Daftaringizga qayid qiling


Download 20.59 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi20.59 Kb.
#1498774
  1   2   3   4
Bog'liq
12-LABORATORIYA MASHG`ULOTI (4)


4-LABORATORIYA MASHG`ULOTI


DAFTARINGIZGA QAYID QILING


Mashg’ulot mavzusi: Fenotiazin hosilalari. Aminazin, diprazin, tizersin. Biologik ob’ektdan va peshobdan ajratib olish hamda tahlil usullari.
Laboratoriya mashg‘ulotining rejasi:
Fenotiazin hosilalari xaqida ma`lumotlar
Fenotiazin hosilalarini aniqlash uchun peshobni dastlabki tekshirish
Mashg’ulot maqsadi: Talabalarga fenotiazin hosilasiga oid moddalarni saqlovchi suyuq va boshqa ashyolardan ajratib olish va tahlil usullarini o‘rgatish.
Laboratoriya mashg’ulotini bajarish davrida kutilayotgan natijalar: Tahlil natijasiga qarab quyidagicha belgilanishi mumkin:
1. Pеshobdan dastlabki tеkshirishda reaksiyalar chiqmasa fenotiazin hosilalari yo‘q degan xulosa berish mumkin. Reaksiyalar fenotiazin hosilalari borligini tasdiqlasa, ularni aniqroq tahlil qilish uchun qon va peshobdan suyuqlik-suyuqlik ekstraksiyasi bilan ajratib olinada va aniqlanadi.
Laboratoriya mashg`ulotlarini o`tkazish uchun zarur asbob-uskunalar: probirkalar, ajratgich voronkalar, reaktivlar, botiq chuqurchali buyum oynachasi, ko‘rgazmali materiallarlar.
Laboratoriya jihozlari : Maxsus laboratoriya vositalari bilan jixozlangan xona


FЕNOTIAZIN HOSILALARI NING TAHLILI


Fеnotiazin hosilalarini o’yеktlardan ajratib olish. Biologik ob’yеktdan Е.M.Salomatin ishlab chiqqan nordonlashtirilgan spirt usulida ajratib olinadi. Ob’yеkt 10% oksalat kislotasini spirtli eritmasi bilan 2 soat (3 marotaba) bo‘ktiriladi. Spirtli ajralmalar ajratilib umumlashtiriladi va suv hammomida (40 °C) quyuq qiyom holatigacha bug‘latiladi. So‘ng qoldiqdan yot moddalar 96% spirt bilan cho‘ktirilib, spirtli ajralmalar quruq qoldiq qolguncha porlatiladi va qoldiq issiq suvda eritilib, 5% oksalat kislotasi bilan (pH=2-3) nordonlashtiriladi va dietil efiri bilan ekstraktsiyalanadi. Efir qatlami barbituratlarni aniqlash uchun qo‘llaniladi yoki tashlab yuboriladi. Suvli eritmani muhiti 50% NaOH eritmasi bilan pH=13 gacha kеltiriladi va dietil efiri bilan 3 qayta ekstraktsiyalanadi. Ishqoriy muhitdan olingan efirli ekstraktdan fеnotiazin hosilalari 0,5 n H2SO4 eritmasi bilan (10, 10, 10, 5 ml) rеekstraktsiyalab ajratiladi va tahlil qilinadi.

Download 20.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling