Asab sistemasi haqida nimalar bilasiz?
Bosh miya katta yarim sharlari qanday tuzilgan?
Download 17.85 Kb.
|
Asab sistemasi haqida nimalar bilasiz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Neyron nima
Bosh miya katta yarim sharlari qanday tuzilgan?
Bosh miya 2 ta, ya’ni o‘ng va chap yarim shardan iborat. Bosh miyaning chap yarim sharida nutq markazlari joylashgan. Shuning uchun ham bosh miyaning chap yarim sharida so‘z bilan bog‘liq barcha tafakkur operatsiyalari bajariladi. Bosh miyaning o‘ng yarim shari obyektlarning fazoviy joylashuvini tahlil qilish uchun javob beradi. Masalan, atrof-muhitdagi uylar, daraxtlar, mashinalar, haykallar va boringki har qanday shaklga ega bo‘lgan obyektlarninsh shakl-shamoyilini tahlil qiladi. Demak, bosh miyaning o‘ng yarim shari dunyoni so‘z ishtirokisiz idrok etadi va bu yerda ko‘rish analizatorining ahamiyati katta. Chap yarim shar esa so‘z bilan ifodalangan ma’lumotlarni idrok etadi. Obrazli qilib aytganda, chap yarim shar asosan so‘z bilan, o‘ng yarim shar esa ko‘z bilan dunyoni anglaydi. Bu uyg‘unlik saqlangan bo‘lsa, insonning xotirasi ham mustahkam bo‘ladi. Kitoblardagi Siz ko‘rayotgan geometrik shakllarni qabul qilib olish ham o‘ng yarim sharning vazifasi. Biroq, har qanday fazoviy jismlar yoki geometrik shakllarni so‘z bilan ifodalab berish talab qilinsa – bu yerda chap yarim shar yordamga keladi. Demak, chap yarim sharning tili bor. Biroq, hozir men keltirib o‘tgan ma’lumotlar o‘naqaylar uchun xos. Chapaqaylarda esa nutq markazlari bosh miyaning o‘ng yarim sharida joylashgan. Demak, chapaqaylarda chap yarim shar bajaradigan aksariyat funksiyalar o‘ng yarim shar zimmasiga yuklatilgan. Bundan tashqari ambidekstrlar, ya’ni oliy ruhiy funksiyalarni bajarishda miyaning ikkala yarim shari bir xilda ishtirok etadiganlar ham bor. Bundaylar ikkala qo‘li bilan ham bir xil ishlay oladiganlar. Biroq, bu degani ikkala qo‘li bilan ham yoza oladi, degani emas. Masalan, ambidekstr yozganda qalamni o‘ng qo‘liga olsa, non kesganda chap qo‘lini ishlatadi. “Toza” chapaqaylar 10-15 % atrofida. Bizning oramizda ambidekstrlar va o‘naqaylar ko‘pdir. Abidekstrlarda nutq funksiyasini bajarishda bosh miyaning ikkala yarim shari ham ishtirok etadi. Shuning uchun ambidekstrlarda insult sababli nutq buzilsa, u tez tiklanadi. Neyron nima? Nerv hujayrasiga neyron deb aytiladi. Barcha a’zolar xujayralardan tashkil topgani kabi, nerv sistemasi ham xujayralardan tashkil topgan. Bu hujayralar neyron demakdir. Bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ida 14 mlrd. xujayra, ya’ni neyron bor. Neyronlar har xil tuzilishga ega. Neyron tanasi kulrang, undan chiquvchi tolalar esa oq rangda bo‘ladi. Neyronning bitta uzun tolasiga akson deb aytiladi. Akson orqali neyron tanasidan impulslar boshqa neyronlarga va to‘qimalarga uzatiladi. Neyrondagi boshqa bir qancha o‘siqchalar esa dendrit deyiladi. Dendritlar neyronga impulslar olib keluvchi tolalardir. Bosh miyaning po‘stloq qismi kulrang tusda bo‘ladi. Po‘stloqda insoning barcha faoliyatini boshqaruvchi markazlar joylashgan. Bular harakat, sezgi, nutq, ko‘ruv, eshituv, hid bilish, ta’m bilish kabi markazlar. Ular analizator nomi bilan ham yuritiladi. Boshqa neyronlardan farqli o‘laroq, po‘stloq neyronlarining aqli bor! Demoqchimanki, ular nafaqat harakat va sezgi, balki aqliy faoliyatda ham ishtirok etadi. Shuning uchun ham insonning bosh miyasi zararlansa aqliy faoliyat ham buziladi. Orqa miya yoki periferik nervlar zararlansa esa aqliy faoliyat o‘zgarmaydi.
Download 17.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling