Asalari onalik suti


Download 309.83 Kb.
Sana24.04.2023
Hajmi309.83 Kb.
#1394140
Bog'liq
Asalari onalik suti


Asalari onalik suti
MAR18
ADMIN

Asalari onalik suti asalari qurtchalarini boqish va ulardan ona ari, ishchi va erkak arilarni voyaga yetkazish uchun boquvchi asalarilar (yosh ishchi arilar) tomonidan ishlab chiqariladi. Boquvchi arilar avvaliga barcha qurtchalarni uch kun bir hil sut berib boqishadi va so‘ngra ona, ishchi yoki erkak ariligiga oziqlanish ulushi va kun miqdori o‘zgaradi. Faqat ona asalarining qurtchasini sut bilan tinimsiz boqishda davom etishadi. Shu sababli ona ari qurtchasining vazni birinchi 6 kunlikda 2500 martagacha kattalashadi. Ona arining sut bilan boqilishi butun umir davom etib bu unga kuniga o‘z tana vaznidan yuqori bo‘lgan 1800-2500 donagacha tuxum qo‘yish imkonini beradi. Ona ari 6 yilgacha, ishchi arilardan 12-35 barobar ko‘p umr ko‘radi. Asalari suti ona ari tanasida va ayniqsa jinsiy organlarida favqulodda aktiv moddalar almashinuvini vujudga keltiradi. Shu sababli oxirgi vaqtda biologiya va meditsina sohalarining ari sutiga bo‘lgan e’tibori juda katta.
Ari suti yangiligida jelatinli, quyuqligi kremga uxshash massaga ega. Ochiq havoda rangi avvaliga oqish yarim shaffof kiyin sut oqishlikdan sariq rangga so‘ngra esa to‘q malla rangga o‘zgaradi. Kimyoviy tarkibi hozirgi kungacha to‘liq o‘rganilmagan. Mustaqil tadqiqotlarning ma’lumot berishicha ari suti tarkibida 65-69% suv, 14-18% oqsillar, 2-6% lipidlar, 9-18% uglevodlar va 1-2% mineral moddalar bor. Bulardan tashqari ari suti tarkibida B1, B2, B6, PP vitaminlari, pantotenik kislotasi, biotin, inozitol, foliy kislotasi, ergosterol, shuningdek jinsiy bezlar funksiyasini faollashtiradigan gonadotropik gormon mavjud. Asalari onalik sutida bir necha turdagi mikrob va viruslarga qarshi juda yaxshi himoya vositasi hamdir.
Asalari onalik sutining olish uchun veterinariya-sanitariya qoidalariga mos maxsus xona-laboratoriya kerak bo‘ladi. Shuni oldindan bilinki bu ish o‘ziga xos mehnat talabli ish hisoblanadi. Ko‘pchilik havaskor asalarichilar asosan asal ishlab chiqarishga ko‘proq e’tibor berishadi. Buning asosiy sabablaridan biri hammada ham yetarlicha shart-sharoit va malaka yetishmasligidir. Ikkinchi asosiy sababi bu mahsulotga bo‘lgan talabning ozligi va mahsulot tez aynishi eng katta sabablardan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Bizga ma’lumki asalarilar o‘z urug‘ini/qurtchalarini onalik suti bilan boqishadi va ona ari qurtchasiga esa eng ko‘p  sut beriladi. Shu sababli ona ari uchun maxsus yasalgan katakchalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Asalari sutini ko‘p miqdorda yig‘ish uchun uning uyasini yetimlantirish uslubi orqali yaxshi natija olinadi. Bu usul bilan asalarilarning turiga qarab, misol uchun kavkaz asalarilaridan bir martada 50-60 dona onalik katakchalari olish mumkin.
Asalari onalik suti olish uchun avvalo tanlangan tarbiyachi uyani ona arisidan ajratib olinadi. Yana bir usuli kuchli uya tanlanib ikkiga, kuchli va kuchsiz qismlarga bo‘linadi va ona ari kuchsiz qism bilan qoldiriladi. Bunda ozuqaga ham e’tibor berish muhim. Yetimlantirilgan uyada ko‘proq qadoqlangan urug‘li rom, bir necha ozuqali rom va bir dona yangi urug‘li romdan qoldirish maqsadga muvofiq. Chunki qadoqlangan urug‘li romlar kiyenchalik boquvchilar sonini ko‘payishiga olib keladi. Oradan 5-6 soat o‘tgandan kiyin yetimlantirilgan uyaning o‘rtasiga maxsus onalik katakchalarga yosh qurtchalar joylangan 2 dona rom joylashtiramiz.

Asalarilar uyaga qo‘yilgan maxsus katakchalarni 4 sutka davomida to‘ldirishadi va 4-5 sutkalarda maxsus romlar yig‘ib olinishi mumkin. Bu jarayonni bir necha marta 1 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda takrorlash mumkin.
Ba’zi adabiyotlarda bu jarayon 6-8 kun deb ham aytilgan. Bizni tajribamizdan kelib chiqib shuni aytish muhimki, bu holat asalarilarning soniga, ozuqa miqdoriga, asalarining turiga va bir qancha boshqa faktorlarga bog‘liq. Har bir asalarichi o‘z asalarilarini yaxshi tushunishi juda ham maqsadga muvofiqdir. Misol uchun maxsus romlarni erta yig‘ib olish katakchalarda kam miqdorda onalik suti to‘planishiga va aksincha kech yig‘ilganda qurtcha sutni bir qismini yeb qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Shu sababli har bir asalarichi tajribasi va vaziyatidan kelib chiqqan holda necha kunda hosilni yig‘ishini o‘zi belgilaydi.
Kiyenchalik foydalanilgan uyani yangi ona chiqarish yo‘li bilan yoki avvaldan bo‘lingan uyaga ona arisini vaqtinchalik himoyalash orqali qo‘shib yuborish mumkin.
Yuqorida aytganimizdek oldindan tayyorlangan sanitariya qoidalariga mos bo‘lgan xonada onalik sutini yig‘ish amalga oshiriladi. Avvaliga qo‘llar va barcha foydalaniladigan asboblar spirt bilan dezinfeksiyalanadi. Olib kelingan sutli katakchalardagi qurtchalar olib tashlanadi.

Asalari onalik suti ochiq havoda o‘zining foydali xususiyatini yuqotishi sababli katakchalarda saqlash maqsadga muvofiqdir. Mahsulot uyadan tashqarida 10-15 daqiqadan so‘ng sifatini yo‘qota boshlaydi. Saqlash uchun asalari suti tabiiy holda-katakchalarida maxsus germetik konteynerga joylanadi va sovitgichda 1.5-2C darajada yil davomida saqlash mumkin. Saqlashning yana boshqa usulida asalari suti shisha kolbachaga yig‘ib olinadi va havo kirmaydigan qilib mum bilan muhrlab mahkamlanadi. Yana boshqa saqlash usulida sut asal yoki spirt bilan aralashtiriladi. Ammo bu ikki holatda mahsulotni uzoq saqlab bo‘lmaydi.
Asalari sutidan “apilak”(biogenik stimulyator, restorativ ta’sirga ega dori) va bir qancha kasalliklarga davo bo‘ladigan boshqa preparatlar ishlab chiqariladi. Asalari suti moddalar almashinuvini yaxshilaydi, semirib yoki ozib ketishga qarshi qo‘llaniladi, inson tanasini yuqumli kasalliklarga qarshiligini kuchaytiradi, endokren bezlari faoliyatini yaxshilaydi, ateroskeroz va yurak qon tomirlari yetishmovchiligini davolashda yaxshi tasir ko‘rsatadi.
Asalari sutining ko‘p qirrali xususiyatini va inson organizmining turli tizimlariga turlicha ta’siri sababli ushbu preparat faqat vrach tavsiyasi bilan qabul qilinishi shart.
Download 309.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling