Asab markazlari. Asab markazlarining xossalari. Markaziy asab tizimining reflektor tamoyili. Orqa miya, uzunchoq miya va vegetativ nerv tizimining fiziologiyasi. Ma’ruzaning rejasi


Download 26.57 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi26.57 Kb.
#1518124
1   2   3
Bog'liq
Markaziy nerv sis

Reflektor yoyi. Retseptor neyronlar, kiritma neyronlar va effektor neyronlarning zanjirlari reflektor faoliyatining struktura asosini Tashqil etadi. Xar kanday refleksning yuzaga chikishida impulslarning retseptordan ijrochi organga o’tadigan yuli usha zanjirlardan xosil bo‘ladi. Bu yul reflektor duga (refleks yoyi) deb ataladi. Unga kuyidagilar kiradi: 1) ta’sirotlarni kabul kiluvchi retseptorlar; 2) retseptor neyronlarning ko‘zgalishni markaziy nerv sistemasiga etkazib beruvchi usiklari – afferent nerv tolalari; 3) impulslarni effektor neyronlarga o’tkazuvchi sinapslar va neyronlar; 4) impulslarni markaziy nerv sistemasidan periferiyaga o’tkazuvchi efferent nerv tolalari; 5) refleks natijasida faoliyati uzgaradigan ijrochi organ.
Eng oddiy reflektor dugani sxema tarzida atigi ikkita neyron, bitta sinaps orkali boglangan retseptor va effektor neyronlardan xosil bulgan deb tasavvur qilish mumkin. Bunday reflektor duga ikki neyronli va monosinaptik duga deb ataladi.
Aksari reflekslarning reflektor dugalariga ikkita emas, balki ko‘proq neyron: retseptor neyron, bitta yoki bir nechta kiritma neyron va effektor neyron kiradi. Bundan reflektor dugalar ko’p neyronli va polisinaptik dugalar deb ataladi.
Polisinaptik reflektor dugalarining xar xil variantlari bo’lishi mumkin. SHunday eng oddiy dugaga atigi uchta neyron va ularning orasidagi ikkita sinaps kiradi. Polisinaptik reflektor dugalar bor. Ularda retseptor neyron bir necha kiritma neyron bilan birlashgan, kiritma neyronlardan xar biri turli effektor neyronlarda yoki bir effektor neyronning uzida sinapslar xosil kiladi. SHundan keyin bitta va bir necha (xar xil) kiritma neyronlar bilan birlashgan bir necha retseptor neyrondan tuzilgan reflektor dugalarni tasavvur qilish oson. Xatto sxema shaklida kursatilgan polisinaptik reflektor dugalar goyatda murakkab bo’lishi mumkin.
Reflektor dugalarining sxemalarini kuzdan kechirganda shuni uktirish kerakki, odatda bir retseptor emas, balki gavdaning biron soxasidagi ko’p retseptorlar ta’sirlanganda reflekslar yuzaga chikadi. Gavdaning ta’sirlanganda muayyan refleks kelib chikadigan soxasi (masalan, badaning bir qismi) refleksogen zona, yoki refleksning retseptiv maydoni deb ataladi. Turli reflekslarning badandagi retseptiv maydonlari bir-biriga kirib borishi mumkin. Shuning natijasida badanning muayyan qismiga berilgan ta’sirot uz kuchiga va markaziy nerv sistemasining xolatiga qarab, gox bir, gox ikkinchi refleksni yuzaga chikara oladi.
Reflektor dugalarning sxemalarini retseptor, kiritma va effektor neyronlarning bir kancha katorlaridan tuzilgan deb tasavvur qilish kerak. Bundan anglashiladiki, eng oddiy reflektor dugani fakat Shartli ravishda «monosinaptik» duga deb atash mumkin, chunki ikki neyron urtasidagi bir sinaps emas, balki retseptor neyronlar gruppasini bir xil javob reaksiyasiga sabab buluvchi effektor neyronlar gruppasi bilan birlashtiruvchi bir kator parallel sinapslar kiradi.
Monosinaptik reflektr dugalar goyat kam uchraydi. Ularga muskulning chuzilish refleksi, yoki miotatik refleks dugasi misol bula oladi. Ta’sirlanganda shu reflekslarni yuzaga chikaradigan retseptorlar - muskul duglarni skelet muskullarida joylashgan, retseptor nerv xujayralarining tanalari spinal gangliylarda, effektor nerv xujayralarining tanalari orka miyaning oldingi shoxlarida bo‘ladi. Muskulning chuzilishi retseptorlarda nerv impulslarining razryadini yuzaga chikaradi. Nerv impulslari retseptor neyronlarning usiklari orkali orka miyaga borib, xarakatlantiruvchi neyronlarga bevosita (kiritma neyronlar ishtirokisiz) o’tadi, impulslar razryadi esa bu neyronlardan usha muskulning xarakat plastinkalariga boradi. Natijada muskulning chuzilishi uning refleks yuli bilan kaltalanishiga sabab bo‘ladi. Bunday reflektor dugada ko‘zgalish atigi bitta neyronlararo sinapsdan o’tgani uchun bunday «monosinaptik» reflekslar boshka (reflektor dugasiga ko‘proq neyron va sinapslar kiradigan) reflekslarga nisbatan tezrok yuzaga chikadi.
Polisinaptik reflektor dugalarga neyronlar va ular orasidagi sinapslarning ketma-ket birlashgan bir necha katori kiradi. Xayvonlar va odam kul-oyogining terisi ogriydigan darajada ta’sirlanishiga javoban kul-oyokni tortib olish refleksi bunday refleksga misol bula oladi. Bu refleks atigi bitta retseptorga ta’sir etib, sun’iy yul bilan vujudga keltirilganda xam ko’p neyronli refleks xisoblanadi.
Refleks duga (refleks yoyi) xakidagi tasavvurga biron reflektor aktda mukarrar katnashadigan neyronlarning analiz uchun kulay sxemasi deb karash kerak. SHu bilan birga xar kanday refleksda nerv impulslari markaziy nerv sistemasida ko’pgina o’tkazuvchi yullar orkali keng tarkala oladi. Masalan, xayvonlarning markaziy nerv sistemasi bo’tun turganda ogrituvchi ta’sirotga javoban kelib chikkan ko‘zgalish pustlok ostidagi yadrolarga xam, katta yarim sharlar pustlogiga xam tarkaladi, bu erdan esa efferent yullar orkali orka miyaga kaytib keladi. Xuddi shu tufayli ogrituvchi kuchli ta’sirotga javoban ximoya reaksiyasida pustlok osti yadrolarining va pustlokning neyronlari katnashib, ogrik sezgisi kelib chikadi, bu sezgi esa bir kancha vegetativ reaksiyalar – puls chastotasi, nafas olish chastotasi va chukurligi, tomirlar tonusi va shu kabilarning uzgarishi bilan birga boradi.
Xuddi Shuningdek, ovqat reflekslari (chaynash, So‘lak ajratish, ovqat yo’tish, xazm shiralari sekretsiyasi) yoki nafas olish va tomir xarakatlantirish reflekslarning yuzaga chikishida markaziy nerv sistemasining turli boskichlarida – orka miya bilan uzunchok miyada, kuruv dumboklarining yadrolarida, katta yarim sharlar pustlogida joylashgan neyronlar katnashadi. Xatto eng oddiy reflektor reaksiyalar – pay-muskul proprioretseptiv reflekslarida xam (ularning yuzaga chikishi uchun ikkita neyron ishtirok etishi kifoya), ko‘zgalish markaziy nerv sistemasi buylab keng tarkaladi. Masalan, muskul payiga urilganda bosh miya katta yarim sharlar pustlogining elektr aktivligi uzgaradi.
Binobarin, orka miya refleksida nerv impulsi markaziy nerv sistemasining reflektor reaksiyada bir kadar katnasha oladigan oliy bulimlariga etib bora oladi.
Markaziy nerv sistemasidagi turli bulimlarining nerv xujayralari reaksiyaga kanchalik katnashuvi ta’sirot kuchiga, uning kancha vakt ta’sir etishiga va markaziy nerv sistemasining xolatiga boglik.
Reflektor faoliyat Pavlov nazariyasi buyicha 3ta asosiy prinsipga asoslangan: 1) Determinizm prinsipiga; 2) Struktura prinsipiga; 3) Analiz va sintez prinsipiga.
Download 26.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling