Asab tizimi
Oldini olish choralaridan
Download 110.5 Kb.
|
ASAB TIZIMI
Oldini olish choralaridan dam olish, ovqatlanish va mehnat qilish qoidalariga rioya qilish, oilada, ishda aqliy va jismoniy mehnatni to`g`ri yo`lga qo`yish, chekish va ichishga yo`l qo`ymaslik hamda badantarbiya mashqlari bilan shug`ullanish tavsiya etiladi.
Migren -Migren juda keng tarqalgan kasallik bo`lib, xurujsimon bosh og`riq (ko`pincha boshning bir tomonida) bilan birga, qusish va teri rangining oqarishi bilan xarakterlanadi. Migren 6 % aholida uchraydigan kasallik, ko`proq xotin-qizlarda kuzatiladi, asosan, nasldan autosomdominant xilida o`tadi. Kasallikning kelib chiqish sababi miyadagi qon tomirlarning disfunksiyasidir. Bu 4 fazaga bo`linadi: 1) qon tomirlarining qisilishi; 2) qon tomirlarining kengayishi; 3) qon tomirlarining devorlarida shish paydo bo`lib, mo`rt bo`lib qolishi; 4) Orqaga qaytish fazasi. Migrenning kelib chiqishiga miya qon tomirlaridagi o`zgarishlarga bosh miyadagi bosim oshishi va biokimyoviy o`zgarishlar, ya`ni serotonin, gistamin, asetilxolinning ko`payishi sabab bo`lib, bular qon tomirlarning o`tkazuvchanligini oshirib yuboradi. Natijada bosh miya va uning pardalaridagi miya qon tomirlari shisha boshlaydi. Bu kasallik, asosan, balog`atga yetgandan keyin ko`proq uchraydi. Kasallik boshlanishidan oldin aura, ya`ni dastlabki belgilar paydo bo`ladi. Xuruj qattiq bosh og`rig`i bilan boshlanib, boshning yarmida, ko`proq chakka qismida, ko`zlarda, peshana-ensa qismida bo`ladi. Og`riq qattiq bo`lib, bemor yorug`likka, tovushga nisbatan bezovta bo`ladi. Bemorning kayfiyati yomon bo`lib, bir o`zi qorong`ilikda yotishga harakat qiladi. Xuruj vaqtida ko`ngil ayniydi, yuzi, ko`zlari qizargan bo`lib, xuruj qusish bilan yakunlanadi. Xuruj bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etadi. Migrenning turlari quyidagilar: 1. Ko`z xilida ko`z oldida har xil narsalar paydo bo`ladi. Bunda ko`zoldi tuman bilan qoplanib, bosh og`rig`i xuruji bilan o`tadi. Bu xuruj 6 soatgacha davom etadi. 2. Oddiy xili 85 % gacha uchraydi. Bu xuruj 1 soatdan 1–2 kungacha davom etadi. Bunda bemorning kayfiyati yomonligi, bezovtalik, ish qobiliyatining pasayishi, uyquchanlik, tez jahl chiqishi bilan birga, bosh og`riq ko`proq ertalablari bo`lib o`tadi. 3. Assotsiyalashgan migrenda esa bosh og`riq bilan birga ko`proq miya belgilari kuzatiladi. Bunda III juft KBM asabining zararlanishi bilan birga, gemiplegiya, ataksiya va nutq buzilishlari kuzatiladi. 4. Qorin shakli ko`proq bolalarda bo`lib, kindik atrofidagi og`riq, qo`1-oyoqlarda sovuq qotish, bezovtalik, bosh og`riq qorindagi og`riq bilan kechadi. Bunda bemorning ich ketishi kuzatiladi. 5. Vestibular xilida bosh og`riq xuruji vestibular ataksiya, bosh aylanishi, tura olmaslik, yura olmaslik belgilari bilan kechadi. Download 110.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling