Arzon uy-joy – qishloq aholisining talab va ehtiyojlarini hamda to’lov qobiliyatini hisobga olib, davlat dasturiga ko’ra namunaviy loyiha asosida quriladigan uy-joylar. Axborot
Download 17.04 Kb.
|
Glossariy
- Bu sahifa navigatsiya:
- AXBOROT SOHASINI LIBERALLASHTIRISH
- AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI
- AHOLI BAHDLIGI SOHASIDAG DAVLAT SIYOSATI
- YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI
- IJTIMOIY-IQTISODIY MUNOSABATLAR
- IJTIMOIY-TIBBIY XIZMAT
- ISH BILAN TA’MINLANISH
- MANFAAT
- SOG’LIQNI SAQLASH TIZIMI
- FIKR ERKINLIGI
- KORRUPSIYAGA OID HUQUQBUZARLIK
- KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO’YICHA RESPUBLIKA IDORALARARO KOMISSIYASI
ARZON UY-JOY – qishloq aholisining talab va ehtiyojlarini hamda to’lov qobiliyatini hisobga olib, davlat dasturiga ko’ra namunaviy loyiha asosida quriladigan uy-joylar. AXBOROT – (informatio lotinchadan ma'lumotlar, tushuntirishlar, bayonlarni anglatadi) – bu ma'muriy, tashkiliy tadbirlar o‘tkazish haqida qarorlarni qabul qilish uchun, shuningdek taklif va tavsiyalarni tayyorlash uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi muhim faktlar (shaxslar, harakatlar, tashkilotlar, voqyealar) to‘g‘risidagi ma'lumotdir. Falsafiy nuqtai nazardan axborot bizning ma'lumot (belgi) olish natijasida o‘rganilayotgan hodisalar (jarayonlar) haqida tasavvurlarimizning noaniqligini kamaytirish yoki olib tashlashni ta'minlaydi. AXBOROT MADANIYATI – jamiyatning axborot resurslar va axborot kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalanish, shuningdek bu maqsadlarda axborotlashtirish vositalar va axborot texnologiyalarni rivojlantirish sohasida ilg‘or yutuqlarni qo‘llash qobiliyati. Axborot madaniyati kishida axborot muhiti bilan o‘zaro munosabatda bilim, mahorat, ko‘nikma va refleksli ko‘rsatmalar mavjud bo‘lishi bilan ifodalanadi. Kishining axborot madaniyatining eng muhim elementlaridan biri – axborot resurslarini bilish (ulardan erkin foydalanish imkoniyati). AXBOROT MAKONI – (Axborot muhiti) axborotni saqlash, ishlash va uzatish bo‘yicha texnikaviy va dasturiy vositalar, shuningdek axborotlashtirish jarayonining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy shartsharoitlari majmuasi. AXBOROT SOHASINI LIBERALLASHTIRISH – (libera lis lotinchadan erkinlikka taalluqli) OAV huquq va erkinliklarini kengayish jarayoni, shuningdek ularning faoliyatidagi cheklovlarini olib tashlash va davlat nazoratini susaytirish. AXBOROT ERKINLIGI – fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bo‘lib, so‘z, matbuot va boshqa ommaviy axborotga ega bo‘lgan axborotni olish huquqi va qonuniy asosda olingan axborotlarni tarqatish huquqi axborot erkinligi hisoblanadi. O‘z.Res. Konstitutsiyasiga asosan, ommoviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar, senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi (67-modda). AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI – axborot foydalanuvchilari manfaatida uni yig‘ish, ishlash, saqlash, tarqatish, aks etish va foydalanish maqsadida integrallashgan metodlar, ishlab chiqarish jarayonlar va dasturiy-texnikaviy vositalar majmui. Bugungi kunda AT tushunchasiga mikroelektronika, kompyuterlar va dasturiy ta'minotni ishlab chiqish va ishlab chiqarish, aloqa va telefoniya, mobil servislar, Internetdan foydalanishni ta'minlash, Internet axborot resurslarini ta'minlash kiradi. AHOLI BANDLIGI – mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy mehnatda qatnashish darajasi, qonunchilikka zid bo’lmagan tarzda fuqaroning shaxsiy va ijtimoiy talablarini qondirish bilan bog’liq bo’lgan faoliyati. AHOLI BAHDLIGI SOHASIDAG DAVLAT SIYOSATI – davlat tomonidan fuqarolarning mehnatga to’liq, samarali va erkin tanlangan bandlikka bo’lgan huquqlarini ta’minkash bo’yicha amalga oshiriladigan faoliyat. BEPUL TIBBIY XIZMAT – fuqarolarga qulaylik va imtiyozlar berish maqsadida davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlar majmuasi. DAVLAT IJTIMOIY XIZMATI – mehnatga layoqatsizligi, ishsizligi, daromad manbai mavjud bo’lmagani sababli mustaqil ravishda o’zini moddiy ta’minlay olmagan shaxslarga davlat tomonidan beriladigan yordam. YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI – davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellectual, ijodiy va boshqa yo’nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar. YOSHLAR VA BANDLIK – ijtimoiy yetuklikka erishish davrini boshdan kechirayotgan o’n besh yoshdan o’ttiz yoshgacha bo’lgan ijtimoiy demografik guruhlarning ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etilganlik muammosi. IJTIMOIY ADOLAT – barcha ijtimoiy toifalarning jamiyatda o‘z o‘rni mavjudligini va qonun oldida ularning o‘zaro teng huquqlarga ega ekanligini e'tirof etish. IJTIMOIY-IQTISODIY MUNOSABATLAR – bu kishilar uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne'matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va is'temol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar. IJTIMOIY YORDAMGA MUHTOJ SHAXSLAR – o’zining salomatligi, yoshi, daromad olish imkoniyatlarining cheklangani tufayli o’zgalarning ko’magiga muhtoj shaxs hamda oilalar. Ular o’zlarining yozma arizlariga ko’ra ijtimoiy yordamning bir yoki bir necha turlaridan foydalanishga haqli bo’ladi. IJTIMOIY SOHA – aholining munosib turmush sharoiti va farovonligini ta’minlashga xizmat qiluvchi soha va tarmoqlar majmuasi. Bular qatoriga uy-joy fondlari, sog’liqni saqlash, na’lim, sport, madaniyat muassasalari va boshqa tuzilmalarni kiritish mumkin. IJTIMOIY-TIBBIY XIZMAT – joylarda har bir oilani o’rganishning ijtimoiy, demografik, iqtisodiy va tibbiy jihatlarini o’z ichiga oluvchi, ijtimoiy sohada faoliyat ko’rsatadigan idoralar, tashkilotlar va muassasalarning sa’y-harakatlarini birlashtirish. IJTIMOIY XIZMAT KO’RSATISH – xizmatlar ehtiyojmand shaxslarga yordam ko’rsatish, ularga boshqa fuqarolar bilan bir qatorda jamiyat hayotida ishtirok etish imkoniyatlarini yaratish va ularning odatiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda ta’minlash bo’yicha kompleks huquqiy, iqtisodiy, psixologik, talimiy, tibbiy, reabilitatsion va boshqa choralar. JIJTIMOIY FAOLLIK – ijtimoiy sub’yektlarning xatti-harakati, bu xatti-harakatlar ularning hayot faoliyat sharoitlarini yaratadi yoki o’zgartiradi hamda ularning o’zliklarini ham rivojlantiradi. ISH BILAN TA’MINLANISH – fuqarolarning qonun hujjatlariga zid kelmaydigan, o’z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq bo’lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatidir. ISH BILAN BANDLIK – iqtisodiy faol aholining qonun hujjatlariga muvofiq daromad keltiradigan faoliyatga ega bo’lish. MADANIYAT – kishilarning tabiatni, borliqni o‘zlashtirish va o‘zgartirish jarayonida yaratgan moddiy, ma'naviy boyliklar hamda bu boyliklarni qayta tiklash va bunyod etish yo‘llari va uslublari majmui. MADANIYATLI ODAM – o‘qimishli, zamon talablari asosida kiyinish va muomala me'yorlariga amal qiluvchi, ahloq normalariga to‘la amal qiladigan, ilg‘or falsafiy g‘oyalarga ega bo‘lgan, jahon madaniyati durdonalaridan xabardor bo‘lgan shaxsga aytiladi. MANFAAT – individ va ijtimoiy guruhlar faoliyatinting asosiy sababi. MANFAATLAR GURUHLARI – unga a'zo bo‘lgan kishilarning manfaatlarini boshqa guruhlar va siyosiy institutlarning o‘zaro munosabatlarida, shuningdek, o‘z guruhi ichida ifoda qilish uchun tuzilgan ixtiyoriy tashkilotlar. MA’RIFAT – ta'lim tarbiya, iqtisodiy, siyosiy, falsafiy, diniy va ma'naviy boyliklarning, ularni yanada ko‘paytirib hamda takomillashtirib borish usullarining majmui. MEHNAT BOZORI – mehnatga qobiliyatli aholining faol (ish bilan band va mehnatga muhtoj aholi) qismlari va ish beruvchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tartibga soluvchi, “mehnat qobiliyati”ni sotish-sotib olishni amalga oshirivchi hamda ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasidagi nisbatlarni bevosita barqarorlashtiruvchi ko’p omilli, murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar tizimi. NAFAQA – fuqarolarga qonunchilikda ko’zda tutilgan hollarda qisman yoki to’liq mehnatga layoqatsizlik, og’ir moddiy sharoit, bolali oilalarni qo’llab-quvvatlash, shuningdek, qarindoshlaridan biri vafot etgan taqdirda muntazam yoki bir marta beriladigan pul to’lovidir. SOG’LIQNI SAQLASH TIZIMI – tibbiy yordamni tashkil etish, kasalliklarni oldini olish, aholi salomatlik darajasini yaxshilahga qaratilgan va ijtimoiy-iqtisodiy xarakterga ega bo’lgan davlat va jamiyat chora-tadbirlari yig’indisi. SOG’LOM TURMUSH TARZI – jamiyat va individ salomatligi uchun tibbiy faoliyatning maksimal darajada namoyon bo’lishi. TARBIYA – 1) yangi avlod kishilariga kata avlodning ijtimoiy-tarixiy tajribasini berish tufayli rivojlanishini ta’minlovchi ijtimoiy funksiya; 2) ijtimoiy institutlar ta’siri ostida inson sub’yektiv-shaxsiy va ma’naviy dunyosini shakllantirish, qaror toptirish, boyitish va takomillashtirishning aniq maqsadga yonaltirilgan, tizimlashtirilgan ongli jarayon. Tarbiya ta’lim bilan o’zaro jips bog’langan ijtimoiylashishning asosiy bo’g’ini, ta’lim tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. TA’LIM – shaxsning ma]rifiy va tarbiyaviy darajasini orttirish orqali uning rivojlanishini ta’minlash maqsadida o’rgatuvchi bilan o’rganuvchilar o’zaro birgalikda amalga oshiradigan didaktik chora-tadbirlar tizimi. FIKR ERKINLIGI – bu jamiyat a'zosi bo‘lgan har bir shaxs tabiiy va ijtimoiy jarayonlarga, fuqarolar bilan siyosiy tashkilotlarga va milliy, irqiy, diniy, sinfiy munosabatlarga ega bo‘lgan mustaqil fikrlarini huquqiy, siyosiy diniy va boshqa muassasalar tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli tazyiqlardan muhofaza qiladigan ijtimoiy muhit. XALQ FAROVONLIGI – milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri. Xalq farovonligi harbir shaxs va oila farovonligi bilan bog‘liqdir. Bunda insonning shaxsiy manfaatlari jamiyat manfaatlari bilan uyg‘unlashib ketadi va har bir fuqaroning farovonligi butun jamiyat farovonligidir, degan tamoyil amalga oshadi. KORRUPSIYA – shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy haf, foyda olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday naf, foydani qonunga xilof ravishda taqdim etishi. KORRUPSIYAGA OID HUQUQBUZARLIK – korrupsiya alomatlariga ega bo’lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish. KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – korrupsiyaga oid qilmishlarni aniqlash, ularga barham berish, shuningdek, korrupsion jinoyatlarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish maqsadida chora-tadbirlarni amalga oshirish. KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO’YICHA RESPUBLIKA IDORALARARO KOMISSIYASI – korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish komissiyasi. “KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TO’G’RISIDA”GI QONUNI – O’zbekiston Respublikasining ushbu qonuni 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan bo’lib, unda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari, vakolatli davlat organlari tizimi, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlarining, fuqarolar va OABning korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishi, shuningdek, ushbu sohada olib boriladigan xalqaro hamkorlik aks hujjat. Download 17.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling