Ҳасанова манзура (бту)
Kurs ishining ob’ekti va predmeti
Download 101.12 Kb.
|
Jismoniy tarbiya darslarida milliy va harakatli o’yinlarni tashkil qilish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining nazariy-amaliy ahamiyati.
- Kurs ishining tuzilishi va tarkibi.
Kurs ishining ob’ekti va predmeti. Bu tarbiya orqali bolalarda ko`plab ahloqiy-irodaviy hislatlar tarkib toptiriladi. Mashqlarni bajarish davomida bolalarda iroda, tezlik, chaqqonlik, chidamlilik tarbiyalanadi, ularning sog`ligi mustahkamlanadi, ish qobiliyatlari, aqliy faolligi oshiriladi, jasurlik, halollik, qat’iylik, mustaqillik kabi ahloqiy hulq me’yorlari tarkib topadi, yetuklik sari qadam tashlanadi.
Maktab o`kuvchilarida ahloqiy fazilatlarni milliy harakatli o`yinlar orqali shakllantirish jamiyatimizdagi madaniy-ma’rifiy sohalarda ilgari bosilgan qadam bo`lib hisoblanadi. Milliy tavsifga ega bo`lgan jismoniy mashqlar, sport va harakatli o`yinlarning hilma-hilligi ularni o`quv-tarbiya jarayonining juda ko`p sohalarida qo`llash imkonini beradi. Kurs ishining nazariy-amaliy ahamiyati. Bola maktabga qadam qo`ygan birinchi kunidan boshlaboq, unda mehnatga nisbatan muhabbat uyg`otish, uyushqoqlik, shuchanlik va boshlagan ishini oxiriga yetkaza bilish xususiyatini tarbiyalash kerak. Buning uchun tarbiyaning barcha vositalaridan, jumladan bolalarni sevimli harakatli o`yinlaridan (sport va harakatli o`yinlardan) foydalanish ayni muddodir. O`yinlar hayotdagi to`siqlarni engish hamda har hil hislat va qobiliyatlarni ro`yobga chiqarish bilan bog`liq bo`lgan jismoniy mashqlarning turli majmuasini o`z ichiga oladi. bundan tashqari, odatda, bolalar sevib o`ynaydigan ularga baxt, quvonch bahsh etadigan harakatli o`yinlar kiradi. O`quvchi yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlantirish muammolarini hal etishning yangi yo`llarini izlash, birinchidan, ko`rsatilgan ziddiyatlarni hal etish zarurati bilan, ikkinchidan, o`sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy tayyorgarligi rivojlanish jarayonini takomillashtirish qonuniyatlarini, metodologik va usuliy sharoitlarini o`rganish zarurati bilan bog`liq. Kurs ishining tuzilishi va tarkibi.Sog`lom, jismonan baquvvat bola kasalliklarga kamroq chalinish bilan birga ruhiy jihatdan ham yaxshiroq rivojlanadi. Bundan shunday fikr kelib chiqadiki, o`quvchi yoshdagi o`quvchilarning jismoniy rivojlanish darajasida jismoniy tayyorlikning o`tish ko`prikchasini yaratish zarurki, yuqori sinf o`quvchisi o`quv kuni tartibida yuzaga keladigan jiddiy zo`riqishlarga bardosh bera oladigan bo`lsin. Shunga ko`ra, o`quvchi yoshdagi o`quvchilarni jismonan sog`lomlashtirish, bolarning harakat sohasini rivojlantirish, chaqqon, kuchli, jasur bo`lishdek hayotiy ehtiyojlar asosida harakatga bo`lgan qiziqishini kuchaytirishni samarali vositalarini izlab topish dolzarb masala hisoblanadi. Bunda o`quvchilarning harakat faoliyatini tashkil etishning o`yin shakllari eng qimmatli sanaladi. Taniqli pedagoglar ta’rificha, nafaqat maktabgacha yoshda balki maktab davrida ham o`yin yetakchi faoliyat bo`lib, u tufayli o`quvchilar ruhiyatida katta o`zgarishlar yuz beradi. Harakatli o`yinlar o`quvchi yoshdagi o`quvchilari uchun ham eng qulay faoliyat shakli bo`lib, harakatlar ko`nikmasini ongli ravishda takrorlashni ko`zda tutadi. Ko`pgina tadqiqotchilar harakatli o`yin tufayli bolalar tabiiy harakat faolligi sharoitida o`z jismoniy imkoniyatlarini namoyish etib, tengdoshlari bilan murakkab munosabatlarga kirishishlarini qayd etadilar. Biroq harakatli o`yinlar asosida o`quvchi yoshdagi o`quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish masalasi xususida ayrim ishlarda to`htalib o`tilgan bo`lsa ham, batafsil so`z yuritilmagan. YUqorida bayon etilganlaridan ko`rinib turibdiki, 5-9 sinf o`quvchilar jismoniy tarbiyasida ularning jismoniy sifatlarini rivojlantirishda harakatli o`yinlaridan foydalanishga yangi usulliy yondashuvlarni izlash hamda ishlab chiqarishga bag`ishlangan bitiruv malakaviy ishimiz mavzusi juda dolzarb. Mamlakatimiz va chet el olimlarining fiziologiya, psixologiya, tibbiyot, falsafa, pedagogika sohasida o`quvchi yoshdagi o`quvchilarning harakat faoliyatlari hamda umumiy rivojlanishi orasidagi o`zaro aloqasi hamda o`zaro munosabati to`g`risidagi qoidalar ilmiy-nazariy jihatdan o`rganilgan. Jumladan o`quvchi yoshdagi o`quvchilari jismoniy tarbiyasi to`g`risidagi nazariy qoidalarning tarbiyalash boshqaruvining yahlit, ko`p tarkibiy qismli jarayon sifatidagi yig`indisi Ahlidinov R.SH, Xodjayev A, Nasirova F, Kamilova M.lar tomonidan, harakat sifatlarini rivojlantirish nazariyasi Bogen M.M. Kudratov R.K., Rasulov O.B.lar, harakatli o`yinlarni o`quvchi yoshdagi o`quvchilarga har tomonlama ta’sir ko`rsatuvchi vosita sifatida belgilash Andris E.R., Kudratov R.K. Abdumalikov R.A.lar tomonidan atroflicha o`rganilgan. O`quvchi yoshdagi o`quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishda harakatli o`yinlardan foydalanish jarayoni.Harakatli o`yinlar vositasida o`quvchi yoshdagi o`quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish mazmuni hamda uslubiyati. Harakatli o`yinlardan maqsadli foydalanish asosida o`quvchi yoshdagi o`quvchilarini jismoniy sifatlarini rivojlantirish jarayonining mazmuni, shakl va metodlari bilan tanishish.Qo`yilgan maqsadga erishish bitiruv malakaviy ishning quyidagi bajarishni talab qiladi:harakatli o`yinlarning umumiy tavsifi, hilma-hilligi va ularning o`quv jarayonida qo`llanilishi.harakatli o`yinlar – o`quvchilarning jismoniy sifatlarni rivojlantirish vositasi sifatida. jismoniy tarbiya darslarida milliy harakatli uyinlardan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari.harakatli o`yinlar vositasida o`quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish jarayonining mazmuni. Download 101.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling