Arxivlar haqidagi umumiy tushuncha


Ikkinchi jahon urushi yillarida O’zbekiston arxivlarining ahvoli


Download 273.08 Kb.
bet11/63
Sana07.04.2023
Hajmi273.08 Kb.
#1337482
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63
Bog'liq
ARXIVSHUNOSLIK MUTAXASIS TAYYORLASHDA HARAKTERI VA XUSUSIYATLARI

Ikkinchi jahon urushi yillarida O’zbekiston arxivlarining ahvoli


Urush davrining qiyinchiliklariga qaramay 1941-1945 yillarda respublika hukumati arxiv ishini yaxshilash sohasida ancha ishlarni amalga oshirdi. 1943 yilda O’zbekiston

kinofotofonohujjatlar markaziy arxivi tashkil qilindi. 108ta rayon davlat arxivlari ochilib, ularning mudirlarini oylik maoshi deyarli 3 baravarga oshirildi. Arxivlar yangi kadrlar bilan mustaxkamlandi. Urush yillarida arxivlarda mehnat qilayotgan xodimlarning soni 113 kishidan 306 kishiga yetdi. Arxiv xodimlari hujjatlarni ehtiyot qilish maqsadida idoraviy arxivlar ishini tartibga solish va bu yerdagi hujjatlarni davlat arxivlariga qabul qilishga alohida e’tibor berdilar. 1941-1942 yillarda respublika davlat arxivlariga 0,5 million saqlov birligi qabul qilindi. 1944-1945 yillarda esa bu ko’rsatkich 48 ming saqlov biriligini tashkil etdi. Qabul qilingan hujjatlar sonining kamayishi joylar yetishmasligi hamda tashkilotlarda ish yuritish hujjatlarining kamayishi bilan bog’liq edi. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, urush davrida O’zbekistonga sobiq Ittifoqning markaziy rayonlaridan 30 ta ittifoq

muassasalari va korxonalari arxivlari evakuasiya qilindi. Ular asosan mavjud arxivlar binolarida joylashtirildi. Bu esa arxivlarda joylar yetishmasligiga olib keldi.
Davlat arxivlarining asosiy vazifalaridan biri tartibga solinmagan arxiv fondlarini tartibga solish edi. Respublika davlat arxivlarida 1941 yilda 100 ming, 1944-1945 yillarda 136 ming saqlov birligidagi hujjatlar tartibga solindi.
Arxiv hujjatlaridan foydalanish sohasida ham bir qator ishlar qilindi. Xalq xo’jaligida foydalanish maqsadida ko’p hujjatlar topilib, tegishli tashkilotlarga yuborildi. Bu hujjatlardan foydalanish tashkilotlarga ancha iqtisodiy samara keltirdi. Arxiv xodimlari tomonidan 1944-1945 yillarda 21 ta maqola e’lon qilindi, 9ta radioeshittirish, 4 ta ko’rgazma tashkil etildi, ko’plab ma’ruzalar o’qildi. Arxivlar qiroatxonasida yuzlab tadqiqotchilar ilmiy ishlari uchun arxiv hujjatlaridan foydalandilar.
Shunday qilib, O’zbekiston arxivchilari urush yillarida fidokorlik bilan mehnat qildilar. Ular arxiv hujjatlarini ehtiyot qilib saqlash, yangi hujjatlarni qabul qilish va tartibga solish, ulardan foydalanishni tashkil etish borasida samarali ish olib bordilar.



Download 273.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling