Ҳасанова манзура (бту)
Download 101.12 Kb.
|
Jismoniy tarbiya darslarida milliy va harakatli o’yinlarni tashkil qilish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. HARAKATLI O`YINLAR VOSITASIDA O`QUVCHILARNING JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK SHART-SHAROITLARI………38-58
- XULOSA……………………………………………………………….59-61 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI………………..62-64 KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.
- Kurs ishining maqsadi va vazifalari
Jismoniy tarbiya darslarida milliy va harakatli o’yinlarni tashkil qilish usullari MUNDARIJA KIRISH..................................................................................................3-7 I BOB. BOSHLANG`ICH O`QUVCHILARIDA MILLIY VA HARAKATLIY O`YINLAR Harakatli o`yinlarning umumiy tavsifi, xilma-xilligi va ularning o`quv jarayonida qo`llanilishi……………………………………………………….8-18 Harakatli o`yinlar – o`quvchilarning jismoniy sifatlarni rivojlantirish vositasi sifatida……………………………………………………………….18-28 Jismoniy tarbiya darslarida milliy harakatli o`yinlardan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari……………………………………………………28-37 II BOB. HARAKATLI O`YINLAR VOSITASIDA O`QUVCHILARNING JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK SHART-SHAROITLARI………38-58 2.1. Harakatli o`yinlar vositasida o`quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish jarayonining mazmuni…………………………………………..38-49 2.2. O`quvchilarni harakatli uyinlar orqali jismoniy sifatlarini rivojlantirishda didaktik printsiplar, metodlar va vositalarga tayanish……………………49-58 XULOSA……………………………………………………………….59-61 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI………………..62-64 KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.O`zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportning rivojlantirilishiga katta e’tibor qaratilmoqda. So`nggi yillarda Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga doir bir qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: «Sog`lom avlodni tarbiyalash buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurish deganidir”. Shu jihatdan olganda, mamlakatimizda sog`lom avlod dasturi harakatining keng tus olgani, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida ta’lim-tarbiya tizimining tubdan isloh etilayotgani ham ana shu ulug`vor vazifani amalga oshirish yo`lidagi muhim qadamdir. Huquqiy demokratik davlatimiz, ochik fuqarolik jamiyatining eng ustuvor yo`nalishlaridan biri sanalmish ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning asosiy maksadi- bu jarayonning sifati va samaradorligini oshirishga karatilgan tadbirlar majmuasidan iborat. Shu boisdan, mamlakatimiz mustaqilligidan so`ng yosh avlodning tarbiyasiga, sog`ligiga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan chiqarilgan «Mamlakatimizda sportni rivojlantirish to`g`risida»gi Farmoni,O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi hamda Davlat jismoniy tarbiya va sport qo`mitasining «O`quvchilarning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish va foydali mashg`ulotlar bilan ta’minlash to`g`risidagi (1999 yil 21 sentyabr, 277q201q693 sonli) bo`yrug`i kabi me’yoriy hujjatlarda yoshlarning jismoniy kamoloti masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Kurs ishining maqsadi va vazifalari. yosh avlodni taraqqiy ettirishda muhim vosita hisoblanadi. Tana a’zolarining mo`tadil faoliyati uchun harakat juda zaruriydir. Buyuk hakim, mutafakkir Abu Ali ibn Sino: «Badantarbiya-sog`liqni saqlashda ulug`vor usuldir», -deydiki, bu fikr xalq pedagogikasidagi: «Kimki qilsa harakat- sog`ligida bo`lar barakat» degan naqlni eslatadi. Jismoniy tarbiyaga e’tiborni kuchayganligini umumiy o`rta ta’lim maktab o`quvchilari o`rtasida «Umid nihollari», kollej va akademik litsey tinglovchilari ishtirokida «Barkamol avlod», oliygoh talabalari o`rtasida «Universiada» sport musobaqalarining tashkil etilganligi va muntazam o`tkazilib kelinayotganligida, yoki sportning ko`plab turlari bo`yicha O`zbekistondan Olimpiada va jahon chempionlari etishib chiqib, mamlakatimiz dovrug`ini butun dunyoga tarannum etishida ham ko`rish mumkin. Bundan tashqari barcha maktablarda, mahallalarda ham turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda, ayrim oilaviy musobaqalar ham o`tkazish yo`lga qo`yilib borilmoqda. Download 101.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling