Asadbek mahmudovning optika fanidan


Download 49.37 Kb.
bet5/5
Sana16.06.2023
Hajmi49.37 Kb.
#1510700
1   2   3   4   5
Bog'liq
ASADBEK OPTIKA KURS ISHI

Venn diagrammasi.
Bu metod o’quvchini kattaliklarni qiyoslashga undaydi. quyidagiday doiralar chiziladi. Ikkita kattalik taqqoslanadi. Bir xil jihatlari o’rtada (aylanalar kesishgan qismida yoziladi. O’ziga xos jihatlari aylanada yoziladi. Masalan "Og'irlik kuchi" va "elastiklik kuch"larini qiyoslash kerak bo’lsin.

F=mg
Jismlarni yer o’ziga tortishi
Tufayli hosil bo’ladi.


F=-kx
Deformasiya
Natijasida hosil
Bo’ladi.


Fizik diktant
Fizik diktant juda qisqa vaqtda barcha sinfdagi o’quvchilardan so’rashning yo’lidir. Bunda bola mustaqil ishlaydi. O’quvchilarga o’tgan mavzu bo’yicha diktant olish mumkin. Bunda o’tgan mavzuga doir formula, asbob, birlik, fizik olim haqida savollar og'zaki beriladi, o’quvchi savolni eshitib (yozmay) javobini daftariga yozadi. Masalan: o’tgan mavzuda "Moddaning zichligi" mavzusi o’tilgan bo’lsa savollarni quyidagicha tanlash mumkin.
1. zichlik formulasi.
2. zichlik birliklari
3. zichlik qanday kattalik (vektor yoki skalyar)
4. - zichlikni o’lchovchi asbob ( qurilmalar nomi).
5. Modda zichligini aniqlagan vatandoshimiz nomi.
6. . 1000 kg/m3 necha g/sm3ga teng.
7. Suvning zichligi nechiga teng?
8. Nima uchun kerosin suvning ustida joylashadi?
Diktant yozilgandan so’ng o’quvchilarga yozilmagan qismiga "so’roq" belgisini qo’yish taklif etiladi, javoblari doskaga yoziladi va o’quvchiga o’z ishini baholash so’raladi.
Аgar insonda odatda u o‘smirlik va yoshlik yillarda dunyoqarash shakllangan bo‘lsa garchand u noto‘g’ri bo‘lsa ham, keyinchalik boshqa dunyoqarashga o‘tish ehtimoli juda kam. Fikrlashning kibernetik uslubi fizika va tabiatshunoslikdan tashqarisiga chiqsa ham, u umumilmiy fikrlash uslubiga aylanmoqda, uning avvalgidan farqi shundaki, nazariy tizimlarning mantiqiy tuzilishi va tadqiqot vazifalarini qo‘yilish usulidadir.
Fan tarixi shuni ko‘rsatadiki, bilimlarni generalizatsiyalash har doim mavjud bo‘lib, fanning rivojlanishini borishini aniqlagan, lekin bu narsa faqatgina ilmiy-texnik revolyutsiya davridagina ayon bo‘ldi. Fizikaning rivojlanishini bilimlarning chiziqli o‘sishi bilan taqqoslash noo‘rindir.Tarixiy jarayonda fizik bilimlarda zichlashish, ularning mazmunini o‘zgartirish asosida qisqartirish, boshqacha aytganda generaliztsiyalash yuz beradi. Masalan, magnetizm bo‘yicha Gil’bert zamonidan boshlangan tadqiqotlar Ersted, Аmper va Faradey kashfiyotlaridan keyin tashlab yuborilmadi, balki barcha haqiqiy natijalar zamonaviy fizika kursiga faqat magnetizm kuchning alohida turi ko‘rinishida emas, balki elektromagnit o‘zaro ta’sirning namoyon bo‘lishi sifatida o‘tdi. А.I. Markushevich taklif qilgan bilimlar modelida generalizatsiyalash quyidagich tasvirlangan: “yadro” ilmiy bilimlarning zichlashishi tufayli “siqilish” xususiyatiga ega, bu esa fandagi kashf qilingan yangi va chuqur bilimlar hisobiga amalga oshadi. Masalan, Neter teoremasi impul’s va energiyaning saqlanish qonunlarini fazo va vaqtning simmetriya xossasi natijasi ekanligidir. Bu esa yangi bilimlarning generalizatsiyalashning yuqori darajasini ko‘satadi.
Yuqoridagi fikrlar asosida o‘quv bilimlarini generalizatsiyalashning metodik maqomini qarab chiqish mumkin. Qiligan tahlilning asosiy tomonlarini o‘quv faoliyatiga ko‘chirsak, o‘quv bilimlarni generalizatsiyalashning metodik maqomini aniqlashga imkon beradi. Ma’lumki, bilimlar hajmini ko‘paytirish masalasini o‘rganish uchun vaqtni tejash, o‘quv materialini ixcham bayon qilish maktab amaliyotida va fizika o‘qitish metodikasida hal qilish hanuzgacha dolzarbligicha qolmoqda Uni hal qilishga oid ayrim fikrlarni bildirish mumkin. Birinchi yo‘li, maktab fizika kursini qayd qilish vositalarini takomillashtirish va o‘quvchilarga fizik bilimlarni uzatishni tashkil qilish. Bilimlar hajmini bunday ko‘paytirish va tejamkorlik asosida o‘qitishni o‘quv materialini minimallashtirish deyish mumkin. Bunga misol qilib, vektorlar algebrasini mexanikani o‘qitishda qo‘llanilishini ko‘rsatish mumkin. Ikkinchi yo‘l o‘quv bilimlarining mazmunini o‘zgartirish bilan ya’ni generalizatsiyalash bilan bog’liqdir. Natijada mazmun minimumga tushib, fizika o‘qitishning o‘quv-tarbiyaviy masalalarini samarali hal qilishga olib keladi.
Ushbu jarayondan chetda qolgan fizikaning masalalari, garchand ular muhim va o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lsa ham, metodik ishlanganligi va boshqa mezonlar fizika asoslariga o‘quv predmeti sifatida maktabda kiritilmaydi. O‘quv bilimlarini generalizatsiyalash tamoyili maktab fizika kursining mazmunini aniqlash tamoyili sifatida, shuni bildiradiki, minimal hajmdagi bilimlarni shunday mazmunini belgilash ya’ni katta bilish hajmiga ega bo‘lgan talablarni bildiradi. Umuman olganda bunday ta’rif fizikadagi o‘quv materialini generalizatsiyalashni fizikadan yangi dasturda:“ o‘quv materialini va uni o‘qitishni shunday tanlash va undagi asosiy diqqat muhim dalillar, tushunchalar, nazariyalar va fizika metodlariga, fizik hodislarni umumlashtirishga qaratilgan bo‘ladi”. Maktab fizika kursida ushbu tamoyilna qo‘llash ayrim metodik masalalarni samarali hal qilishga, ayniqsa, o‘quv materialini qisqartirishning maqbul yo‘lini tanlashga olib keladi.
Chunki, fanda kashf qilingan va yosh avlod tomonidan ilmiy-texnika taraqqiyoti davrida o‘zlashtirilgan yangiliklar orasidagi vaqt katta bo‘lmasligi kerak. Masalan, keyingi 20 – 25 yil ichida fizikadan dasturga quyidagicha yangi masalalar: kosmik tezliklar, lazerlar, tezlatkichlar, yarimo‘tkazgichlardagi tok, yadrodagi sintez reaktsiyalar, elementar zarralarning tarkibi va sinflari va boshq. Shu bilan bir qatorda, o‘quvchining bilish imkoniyatlari deyarli o‘zgarmasdan kelmoqda, shuning uchun dasturga qo‘yiladigan qat’iy talab, uning muntazam ravishda yangi axborotlar hisobiga to‘ldirilishidir. Аfsuski, ayrim hollarda asosiz tarzda qisqartirish, salbiy holatlarga olib kelmoqda. Bunga misol qilib, “Maxsus nisbiylik nazariyasining” 11-sinfga kiritilishini ko‘rsatish mumkin. Аlbatta, ilmiy axborotning uzluksiz ravishda ko‘payishi, ularni o‘quv jarayoniga kiritishni taqozo qiladi, shuning uchun qisqartirishda ehtiyot bo‘lishni va uni ilmiy nuqtai nazardan asoslashni talab qiladi. Demak, bu jarayonda o‘quv materialini gkeneralizatsiyalash muhim o‘rin tutadi.


Xulosa.
Jism yoki jism qismlаrining o`zаrо jоylаshuvining o`zgаrishi tаbiаtdаgi hаrаkаt turlаridаn biri ya`ni mехаnik hаrаkаtdir. Shungа ko`rа mехаnik tа`sir оstidаgi jism dеgаndа ungа bоshqа jismlаrning tа`sirini ya`ni ko`rilаyotgаn jismning mехаnik hаrаkаt hоlаtini o`zgаrishi yoki uning dеfоrmаtsiyalаnishi – uning qismlаrini o`zаrо jоylаshuvini o`zgаrishi tushunilаdi. Tеz hаrаkаtlаnuvchi jismning rеlyativistik mехаnikаsidаn fаrqli kichik tеzlik bilаn (yorug`likning vаkuumdаgi tеzligi c=3.108m/s gа sоlishtirilgаndа) hаrаkаtlаnuvchi jism mехаnikаsi klаssik mехаnikа dеyilаdi. Klаssik mехаnikа аsоslаrini I.Nyutоn ishlаb chiqdi. Shuning uchun uni оdаtdаgidеk Nyutоn mехаnikаsi dеyilаdi. Nyuton mexanikasi moddiy nuqta maexanikasi deb ham yuritiladi. Mоddiy nuqtа dеb, bеrilgаn mаsаlа uchun shаkli vа o`lchаmlаrini e`tibоrgа оlmаsа hаm bo`lаdigаn jismgа аytilаdi.
Ma’lumki, bilimlar hajmini ko‘paytirish masalasini o‘rganish uchun vaqtni tejash, o‘quv materialini ixcham bayon qilish maktab amaliyotida va fizika o‘qitish metodikasida hal qilish hanuzgacha dolzarbligicha qolmoqda Uni hal qilishga oid ayrim fikrlarni bildirish mumkin. Birinchi yo‘li, maktab fizika kursini qayd qilish vositalarini takomillashtirish va o‘quvchilarga fizik bilimlarni uzatishni tashkil qilish. Bilimlar hajmini bunday ko‘paytirish va tejamkorlik asosida o‘qitishni o‘quv materialini minimallashtirish deyish mumkin. Bunga misol qilib, vektorlar algebrasini mexanikani o‘qitishda qo‘llanilishini ko‘rsatish mumkin. Ikkinchi yo‘l o‘quv bilimlarining mazmunini o‘zgartirish bilan ya’ni generalizatsiyalash bilan bog’liqdir. Natijada mazmun minimumga tushib, fizika o‘qitishning o‘quv-tarbiyaviy masalalarini samarali hal qilishga olib keladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI,


1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev asarida..“Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi”


2. “Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak”O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev asaridan.
3. “Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz» O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev asaridan.
4. “O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi
5. Ishmuhamedov R.J., Yo’ldoshev M. Ta’lim va tarbiyada zamonaviy pedagogik texnologiyalar. – T.: - Nihol nashriyoti, 2016

  1. Berdiyeva O.B., Mirsaburov M.Matematika fanini o’qitish metodikasi moduli bo’yicha o’quv uslubiy majmua. – Termiz-2020.

7.Takerman, Mark E. (2010). Statistik mexanika: nazariya va molekulyar simulyatsiya (1-nashr). p. 87. ISBN 978-0-19-852526-4.
8.. Cengel, Yunus A .; Boles, Maykl A. Termodinamika: muhandislik yondashuvi (4-nashr). p.89. ISBN 0-07-238332-1.
"CODATA qiymati: ideal gazning molyar hajmi (273,15 K, 100 kPa)". Olingan 2017-02-07.
10  "CODATA qiymati: ideal gazning molyar hajmi (273,15 K, 101,325 kPa)". Olingan 2017-02-07.
11Calvert, J. G. (1990). "Atmosfera kimyosi atamalarining lug'ati (1990 yilgi tavsiyalar)". Sof va amaliy kimyo. 62 (11): 2167–2219. doi:10.1351 / pac199062112167.
12 Adkins, C. J. (1983). Muvozanat termodinamikasi (3-nashr). Kembrij, Buyuk Britaniya: Kembrij universiteti matbuoti. 116-120 betlar. ISBN 0-521-25445-0.
13. Tschoegl, N. W. (2000). Muvozanat va barqaror termodinamika asoslari. Amsterdam: Elsevier. p. 88. ISBN 0-444-50426-5.

  1. Attard, Fil (2012). Muvozanatsiz termodinamika va statistik mexanika: asoslari va qo'llanilishi. Oksford universiteti matbuoti. ISBN 9780191639760. OCLC 810281588.

INTERNET SAYTLARI



  1. https://pm.piima.uz/steam-ta-lim

  2. Ayp.ru ().

  3. Vikipediya ().

. http://kutubxonachi.uz/documents/asar/prezident-asarlari/uzbek/pdf/shavkat-mirziyoyev/qonun-ustuvorligi-va-inson-manfaatlarini-taminlash-yurt-taraqqiyoti-va-xalq-farovonligining-garovi/
Download 49.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling