Analizator nima?
Analizator deganda, tashqi ma’lumotlarni qabul qiluvchi, qayta ishlovchi va javob reaksiyasini saqlovchi nerv tuzilmalari tushuniladi. Nerv sistemasida ko‘ruv, eshituv, ta’m bilish, hid sezish, umumiy sezgi, harakat va nutq analizatorlari farq qilinadi.
Analizatorlar markazi bosh miya po‘stlog‘ining turli sohalarida joylashgan. Masalan, ko‘ruv analizatori ensa, eshitish analizatori chakka, harakat analizatori peshona, sezgi analizatori tepa bo‘lagida, nutq analizatorlari esa chakka va peshona bo‘laklarida joylashgan. Agar nutq analizatori zararlansa nutq buziladi, harakat analizatori zararlansa falajlik rivojlanadi, eshitish analizatori zararlansa inson eshitmaydigan bo‘lib qoladi va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |