Arxiv hujjati e’lon qilish uchun tanlab olingandan keyin komppyuterda uning nusxasi tayyorlanadi. Uni chop etishga tayyorlash
jarayonida arxiv hujjatida mavjud bo’lgan imlo xatolari to’g’rilanadi, qisqartirib yozilgan so’zlar kvadrat qavs ichida to’la yoziladi. Bu ishdagi asosiy talab arxiv hujjati mazmunining o’zgarmasligidir. Hujjatlarda rezolyusiya va har xil belgilar bo’lsa, ular tushirib qoldirilmaydi, hujjatning asosiy matnidan keyin beriladi.
Hujjatning oxirida imzo bo’ladi. Imzoni o’qib, uning egasi ism-sharifini aniqlab yozib qo’yish lozim. Mabodo uni o’qishning iloji bo’lmasa, «imzo» so’zi yozilib, imzoning egasi ism-sharifini o’qib bo’lmaganligi haqida izox berib o’tiladi.
Hujjatlarni arxeografik jihatdan rasmiylashtirish
Hujjatga sarlavha yoziladi va hujjatning arxiv shifri, manzili ko’rsatiladi. Hujjat sarlavxasida uning
sanasi, turi, nomi, muallifi, kimga qarata yoki kimga nisbatan yozilgani (adresati), mazmuni ko’rsatiladi.
Hujjatning oxirida «legenda», ya’ni nazorat-ma’lumotnoma yoziladi. Bu kismda arxivning nomi, shifri, ya’ni fond nomi, tartib raqami, ro’yxat raqami, yig’majild tartib raqami, jild varaklari, shuningdek hujjatning asl nusxa yoki ko’chirma ekanligi ko’rsatiladi. Hujjatning «legenda»si quyidagicha ko’rinishga ega bo’ladi: O’zR MDA, 837-fond, 2-ro’yxat, 24-yig’majild, 10-12-varaqlar. Asl nusxa.
Hujjatlar to’plam ichida xronologik, mavzular bo’yicha yoki boshqa belgilar asosida joylashtiriladi.
Odatda to’plam mavzularga bo’lingan bo’ladi. Hujjatlar mavzular ichida xronologik tartibda joylashtiriladi.
To’plam ilmiy-ma’lumotnoma apparatida kirish, izohlar, har xil ko’rsatkichlar – ismlar, geografik, predmet va boshqalar, mundarija bo’ladi.
Hujjatlar to’plami biron-bir mavzuga doir hujjatlarning alohida kitob
shaklida nashr etilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |