varaqada arxiv fondining nomi va tartibi, fondda saqlanayotgan hujjatlarning miqdori, xronologik chegaralari va tarkibi, fonddagi yig’majildlar va hujjatlarning ro’yxati kiritiladi. Fondlar varaqasi faqat hisob hujjati emas, balki ma’lumot beruvchi varaqa hamdir. Ammo fondlar varaqasi arxivdagi fondlarning tartib raqami bo’yicha olib borilishi sababli bu hol kerakli fondni izlab topish imkoniyatini cheklab qo’yadi. Shu sababli ularga qo’shimcha ravishda fondlar varaqasi ko’rsatkichi (ukazatelp) tuziladi.

Ro’yxatlar.

  • Yig’majildlar ro’yxati – bu arxiv ma’lumotnomasi bo’lib, unda arxiv fondidagi hujjatlarning sarlavhasi, tarkibi va mazmunini aks ettiriladi.
  • Yig’majildlarga ilova qilinadigan ularning ichki ro’yxati (mundarijasi).
  • Fondlar tavsifnomasi. Har bir fondning tarixi va ahvoli haqida ma’lumot beruvchi hujjat.
  • Arxiv pasporti (shahodatnomasi). Har yilning boshida tuzilib, arhiv haqida hartomonlama ma’lumot beruvchi hisobotnoma. Unda arxivda saqlanayotgan hujjatlarning hajmi, ularni saqlash sharoitlari to’g’risida, arxivdagi kadrlar haqida ma’lumot beriladi. Shahodatnomaning 2-bo’limida arxivdagi fondlar, ularda saqlanayotgan yig’majildlar miqdori haqida hamda boshqa ma’lumotlar bo’lishi mumkin.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling