Shaxsiy tarkib
hujjatlari – xodimlarning ishga qabul qilinishi, xizmat bo’yicha ko’tarilishi, boshqa lavozimga o’tkazilishi, ishdan bo’shatilishi bilan bog’liq hujjatlar majmui (buyruqlar, shaxsi y hisob varaqasi, shaxsiy yig’majild, tavsifnoma, tarjimayi hol va h.)
Ma’lumotlilik mohiyatini (yoki amaliy ahamiyatini)
yo’qotgan hujjatlar – muassasa yoki korxonaning faoliyati uchun
kerak bo’lmay qolgan hujjatlar majmui
Ilmiy-tarixiy qimmatga
ega hujjatlar - jamiyat o’tmishini o’rganishda ahamiyatli bo’lgan hujjatlar majmui
Shaxsiy yig’majild – biron shaxsning ijtimoiy faoliyatini yoritib
beruvchi hujjatlar majmui
Shaxsiy hisob varaqasi – biron shaxsning tajimayi holi va ijtimoiy
faoliyati xususidagi ma’lumotlar aks ettirilgan hujjat
Attestasiya komissiyasi
bayonnomasi – biron xodimning egallab turgan lavozimiga loyiqligi yoki loyiq emasligi haqida komissiya xulosasini aks ettirgan hujjat
Mehnat daftarchasi – xodimning mehnat faoliyati bosqichlarini aks
ettirgan hujjat
Shaxsiy tarkib hisobi
bo’yicha kitob – muassasa yoki korxonada mehnat qilgan ishchi xodimlar ro’yxati va ular haqidagi boshqa ma’lumotlarni o’zida aks ettirgan daftar (jurnal)
Shaxsiy tarkib hujjatlari deb nimaga aytiladi?
Shaxsiy tarkibga oid hujjatlarning qanday shakllarini bilasiz?
Shaxsiy tarkib hujjatlarining qaysilari asosiy hujjatlar deb ataladi?
Shaxsiy tarkib hujjatlarining qimmatdorligini belgilab beruvchi mezonlar haqida so’zlab bering.
Shaxsiy tarkibga oid hujjatlar qanday ilmiy-tarixiy ahamiyatga ega?
Bir xil ko’rinishdagi shaxsiy tarkib hujjatlarining qaysi biri davlat saqloviga tanlab olinishi lozim?
Shaxsiy yig’majild deganda nimani tushunasiz?
Shaxsiy hisob varaqasida qanday ma’lumotlar aks ettiriladi?
Attestasiya komissiyasi yig’ilishi bayonnomasida qanday masalalar yoritiladi, deb o’ylaysiz?
Mehnat daftarchasi nima?
Shaxsiy tarkib bo’yicha kitob haqida gapirib bering.
Mukofotlash yig’majildi qanday ma’lumotlarni o’zida mujassam etadi? 13.Nafaqaxo’rlarning shaxsiy yig’majildlari arxivda saqlanishi mumkinmi? Nega?
Manbalar va adabiyotlar
Alimov I. va b. Arxivshunoslik. Toshkent, 1997.
Tolibov R. Arxivshunoslik (Ma’ruzalar matni) Navoiy 2005 yil
Do'stlaringiz bilan baham: |