Asab tizimi
Vegetativ qon tomirlar distoniyasi
Download 110.5 Kb.
|
ASAB TIZIMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klinik manzarasi.
- Vegetativ paroksizm.
Vegetativ qon tomirlar distoniyasi
Vegetativ qon tomirlar distoniyasi kelib chiqishi sabablari ko`p va turli-tuman bo`lib, bular surunkali ichki a`zolarning kasalliklari, ichki sekretsiya bezlari faoliyatining buzilishi, nasl moyilligi, allergiya va nevrozlardir. Klinik manzarasi. Bunda bemorlar, asosan, bosh og`rig`i, bosh aylanishi, uyqusizlik yoki ko`p uxlash, umumiy holsizlik, tez charchab qolishdan shikoyat qiladilar. Bundan tashqari, yurak atrofida noxush sezgilar paydo bo`lishi yoki og`riq, og`izdan so`lak oqishi yoki og`iz qurishi, ishtaha kamayishi, qusish, ich ketishi yoki qotishi, qorin damlanishi, tez-tez siyishdan, nafas olishning tezlashishi, havo yetishmaslik, ba`zi bemorlar o`pkasiga to`liq havo bormasligidan noliydilar. Bemorlarda har xil parezteziyalar, bel, dumg`aza, dum va kuraklar oralig`ida og`riq bo`lib turishi, ish qobiliyatining pasayishi, boshda og`irlik sezish va xotiraning pasayishi holatlari kuzatiladi. Asab sohasini tekshirganimizda pay reflekslarining kuchayishi yoki kamayishi, qo`l barmoqlarida titrash, dermografik o`zgarish, pilomotor reflekslar susaygan yoki kuchaygan, Ashner belgisi, ortostatik yoki klinostatik sinovlarining buzilishi, qon bosimining o`zgarib turishi, ter ajralishi, subfebril yoki gipotermiya tana harorati, akrosianoz, qo`1- oyoq panjalarining sovuq qotishi kuzatiladi. Bemorlar issiqlikni yomon sezadilar, ob-havo o`zgarishi ularga kuchli ta`sir qiladi. Vegetativ paroksizm. Vegetativ paroksizmning uchta turi mavjud: 1. Simpatik- adrenalin turi birdan boshlanadi, kunning qaysi vaqtiga bog`liq emas, ko`proq his-tuyg`u, aqliy va jismoniy charchashdan keyin boshlanadi. Bunda bemorlarning qon bosimi oshgan, yurak urishi tezlashgan, harorati yuqori – gipertermiya, bosh va yurak atrofida og`riq, sovuq qotish, qo`rqish, qondagi qand miqdorining ko`payishi bilan birga, xuruj oxirida ko`p miqdorda siydik ajralish bilan yakunlanadi. 2. Vagoinsular turida esa qon bosimining pasayishi, yurak urishining sustlashishi, ko`ngil aynishi, umumiy holsizlik, nafas olishga qiynalish, ko`p terlash, bosh aylanishi va bemorning behush holatga tushib qolishi bilan yakunlanadi. 3. Aralash turida esa har ikkala turidagi klinik manzara almashib turishi bilan davom etadi. Vegetativ qon tomirlar distoniyasi kelib chiqish sabablari ko`p va turli-tuman bo`lib, klinik manzaralar ham har xil ko`rinishda bo`ladi. Keltirib chiqaruvchi jarayonlardan biri naslning moyilligi hisoblanadi, bunda yurak urushi va qon bosimining o`zgarib turishi, ko`ngil aynishi, haroratning biroz ko`tarilishi, ko`p terlash, teri rangining o`zgarib turishi hamda aqliy va jismoniy mashqlarni juda sust bajarish bilan ifodalanadi. Davosi. Xuruj vaqtida tinchlantiruvchi dorilar, trankvilizatorlardan – elenium, diazepam, seduksen, rudotel, radidorm; simpatikadrenalin turida dibazol, papaverin, aminazin; vagoinsular xurujida kofein, kordiamin; bosh og`riq, bosh aylanishga bellaspon, betatserk, bellataminal 1 tabletkadan 3 mahal beriladi. Vitaminlar, psixotrop dorilar: amitriptilin, sonapaks; astenik depressiyada glitsin, mellipramin 0,025 g 1 ta tabletkadan kuniga 3 mahal, nuredal; bulardan tashqari, retabolil, AT F, nikotin kislota buyuriladi. Desensibillovchi dorilardan diazolin 0,05 g, tavegil 1 ta tabletkadan 3 mahal, ovqatdan keyin buyuriladi. Tinchlantiruvchi dorilardan natriy brom, valerian dorilari tavsiya etiladi. Download 110.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling